QASHQADARYO ZIYOSI
22.6K subscribers
14.8K photos
1.58K videos
91 files
5.46K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jonli

#Yuz_gʻazal_yuz_javohir

Alisher Navoiyning “Orazin yopqach ko‘zimdin...” deb boshlanuvchi misralarini eshitgan mavlono Lutfiy hayratda qolgani va yosh iste’dod egasiga tan berganini bilamiz.

Yuz g‘azal – yuz javohir” tanlovi ishtirokchilarini esa Nishon tumanidagi 46-maktab 1-sinf o‘quvchisi Jo‘rabek Boymurodov hayratda qoldirdi, desak mubolag‘a emas. 7 yoshli bola tilidan jarang sochgan g‘azallar barchaning olqishiga sazovor bo‘layotir.

Qayd etish lozim, tegishli nizomga ko‘ra, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan kishilar mumtoz adabiyot bo‘yicha mahorat va iqtidorlarini namoyish etish imkoniga ega.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jonli

#Yuz_gʻazal_yuz_javohir

Ishtirokchilarni baholashda yod olingan g‘azallar soni hamda ijro mahoratiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Albatta, Navoiy va Bobur ijodi cheksiz ummonki, izlagan kishi bu ulkan bahrdan hikmatlar duru javohirlarini topishi shubhasiz.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Jonli

#Yuz_gʻazal_yuz_javohir

Gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Yuz g‘azal – yuz javohir” tanlovi ko‘plab iqtidor egalarini kashf etdi.

Tanlov qatnashchilari orasida maktab o‘quvchilari, talabalar hamda o‘qituvchilar borligi, ayniqsa, yoshlar ko‘p ekani e’tiborga molik.

📸 Foto: Sobir Narziyev

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat