Qashqadaryo.adliya.uz
1.73K subscribers
20.1K photos
2.81K videos
13 files
12.9K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring. Huquqiy savollaringiz bo'lsa @qashqadaryoadliyaBot ga yo'llang
Download Telegram
#Yangi_konstitutsiya_amalda
#Saylov_qonunchiligini_o’rganamiz 

📘 Ayni kunlarda joylarda Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Adliya boshqarmasi tomonidan bu boradagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishlari uchun turli yo‘nalishda va turli sohalar ishtirokida tadbirlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi targ'ibot Qarshi shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida bo'lib o'tdi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#saylov_targ'iboti

Qarshi shahar 3-sonli jazoni ijro etish muassasasida saylov qonunchiligi mazmun-mohiyatini tushuntirilsh yuzasidan seminar tashkil qilindi

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari V.Boboyeva ishtirok etib, saylov jarayonida qonuniylik, kampaniyaning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda OAVlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli, “E-saylov” axborot tizimining ahamiyati bo‘yicha zarur ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi PF-124-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni haqida ham batafsil tushuntirib o'tildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
🔥2
#saylov

Muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Bugun soat 9:00 dan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Telegram
📱Instagram
Facebook
Youtube
👉Sayt
👍1
#SAYLOV-2024


🏛Qashqadaryo viloyatida yoshlar oʻrtasida aholining saylov jarayonidan xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida “Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida fleshmob aksiyasi tashkil etildi.


💥 Tadbirda yoshlarning huquqiy bilimlarini sinovda oʻtkazish maqsadida viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari tomonidan “Street law” tadbirlari, viktorina oʻyinlari tashkil etildi.

⚡️Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik ruhini uyg‘otish, huquqiy jihatdan ko‘mak berish orqali ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlar hamkorligida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Bundan tashqari “Huquqiy zakovat” intellayetual oʻyini, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi sport o‘yinlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

💫Yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlari tadbirga yanada o‘zgacha joziba bag‘ishladi.
👍5