Qashqadaryo.adliya.uz
1.62K subscribers
17.3K photos
2.18K videos
11 files
11.4K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.
Download Telegram
⚖️Joriy yilning 21-oktyabr kuni Muborak tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi xodimlari hamda o'quvchilari ishtirokida 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Til ma'naviyat ko'zgusi" tadbirida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida 2020-yilning 10-aprel kunidagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun bilan 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanligi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasi (Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish)ga ko’ra, fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi to'g'risida ma'lumotlar berildi.
#adliya_hudud

🔹Shahrisabz tumani Adliya bo'limi, YuXKM, FHDY hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Shahrisabz tuman Navbahor MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Ushbu sayyor tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-son qarori yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari yuzasidan huquqiy yechimlar berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Adliya va yoshlar

🏛Dehqonobod tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi va DXM xodimlari tomonidan otaliqqa olingan 19-maktabning 9, 10, 11-sinf o'quvchilari ishtirokida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

💥Tadbir qatnashchilari va g'olib jamoalar tasahkkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalarning qarori ushbu qaror manfaatlariga daxldor bo‘lgan xodimlarning e’tiboriga ular qabul qilingan sanadan e’tiboran qancha muddatda kechiktirmay yetkaziladi
Anonymous Quiz
30%
10 kalendar kun
26%
1 kalendar kun
20%
5 kalendar kun
24%
3 kalendar kun
#sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy hudud 3-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarga sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi xodimlari, notarius va advokatlar ishtirok etib, o‘z sohasi bo‘yicha qilingan murojaatlar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, “Inson huquqlari-oliy qadriyat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etilib, unda qonun normalariga, xususan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar va boshqalar xususida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muloqot : Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab - quvvatlash borasidagi ishlar xususida

#17oct #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
Adliya va hudud

Joriy yilning 22-oktabr kuni Kasbi tuman adliya bo'limi tomonidan “Oqqamish” MFYda, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan hamda “Xiyobon” MFYda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va huquqiy muammolar mahalla.adliya.uz platformasiga ijro uchun yuborildi.

Shuningdek, ularga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtincha bir martalik ish bilan band boʻlish, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya