QASHQADARYO ZIYOSI
22.9K subscribers
14.8K photos
1.58K videos
91 files
5.46K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI (Muxtasar Qodirova)
#hamkorlik_memorandumi

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kinematografiya  agentligi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Jarayondan fotolavhalar


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube  | Veb-sayt
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰MUOMULA ODOBI –
insonlararo muloqotda namoyon boʻladigan odob-axloq belgisi boʻlib, soʻzlashuv madaniyatini tartibga soladigan hamda shaxs xulqi goʻzalligini aks ettiradigan maʼnaviy-axloqiy xususiyatni ifodalovchi tushuncha.

▫️Muomala odobida xushfeʼllik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinsoʻzlik, ochiqkoʻngillik singari axloqiy meʼyorlar muhim ahamiyatga ega.

▫️Muomalaning asosiy manbasini soʻz tashkil etadi. Unga koʻra, yaxshi-yomon soʻz kishi ruhiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi: yaxshi soʻz bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon soʻz bilan muomala qilinsa – yomonlik.

▫️ Axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi. Muomala odobining yana bir “koʻzgusi”, bu – insoniy qarash, nigoh, soʻzsiz harakatlar.

▫️Muomala odobi kishilarning bir-biriga taʼsiri, tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiya etish vositasi sifatida shaxslararo munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#Jadid_mutafakkirlari_bisotidan

Bir kishi Luqmoni hakimdan: “Odobni kimdan o‘rgandingiz?” – deb so‘ramish.

Luqmoni hakim: “Odobni odobsizlardan o‘rgandim”, – deb javob bermishlar.

Ul kishi yana so‘ramishki: “Odobni odobsizlardan qanday o‘rgandingiz?”

Luqmoni hakim javob bermishlarki: “Doim kishilarning qilgan ishlariga va so‘zlagan so‘zlariga diqqat ila qarab yurdim. Kimdan yomon so‘z eshitsam, ul so‘zni hech bir so‘ylamadim, kimdaki bir yomon ish ko‘rsam, ul ishni hech bir qilmadim, shuning ila odobli bo‘ldim”.

✍️ Munavvar qori Abdurashidxonov

Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandga pul topishni o‘rgatamiz, pul sarflashni o‘rgatmaymiz!

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
#Iqtibos

Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.

✍️ Amir Temur

Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kinotavsiya: Sotsial dilemma

Farzandlaringiz elektron qurilmalar, gadjet, ijtimoiy tarmoqlarga haddan ortiq bog'lanib qolganmi?

Hurmatli ota-onalar, agar javobingiz "ha" bo'lsa, ushbu hujjatli filmni ko'rishingiz shart. Farzandlaringiz bilan birga ko’rsangiz, yanada yaxshi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#audioteka
#birgalikda_oʼqiymiz

✍️ O' Genri - asil ismi Ulyam Sidni Porter boʻlgan mashhur amerikalik yozuvchining eng mashhur, allaqachon keng sonli kitobxon qalbini zabt etib ulgurgan kichik asari – "So‘ngi yaproq" hikoyasi (vaqti: 00:19:41).


Mazkur havola orqali hikoyani tinglashingiz va yuklab olishingiz mumkin:👇
https://manaviyat.uz/press-service/audios/35

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from Otabek Hasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Япония, Хитой, Кореяда жамиятда ўзини тутиш қоидалари боғча ёшиданоқ ўргатилади.

Видеода Япония боғчаларидаги ҳолат тасвирланган.

Тарбия — жамиятдаги қадриятларни англаш ва унга риоя қилишда кўринади.

@otabek_khasanov
#Kun_hikmati

Inson goh-goh duch keladigan har bir muvaffaqiyatsizlikni baxtsizlik deb hisoblamasligi lozim. Kim biladi deysiz, balki haqiqiy baxt kichik muvaffaqiyatsizlikdan boshlanar?

✍️ Chingiz Aytmatov

🌸Kuningiz xayrli o‘tsin!

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
#Jonli

Ayni vaqtda Qarshi shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida mahallalardagi ishsiz va uyushmagan hamda bitiruvchi yoshlar uchun “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Mehnat yarmarkasida Qarshi shahri hududda joylashgan korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari 50 dan ziyod yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etmoqda.

Qadrli yoshlar, mehnat yarmarkasida o‘z sohangizga mos ish topish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo
Forwarded from OYINA.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Video: Poytaxt koʻchalarini taʼmirlayotgan fuqarolar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent koʻchalaridagi oʻnqir-choʻnqirlarni ta'mirlayotgan fuqarolar videosi tarqaldi. Aksariyat foydalanuvchilar bu holatga yoʻl boʻyicha masʼullarni ayblagan bo'lsa, ba'zilar tashabbusni olqishlamoqda.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bir_chimdim_maʼnaviyat

Ahmadjon Meliboyev: "Bu dunyoda eng katta imtihon har bir kishining vijdoni oldidagi imtihondir"

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish tadbirlari doirasida har bir hududning o‘ziga xos qadriyatlari va ma’naviy mezonlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasi ishlab chiqiladi.

Shu maqsadda sohada mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli ravishda o‘rganish va tegishli takliflarni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja-jadval asosida joriy yilning aprel-iyul oylarida joylarda to‘laqonli o‘rganishlar o‘tkazilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati rahbar va mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh viloyatimiz shahar va tumanlarida o‘rganish ishlari boshladi.

Ishchi guruh a’zolari dastlab Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida bo‘lib, bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlarni muhokama etishdi.

Qayd etish joiz, Ishchi guruh tomonidan ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit holati, ma’naviyat va ma’rifat maskanining tashkil etilganligi va moddiy texnik bazasi, ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoni samaradorligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish borasida shakllangan o‘ziga xos tajribalar, tashqi va ichki ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari mazmuni, axborot-kutubxona markazlari hamda kutubxonalar, madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari, teatr va kinoteatrlar faoliyati, mahalliy telekanallar kontenti, ijtimoiy tarmoqlardagi yuritilish holatlari o‘rganiladi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_ziyo