Sog'liqni saqlash boshqarmasi
2.22K subscribers
7.39K photos
1.4K videos
53 files
6.14K links
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
🏢Qarshi sh., Xonobod yo‘li 28
☎️ +998752240341
📞103
Matbuot kotibi — https://t.iss.one/LazizaAllayorova
https://t.iss.one/murojaatssbbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Tibbiyot xodimlari kuniga bag’ishlangan tadbirlar
#10nov #uzbekiston24

Kanalga ulaning!


Telegram / Facebook / facebook
G‘uzorda ikkita zamonaviy tibbiyot maskani ish boshladi

Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda G‘uzor tumanida aholiga tibbiy xizmatlarni yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanib kelinayotgan “Tibbiyot xodimlarini kasb bayrami” munosabati bilan tumandagi “Gulshan” mahallasida joylashgan 39 ming aholiga xizmat qiladigan 41-Oilaviy poliklinikasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur poliklinika investitsiya dasturiga asosan 2 mlrd. 174 mln. so‘m mablag‘ evaziga qayta tamirlangan ushbu oilaviy poliklinika 9 ta mahallalarning 38 900 nafar aholisiga 12 turdagi tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, shu kunning o‘zida tumanning “Qovchin” mahallasida joylashgan “Qovchin oilaviy shifokorlik punkti4 mlrd. 414 mln. so‘m Respublika mablag‘lari evaziga rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
❗️Малакали ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимларини тайёрлаш “лабораторияси”

Тиббиёт – доимий ривожланиб, такомиллашиб борувчи соҳа. Шунинг учун ҳам соғлиқни сақлаш тизими ходимлари мунтазам ўз билим ва малакасини ошириб, янгиликлар билан танишиб боришга эҳтиёж сезади. Бу вазифани Республика ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари малакасини ошириш ва уларни ихтисослаштириш маркази ҳамда унинг ҳудудлардаги филиаллари ҳам бажариб келмоқда.

🏥Ҳозир марказда таълим жараёни 100 дан ортиқ аккредитациядан ўтган ўқув дастури ёрдамида амалга оширилади.

📔25 мингдан зиёд адабиётларга эга бой кутубхона ва унинг онлайн версиясидан фойдаланиш имкониятлари мавжуд. Бунинг учун махсус серверларга уланган ахборот портали ишлаб чиқилган бўлиб, зарур китобни тегишли QR-код орқали мутолаа қилиш мумкин. Марказда энг сара китоб ва қўлланмалардан иборат фонд шакллантирилган ва серверга юкланган адабиёту қўлланмаларнинг электрон шаклини олиш имконини берадиган электрон китоб жавони ўрнатилган.

🧑🏻‍💻Марказда барча йўналишлар, хусусан, оналар ва болалар саломатлиги, кардиология, хирургия ва травматология каби ихтисосликлар бўйича симуляцион хоналар ташкил этилган. Малака оширувчилар ўзлаштирган янги билим ва кўникмаларини шу ернинг ўзида муляжларда синаб кўришлари мумкин.

🌐Албатта, ўқув дастурларининг замон билан ҳамнафаслигини таъминлашда халқаро эксперт ва ташкилотларнинг ўрни беқиёс. Бу борада марказ Хитой, Россия, Япония, Туркия, Беларусь, Қозоғистон каби давлатлар билан ўрта тиббиёт ходимларини тайёрлаш ва малакасини ошириш бўйича ҳамкорлик алоқаларига эга. Хусусан, хитойлик мутахассислар билан халқ табобати, Япония билан кексалар парвариши, Туркия ва Беларусь мутахассислари билан дояларни ўқитиш борасида самарали ҳамкорлик йўлга қўйилган.

💻Муҳими, ўқув дастурларини якунлаганлар инсон омилидан мутлақо ҳоли тарзда синовдан ўтказилмоқда.

📃Марказда ўқитилаётганларни уч босқичли баҳолаш тизими жорий қилинган. Дастлаб онлайн тарзда тест топширилади, сўнг амалий имтиҳондан ўтилади, сўнгги босқичда эса тингловчиларнинг билимлари электрон тизим орқали оғзаки баҳоланади. Бу жараёнлардан муваффақиятли ўтган ходимларга намунадаги сертификат берилади.

📌Жорий йилнинг ўзида республика бўйича 42 579 нафар ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимларининг малакаси оширилди. Шундан 6 908 нафари Республика ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари малакасини ошириш ва уларни ихтисослаштириш марказида ўқитилди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
🥳Shohista Mamatova -
respublika ko‘rik-tanlovi sovrindori


👩‍⚕Toshkent shahrida birlamchi tibbiy sanitariya yordami tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Patronaj doya – ayol salomatligi tayanchi” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida ishtirok etgan Mirishkor tumanidagi 25-oilaviy poliklinika patronaj doyasi Shohista Mamatova “Og‘ir sharoitda zudlik bilan qaror qabul qilgan patronaj doya” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

🏥- Butun mamlakatning eng mahoratli doyalari safida bo‘lish – katta baxt, albatta, - deydi Shohista Mamatova. – Menga tumandagi Nurafshon mahallasida yashaydigan 964 nafar tug‘ish yoshidagi xotin-qizlar biriktirilgan. 🩺Joriy yilgi faoliyatim davomida 8 nafar homilador ayoldagi xavf omillarni erta aniqlab, homilador ayolning hayotini saqlab qolish va sog‘lom bolalar tug‘ilishiga o‘z hissamni qo‘shdim. Mehnatim ko‘rik-tanlovda e’tirof etilib, nominatsiya g‘olibi bo‘ldim. Bu esa meni yanada mehr bilan ishlahsga undaydi.

Rasmiy sahifamizga ulaning!


Telegram / Facebook / facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sog'lom hayot" ko'rsatuvi. Yugurish va piyoda yurishning ahamiyati haqida

Rasmiy sahifamizga ulaning!


Telegram /Facebook / facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫀Yurak urishining tezlashishi, nafas qisilishi, diqqatni jamlay olmaslik, tezda toliqish va  yengil bosh aylanishi.

Ushbu belgilar sizda ham kuzatiladimi? Demak siz ham dunyo aholisining 4/1%i aziyat chekayotgan kasallik bilan o'zingiz bilmagan holda kurashyapsiz.
Xalqimiz orasida kamqonlik deb yuritiluvchi Anemiya-qon tarkibidagi asosiy elementlardan biri ya'ni miyaga kislorod yetkazuvchi gemoglobin miqdorining pasayib ketishi oqibatida yuzaga keladi.
🛑 Kasallik vaqtida davolanmasa boshqa kasalliklar bilan kurashish funksiyasini ham yo'qotishiga sabab bo'lishi mumkin.
🛑JSST ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, bugun maktabgacha yoshda bo'lgan bolalarning 47%i va maktab yoshidagilarning 25%i anemiyadan aziyat chekadi.
📌Yurtimizda esa bu holat har to'rtinchi odamda uchraydi.
🔎Xo'sh ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari  da'vo choralari qanday?

📹Batafsil lavhamizda

▶️Mustoqova Maxfuza

Rasmiy sahifamizga ulaning!


Telegram / Facebook / facebook
#oav_biz_haqimizda

Rasmiy sahifamizga ulaning!


Telegram / Facebook / facebook
#oav_biz_haqimizda

"ADOLAT USTUVOR" gazetasining navbatdagi soni tibbiyot xodimlari kuniga bag'ishlandi.

Rasmiy sahifamizga ulaning!


Telegram / Facebook / facebook