QASHQADARYO ZIYOSI
29.2K subscribers
15.2K photos
2.07K videos
92 files
6.05K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from MUBORAK MASH’ALI (Ulug’bek Bobonazarov)
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_O‘zbekiston_uchun

Joriy yilning 23-avgust kuni Qashqadaryo viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Mudofaa Vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi Qashqadaryo viloyat bo'limi, Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrugi faxriylar kengashi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi, Muborak tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Muborak tuman bo'linmasi hamkorligida tumandagi N-sonli Harbiy qismda O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun! Yangi O'zbekiston uchun!.." shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbir bo'lib o'tdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Muborak tuman bo‘linmasi Axborot xizmati.

🌐Telegram 🌐Facebook
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Mustaqillik_32
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Qashqadaryo

Kitob tumanida mustaqillik bayrami munosabati bilan targ‘ibot tadbiri otkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilanYangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchunshiori ostida “Maʼnaviyat festivali” doirasida bugun Kitob tumanidagi Madaniyat markazida targ`ibot tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzosi, dotsent Solijon Ibragimov, Oʼzbek milliy maqom sanʼati markazi davlat muassasasi xonandasi Nafisa Farmonova, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoira Lola Oʼroqova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlinmasi rahbari Gulandom Sattorova hamda Kitob tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida milliy hunarmandchilik koʼrgazmalari, rasmlar koʼrgazmasi va kuy-qoʼshiqlar tadbirga oʼzgacha fayz bagʼishladi.

🌐@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Qashqadaryo_viloyati
#mustaqillik32
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Oʼzbekiston_uchun

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda "Ma'naviy barkamol avlod - yurt kelajagi" mavzusida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda filologiya fanlari doktori, professor Rahimboy Jumaniyozov, yuridik fanlari doktori, professor Murodil Baratov, "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Eshqobil Shukur, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Mohiniso Kamolova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova, shuningdek, maktab rahbariyati, o'qituvchi va o'quvchilari, to'garak rahbarlari ishtirok etishdi.

Maktabda davra suhbati o'tkazildi. Mehmon ijodkorlar o'z ijodlaridan namunalar o'qishdi, Abdulla Oripov she'riyati mohiyati haqida so'z yuritishdi.

🌐@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Mustaqillik_32_yosh
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Qashqadaryo

Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda butunlay yangi davrni boshlab bergan tarixiy voqea – mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oya asosida hududlarda “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Ko‘kdala tumanidagi Ma’naviyat maskanida tashkil etilgan tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Rahimboy Jumaniyozov, yuridik fanlari doktori, professor Mirodil Baratov, "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur, shoira Mohiniso Kamolova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi islohotlar haqida fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Ma’lumot uchun, Ko‘kdala tumani 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hududi 171 ming gektar, 182 mingdan ziyod aholi yashaydi.

🌐@manaviy_markaz
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Mustaqillik_32_yosh
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Qashqadaryo_viloyati

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘tiz ikki yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida davom etayotgan "Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostidagi "Ma'naviyat festivali" doirasida Qarshi shahridagi Ma'naviyat markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tayyorlangan “Yangi O‘zbekiston” fotoko'rgazmasi hamda "Yangi Mo‘ynoq" kitob-albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Jarayondan fotolavhalar

🌐
@manaviy_markaz
#Mustaqillik
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Koson_tumani

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oya asosida hududlarda “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Koson tumanidagi Madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mehmonali Salimov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti dotsenti Tohir Qurbonov mustaqillikdan oldingi va keyingi islohotlar haqida fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Mahallada_duv_duv_gap
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Oʻzbekiston_uchun!
#Live

G‘uzor tumanida ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tumandagi "Yakkadaraxt", “Jarariq”, “Eskibog‘" mahallalari aholisi ishtirokida 12-maktabda bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida tuman bo‘linmasidan B.Ashurov, Viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari G‘ulom Abdiyev, Viloyat Musiqali drama teatri aktyorlari Farrux Haitov, P.Nomdorov, xonanda G‘iyos Bo‘riyev, tuman imom-xatibi Anvar Ganjiyev hamda mahalla faollari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar yurtboshimiz tomonidan 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat Kengashidagi e’tirof etilgan g‘oyalar hamda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida mahalla ahliga ma’lumot berishdi.

🌐 https://t.iss.one/G_manaviyat
#Mahallada_duv_duv_gap
#Yangi_hayot_uchun_yangi_O‘zbekiston_uchun!
#Qarshi_tumani

Tumanimiz bo‘ylab “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shoiri ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bundan ko'zlangan maqsad yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fuqarolarning xabardorligini oshirish, ularda ijtimoiy ma’suliyatni kuchaytirish, hududda pozitiv jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqarolarni islohotlarga safarbar etish, bunyodkorlikka chorlash, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, xotin-qizlarni faollikka undash,  aholining ruhiyatini ko‘tarishdan iborat.

Ilk tadbir tumandagi Bodomzor MFYda joylashgan ʼʼBeshkent qishloq xoʻjaligi texnikumiʼʼda boʻlib oʻtdi.

Adabiyot va san'at, ilm-fan ahli bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarni milliy o‘zligimiz, an’ana va urf odatlarimiz ruhiyatida tarbiyalashga chorlovchi ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.


RMMM Qarshi tuman boʻlinmasi axborot xizmati.
Forwarded from NISHON TAROVATI (Javohir Abdujabborov)
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Mahallada_duv_duv_gap
#Vatan_himoyachilar_kuni
#Nishon_tumani

Nishon tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nishon tumani boʻlinmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” doirasida "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Talimaljon Madaniyat saroyida “Vatan himoyasi - maʼnaviy jasorat!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbir oʻtkazildi.

   Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan bayram dasturi kuy va qoʻshiqlarga boy boʻlib,haqiqiy maʼnoda sharafli kasb sohasi xodimlarini bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonni himoya qilishni oʻziga kasb, sharaf deb bilish mavqei maʼnaviy jasorat ekanligi dillarda, tillarda, tilaklarda, qoʻshiqlarda tarannum etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nishon tumani boʻlinmasi Axborot xizmati


https://t.iss.one/nishon_manaviyat
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Mahallada_duv_duv_gap
#Nishon_tumani


Nishon tumanida navbatdagi ʼʼMahallada duv-duv gapʼʼ tadbiri oʻtkazildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nishon tumani boʻlinmasi tomonidan Nishon tumani Ulugʻbek va Paxtakor MFYda “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” tadbiri o'tkazildi.

Uchrashuvda mahalla yoshlarining taʼlim-tarbiyasi, ilm-fan bilan shugʼullanish, maʼnaviyatini yuksaltirish mahallaning kundalik ustuvor vazifasi ekanligi, mahallada “maʼnaviyatchilar komandasi” shakllantirilishi, yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga keng jalb etilishlari,  milliy qadriyatlarimizni, tugʼilib oʼsgan Vatanini sevish, oʼzaro hurmat, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni singdirish lozimligi ta’kidlandi.