QASHQADARYO ZIYOSI
21K subscribers
14.8K photos
1.59K videos
91 files
5.48K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Juda ko‘p narsani his etib, anglab turgan zotning hayoti qiyin kechadi. Hayotni juda qisqa qilib bo‘lib olib, bu yog‘i meniki, narigi yog‘i bilan yarim tiyinlik ishim yo‘q deydigan odam baxtlidir. U o‘zini ulkan fojiadan ajratib oldi. Uyga kirib eshikni yopdi, o‘sha ondayoq dunyoni unutdi. U – oddiy odam. U hayvon kabi baxtli. U o‘z qalbini o‘limga mahkum etdi.

✍️ Rauf Parfi “Hukmnoma”

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
#Iqtibos

Turdiqul xandaqning bir burchida tuproqqa qorishib yotgan bosh chanog‘ini ko‘rib, daf’atan seskanib tushdi. Qo‘rquvdan rangi bo‘zday oqarib, beixtiyor bir-ikki qadam ortga tisarildi.
– Tezroq ko‘zimdan yo‘qotinglar buni! – dedi u suyaklardan hazar qilgandek burnini jiyirib. – Ko‘rmayin ham, kuymayin ham.
– Qayoqqa yo‘qotamiz? – dedi Amirning ensasi qotib.
– Biror xoliroq joyga olib borib, ko‘mib tashlanglar! Bu gap oramizda qolsin.
Sanjar Amirga umidvor tikildi. Amir esa “siz nima deysiz?” degandek Lallayga yuzlandi.
– Unday demang, amaki, – dedi Lallay vazmin ohangda. – Buyam bir paytlar siz bilan menga o‘xshagan odam bo‘lgan…
– Nima, shu chirik suyaklarning tinchini o‘ylab, boshlagan uyimni buzdirib tashlaymi? – dedi Turdiqul Lallayga o‘qrayib. – Yoki shu yakkamozorning ustida yashashim kerakmi? Bu gap elga ovoza bo‘lib ketsa, men nima degan odam bo‘laman?
– Bu odam qiyomatda da’vo qilsa, nima deb javob berasiz, amaki?


✍️ Gʻafur Shermuhammad "Quduq"
#Iqtibos

Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak bo‘lgan vaqtda unga xazina bersang ham u qaramaydi. So‘z bilan el o‘limdan najot topadi; so‘z bilan o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi; so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balolar daf bo‘ladi; qancha boylik sochsang ham bunday nafga yetishmaydi.

✍️ “Hayrat ul-abror”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

“Sohibqiron Temurning yerlariga Hindiston, Rum, Gruziya, Iroq, Xuroson… Yana shunday yuzlab shaharlar kiradi. Ammo yozsam, sig‘dirolmayman.”

✍️ Sultoniyalik Ioann


https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM