Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |
64K subscribers
48.2K photos
9.75K videos
11.8K files
21.4K links
|Boshqarmaning rasmiy kanali

Facebook: Qashqadaryo_MMtb
bot: @QashqadaryoMMTBbot

📬 e-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Мuborak tumani hokimligi (Yodgorbek Tuymurodov)
✍️#e_qaror

Muborak tumani hokimining qarori bilan
tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun issiqlik tizimiga zarur jihozlar sotib olish va o‘rnatish xarajatlariga qo‘shimcha 154 300.0 ming (Bir yuz ellik to‘rt million uch yuz ming) so‘m mablag‘ ajratildi.

Shundan, 5-sonli umumta’lim maktabiga 21 mln 500 ming so‘m, 24-sonli umumta’lim maktabiga 28 mln 520 ming so‘m va boshqa umumtalim maktablariga 104 mln 280 ming so'm ajratildi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring! 👇
🕊Теlegram|📱Facebook| 📱Instagram| 📺YouTube| 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e’tirof

⚡️ QASHQADARYOLIK SPORTCHILAR YIL SARHISOBIDA MUNOSIB TAQDIRLANDILAR.

2023-yil davomida nufuzli sport musobaqalarida natija ko‘rsatgan iqtidorli sportchilar va XIX-Osiyo o‘yinlari va IV-para Osiyo o‘yinlarining g‘olib-sovrindorlariga Viloyat hokimligi hamda Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimi M. Azimov so‘zga chiqib, sportchilarimizni yil davomida erishgan natijalarini yuksak
e'tirof etib, kelajakda bundan ham yuqori marralarni egallashlari uchun omad tiladi.

Tadbir davomida Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempioni va Xalqaro musobaqalar g‘olibasi Tursunoy Jabborovaga Viloyat hokimligi tomonidan xonadon sovg‘a qilinishi sportchi uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Bundan tashqari sportchilarning trenerlari hamda viloyatimizda sportni rivojlantirish sohasida faol xizmat qilgan bir qator sport fidoyilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.


🌐 Rasmiy sahifalarimiz
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
👍2
#e’lon #olimpiada

❗️❗️❗️❗️❗️

⚡️Barcha umumta’lim maktabi hamda akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari diqqatiga!

Respublika bo‘ylab yosh bilimdonlarning nufuzli musobaqasi — “Genius Cup” onlayn IQ musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqa 2 bosqichda o‘tkaziladi:
▪️1-bosqich – 2025-yil 11-may kuni (onlayn);
▪️2-bosqich – 2025-yil 18-may kuni (oflayn).

Birinchi bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchiga 100 000 so‘m pul mukofoti va FINAL bosqichiga yo‘llanma beriladi.

🏆 Musobaqa g‘oliblariga quyidagi pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari taqdim etiladi:
🥇1-o‘rin - 3 000 000 so‘m
🥈2-o‘rin - 2 000 000 so‘m
🥉3-o‘rin - 1 000 000 so‘m

Shuningdek, 9-11- sinf g‘olib bo‘lgan "Top -10" o‘quvchilari Osiyo texnologiyalar universitetida 1 yil bepul o‘qish imkoniyatini ham qo‘lga kiritadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi botlardan foydalaning:
@Genius_cup_bot
@Genius_cup2_bot

Batafsil ma’lumot uchun:
🌐 https://g-cup.asianuniversity.uz/
☎️ +99890 123 11 66

@Qashqadaryo_MMTB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1