Qashqadaryo.adliya.uz
1.73K subscribers
20.1K photos
2.81K videos
13 files
12.9K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring. Huquqiy savollaringiz bo'lsa @qashqadaryoadliyaBot ga yo'llang
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_hudud
#sayyor_qabul

YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

🔵• facebook |🎬• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🚀 • telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi notariuslar tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
#Sayyor_qabul

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida aholi bilan muloqotni yaqindan yoʻlga qoʻyish maqsadida G’uzor tumani “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Aholining aksariyat murojaatlari joyida hal etilgan boʻlsa, oʻrganish talab etiladigan 10 tadan ortiq murojaat ish yurituvga qabul qilindi. 10 nafar fuqarolarning moddiy yordam olish, aliment undirish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlariga joyda huquqiy tushuntirish (maslahatlar) berildi.

Shuningdek, qabul davomida ishtirokchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, jinoyatchilikni oldini olish bilan bogʻliq tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan tumandagi huquqbuzarlik, jinoyatchilik va og‘ir toifaga kiritilgan hududlar soni bo‘yicha "Qizil" toifaga kiritilgan MFY yoshlar yetkchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

@adliyangiliklari
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

CHORVADORLIKLAR MUROJAATI ADLIYA E’TIBORIDA

Avval xabar berganimizdek, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Zohidov ishtirokida Ko'kdala tumanining "Chorvador" MFY da sayyor qabuli tashkil etildi.

Qabulda tuman adliya bo'limi,YXKM, FHDY,DXM,notarius,advokat hamda tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdilar.

Muloqotda "Qanotli" va "Toshli” kabi, qo‘shni mahalla fuqarolari ham qatnashib masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olishdi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴LIVE

#Sayyor_qabul

Bugun Kasbi tumani "Oqqamish" mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev  ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍3
🔴LIVE

#SAYYOR_QABUL

Kasbi  tumanida o'tkazilayotgan sayyor  qabulda tuman xalq qabulxonasi, adliya boְ‘limi, FHDY hamda davlat xizmatlari  mas'ullari,  xodimlari ishtirok etishmoqda.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan 20 ga yaqin murojaatlar yo‘llanib, ularning asosini subsidiya, mol-mulk va yer munosabatlari, aliment, nafaqa  pullari, iste’mol kreditlari va turli moddiy yordamlar olishdagi mummo va qiyinchiliklar yuzasidan so‘ralgan huquqiy yordamlar tashkil etdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍2
#sayyor_qabul

BOSHQARMA BOSHLIG'I "JEYNOV" LIKLARNING MUAMMOLARINI TINGLADI

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatimizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Mirishkor tumanining “Jeynov” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida boshqarma boshlig'i S.Nuriyev hamda tuman Xalq qabulxonasi mas'ullari fuqarolarning  uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari  masalalardagi 50 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi. Jumladan, 14 ta murojaat ish yurituviga qaratildi, 20 ta Davlat xizmatlari ko'rsatildi, 3 nafar fuqarolarga FHDY bo'limi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍6
#Sayyor_qabul

QASHQADARYODA BOSHQARMA BOSHLIGʻI TOMONIDAN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatimizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Shunday qabullar tuman Xalq qabulxonalari masʼullari bilan hamkorlikda Mirishkor tumanining “Jenov” hamda Kasbi tumanining “Oqqamish” mahallalarida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida boshqarma boshligʻi S.Nuriyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi. Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning oʻzida oʻz yechimini topdi. Jumladan, 26 ta murojaat ish yurituviga qaratildi, 30 ga yaqin Davlat xizmatlari koʻrsatildi, 5 nafar fuqarolarga FHDY boʻlimi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Shuningdek, qolgan fuqarolarga tegishliligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

@adliyangiliklari
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

SAYYOR QABUL

Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
1
#sayyor_qabul

QARSHI TUMANIDA
SAYYOR QABUL

Qarshi  tuman "Mirmiron" mahallasi binosida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Alisher Isoqov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul  fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar hamda "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida  bo'lib o'tdi.

Muloqotlar davomida boshqarma boshligʻi o'rinbosari fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 20 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Ushbu sayyor qabulda fuqarolardan 20 dan ortiq murojaatlar tinglanib, ularning 10 dan ortigʻiga huquqiy tushuntirish berish orqali yordam koʻrsatildi hamda 10 ga yaqin murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍3
#sayyor_qabul

SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI

Joriy yilning 18 may kuni Mirishkor,Nison hamda Koson tuman adliya bo'limlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil etildi.

Sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar hamda "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida  bo'lib o'tdi.

Muloqotlar davomida mas'ullar tomonidan fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Ushbu sayyor qabulda fuqarolardan murojaatlar tinglanib, ularning 40 dan ortigʻiga huquqiy tushuntirish berish orqali yordam koʻrsatildi hamda 20 ga yaqin murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#sayyor_qabul

Xalq bilan muloqot muammolarning samarali yechimi


Bugun Nishon tumani prokurori S.Djalilov tomonidan tumanimizning "Guliston" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Qabulda tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M.Tangriyev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri U.Mamashoyev boshchiligidagi masʼullar ishtirok etdi

Qariyb 3 soat davom etgan qabul jarayonlarida mahallaning 50 nafardan ziyod fuqarolari oʻzlari qiynab kelayotgan turli muammoli masalalarida mutasaddilarga toʻgʻridan-toʻgʻri yuzlandi

Har bir murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, muddat talab etiladigan murojaatlar ijrosi tuman prokurori tomonidan nazoratga olindi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Nishontumani.uz|Telegram|Instagram|Facebook|
#sayyor_qabul

Tuman (shahar) adliya bo'limi va mas'ul tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja grafikka asosan tumanning olis mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabullar o’tkazildi.

🔹Mazkur tadbirda fuqarolarning subsidiya, tibbiy ko'rikdan o'tish, order olish haqidagi va ijtimoiy yordam kabi  qator masalalarda qilgan 10 dan ortiq murojaatlari tuman adliya bo'limi ish yurituviga qabul qilindi.

🔹Shuningdek, ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi PF-80 sonli farmoni orqali adliya organlari tomonidan aholiga qanday qo'shimcha qulayliklar va imkoniyatlari yaratilayotganligi to'g'risida tushuntirish berildi.

📍🌍 facebook |🎬 youtube |🌐 rasmiy sayt |🚀 telegram |📷instagram
👍2
#sayyor_qabul

Bugun Qashqadaryo viloyat hokimi M.Azimov boshchiligida fuqarolarning murojaatlari bo’yicha ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Xususan tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev ham ishtirok etib, fuqarolar muammolarini o'rgandi.

Tadbir davomida 6 ta murojaat o'rganildi hamda 3 tasi ish yurituviga olinib, 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.


Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍1🆒1
#sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy hudud 3-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarga sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi xodimlari, notarius va advokatlar ishtirok etib, o‘z sohasi bo‘yicha qilingan murojaatlar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, “Inson huquqlari-oliy qadriyat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etilib, unda qonun normalariga, xususan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar va boshqalar xususida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍5
#sayyor_qabul

Nishon tuman adliya bo‘limi binosida tuman hokimi, viloyat “Inson” ijtimoiy markazi xodimlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari hamkorligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va hamkor tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolar joyida hal etildi. O‘rganish vaqt talab etiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlar tomonidan kirim qilinib, ijroga qaratildi.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍1
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat sektor rahbarlari va viloyat davlat tashkilotlari rahbarlarining navbatdagi “Sayyor qabuli” Qarshi shahrida tashkil etildi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida 18 ta murojaatlar qabul qilinib, ish yurituvga olindi, shuningdek 6 ta murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya
👍6
#sayyor_qabul

ADLIYA SIZNI ESHITADI!

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan doimiy ravishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanib kelinadi. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Kasbi tuman xalq qabulxonasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari A.Isoqov , Kasbi tuman hokimligi mas'ullari, davlat kadastrlar palatasi Kasbi tuman filiali, tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda mutasaddi tashkilotlar fuqarolarning  uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari  masalalardagi 50 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi hamda 30 ta murojaat ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍7
#Sayyor_qabul

O'ZIMIZ KELDIK

Joriy yilning 2 - may kuni viloyat markazidan 160 km uzoqlikdagi, tog'li hudud hisoblangan Kitob tumanining olis hududidagi "Bashir" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Kitob tumani Davlat xizmatlari markazi  hamda FHDY bo'limi xodimlari tomonidan "Bashir" MFYda o'tkazilgan sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolarning 20 nafarini murojaatlari o‘rganildi.

Qabulda onlayn davlat xizmatlari va uy-joy, kommunal soha, tadbirkorlik sohasi, moddiy yordam olish, bolalar nafaqasi, pensiya va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.

4 ta masala joyida hal qilingan bo‘lsa, 10 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 15 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tarzda ko'rsatildi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha mahallardagi “yettilik” xodimariga metodik yordam ko‘rsatish va saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi.

Prezidentimizning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔵facebook |🎬youtube |🌐 rasmiy sayt |🚀 • telegram |📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1