QASHQADARYO ZIYOSI
23.7K subscribers
15.2K photos
2.03K videos
92 files
6K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” bosh g‘oyasi asosida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat marafoni” doirasidagi tadbirlar rang-barangligi bilan o‘ziga xoslik kasb etmoqda.

Xususan, o‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishlarini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rag‘batlantirish maqsadida “Barkamol avlod” o‘quv markazlari hamda to‘garak a’zolari o‘rtasida “Kasb-hunar olimpiadasi” ham tadbir ishtirokchilari qiziqishlariga sabab bo‘layotir.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Zamonaviy yoshlar – mumtoz musiqalar shaydosi

“Ma’naviyat marafoni” yoshlarimiz qalbida milliy yuksalishga chorlovchi milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Marafon doirasidagi “Milliy qadriyatlar” loyihasi asosida maqom va folklor qo‘shiqlar, milliy musiqalar ijro etilmoqda.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostidagi “Maʼnaviyat marafoni”da viloyat hokimi o‘rinbosari Anvar Qobilov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Lola Saodatova ishtirok etib, mazkur loyihani shunchaki tadbir sifatida emas, balki yoshlarimizga qarata qilingan ma’naviyat, ma’rifat chorlovi, deb qabul qilishimiz kerakligini ta’kidlashdi.

Qayd etilganidek, mazkur loyihaning amalga oshirilishi bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi uzluksizlikni ta’minlash, ularning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy faolligini oshirish, mazkur sohalarda natijadorlikka erishishda barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining mas’uliyatini va daxldorligini kuchaytirishga erishiladi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostidagi “Maʼnaviyat marafoni”da “Sport – do‘st, sport – hamroh” loyihasi ham keng qamrovli bo‘ldi.

Unda yoshlar, sport ixlosmandlari shaxmat, shashka, stol tennisi, kuch sinashish borasida o‘zaro bellashishdi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Markaz kubogi uchun futbol musobaqasi

Bugun erta tongdan boshlangan “Ma’naviyat marafoni” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi” uchun futbol musobaqasi tashkil etildi.

Ayni paytda yoshlar orasida “millionlar o‘yini” ixlosmandlarini ko‘plab uchratish mumkin. Binobarin, bahslar ham qizg‘in va raqobat asosida kechmoqda.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Marafon yoshlar sayliga aylanib ketdi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda yurtimizdagi barcha vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari, mahallalar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Ma’naviyat marafoni” mamlakatimiz yoshlarini “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oya negizida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida birlashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Kutilganidek, tadbir yoshlar sayliga aylandi. Bir tarafda rassomlar, hunarmandlar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, aql bellashuvlari, yana bir tomonda kuy-qo‘shiqlar, raqslar, dil izhorlari – xiyobon chinakam bayramona tus oldi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Yoshlar 180 million yillik eksponat saqlanayotgan muzeyda bo‘lishdi

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oya negizida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Ma’naviyat marafoni” doirasida yoshlar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida bo‘lishdi.

1975-yilda tashkil etilgan mazkur muzeyda 40 mingdan oshiq eksponat saqlanadi. Ular orasida eng qadimiysi sanalgan toshga aylangan chig‘anoqning yoshi 180 million yilga teng.

Yoshlar tariximizning turli davrlariga oid osori atiqalar bilan yaqindan tanishib, yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Baxshi ohanglarida ko‘ngil izhori:

“Men uchun ma’naviyat – bu...”

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Ulkan maqsadlar ko‘zlangan marafonda kim o‘zarga yugurish

Aslida marafon – uzoq masofaga yugurish degani. “Ma’naviyat marafoni” esa yoshlar qalbida milliy yuksalish, vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, urf-odatlar, anʼana va qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlash kabi ezgu maqsadlarni ko‘zlaganki, bunday yo‘l uzoq va saodatli bo‘lajak.

Shu kuni yoshlar o‘rtasida yugurish musobaqasi ham o‘tkazildi. Musobaqa davomida kuch va shijoat, marra sari dadil intilish yaqqol ko‘zga tashlandi.

Gʻoliblar va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi – yugurish musobaqasida g‘olib

“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” g‘oyasi asosida o‘tayotgan “Ma’naviyat marafoni” doirasidagi ko‘plab loyihalar g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Jumladan, yugurish musobaqasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Jasurbek Tursunov g‘olib bo‘ldi.

Gʻolib va faol ishtirokchilarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

#Maʼnaviyat_marafoni

“O‘zbekiston – mening Vatanim” mavzusida insholar tanlovi

“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” g‘oyasi asosida o‘tayotgan “Ma’naviyat marafoni” doirasida Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida insholar tanlovi o‘tkazildi.

“O‘zbekiston – mening Vatanim” mavzusidagi tanlovda o‘quvchi-yoshlar tarixan qisqa vaqt ichida xalqimizning fidokorona mehnati va qat’iyati bilan milliy o‘zligimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklangani, inson qadrini ulug‘lash eng oliy qadriyat darajasiga olib chiqilganini o‘ziga xos uslubda ifoda etishdi.

Qarshi shahridagi 5-maktab o‘quvchisi Gulsevar Toshmurodova yozgan insho 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlovning boshqa ishtirokchilari ham munosib rag‘batlantirildi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

#Maʼnaviyat_marafoni

Futbol musobaqasida ham Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi g‘olib bo‘ldi

“Ma’naviyat marafoni” doirasida Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat 10 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Yakunda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi” sohibi bo‘lishdi.

Gʻolib jamoalar vakillari, qobiliyat va iqtidorini namoyon etgan talabalar munosib rag‘batlantirildi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

#Maʼnaviyat_marafoni

Suratlarda Vatan manzaralari

“Ma’naviyat marafoni” doirasida yoshlar o‘rtasida rasmlar tanlovi ham tashkil etildi. Unda yoshlar ona Vatanimizning go‘zal manzaralari, tarixiy obidalar, qalbi toza, ko‘ngli beg‘ubor insonlari, yuksak orzu va maqsadlarini aks ettirishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qarshi shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Sabina Sodiqova 1-o‘rinni egalladi.

Gʻolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jarayon

#Maʼnaviyat_marafoni

"Zakovat"da kosonliklar birinchi

Yoshlar qalbida milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmatni mustahkamlash maqsadida "Ma'naviyat marafoni" doirasida viloyat yoshlar markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda shahar va tumanlardan saralangan jamoalar bilim va iqtidorlarini namoyon etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Koson tumanidagi Paxtazor mahallasi yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ko‘kdalaning Oltin boshoq mahallasi yoshlari 2- va Qamashining Samarqand mahallasi yoshlari 3-o‘rinni egallashdi.

Gʻoliblar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Jarayon
#Qashqadaryo

Milliy media makonda an’ana va zamonaviylik: yutuqlar, muammolar va yechimlar

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, uyushmaning Qashqadaryo viloyati bo‘limi, Dehqonobod tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda "Dehqonobod ovozi" gazetasi hamkorlikda "Dehqonobod kaliy zavod" AJda “Milliy media makonda an’ana va zamonaviylik: yutuqlar, muammolar va yechimlar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlaridagi hududiy nashrlar: Respublika, viloyat, tuman va shahar gazetalari, blogerlar, viloyat idora va tashkilotlarining Axborot xizmati rahbarlari qatnashdilar.

Konferensiyada "Navqiron" gazetasi muharriri Qursiya Qo‘ldosheva, Kaliy zavod direktori maslahatchisi Zebo Salimova so‘zga chiqib, "Nur yog‘ilgan yurt odamlari" kitobidan sovg‘a qildi. Dilbar Kenjayeva-faxriy jurnalist, Yana bir guruh jurnalistlarga "O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi" guvohnomalari topshirildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Jarayon
#Qashqadaryo_viloyati
#Dehqonobod_tumani

Dehqonobod tumanida yana bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ayni shu maqsadda bugun Dehqonobod tumanidagi “Istiqlol” mahallasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir yakunida viktorina savol-javoblari tashkil etilib, g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
#Jarayon
#Qashqadaryo_viloyati
#Qamashi_tumani

Qamashi tumanida "Mahallada duv-duv gap" loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida Qamashi tumani mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
#jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Shahrisabz tumanining barcha mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Тuman Madaniyat bo‘limida o‘tkazilgan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, tuman Madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalari, shoir va yozuvchilar, tuman imom-xatibi ishtirok etib dastlab yurtboshimizning Ma’naviyat va ma’rifat Kengashidagi ma’ruzasining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.
#Jarayon
#Qashqadaryo_viloyati
#Dehqonobod_tumani

Navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir Dehqonobod tumanining “Dehqonobod”mahallasida boʻlib oʻtdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ayni shu maqsadda bugun Dehqonobod tumanidagi “Dehqonobod” mahallasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Bizni rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring ▶️ t.iss.one//DehqonobodManaviyatpress
Forwarded from KOSON KARVON.UZ
#Jarayon
#Mahallada_duv_duv_gap

Koson tumanidagi  Darcha, Qo'ng'irtog', Sherbek, Boyterak, Neko'z, Qazoqli hamda Gala  mahallalari aholisi uchun 64-maktabda "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.

"Yosh targ'ibotchilar" guruhi a'zosi Mashhura Xudoyberdiyeva yoshlarning internetdan oqilona foydalanishi, muomila madaniyati, kasb tanlash borasidagi fikr-mulohazalarini  bildirib o'tdi.

Tuman Ekologiya partiyasi rahbari Abdulla O'rinov aholini tabiatga bo'lgan munosabati, toza hudud qonunlari va ekologik madaniyat to'g'risida tushunchalar berdi.

https://t.iss.one/kosonmanaviyat