Qashqadaryo Gidromet 🌦
132 subscribers
866 photos
467 videos
1.1K links
Қашқадарё вилояти Гидрометеорология маркази расмий телеграм канали.

Манзил: Қарши шахри, Буюк Турон кўчаси 16-уй
Мурожаат учун: @karshiGMB
Тел: (75) 230-17-60, (75) 230-17-61
E-mail: [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 0️⃣0️⃣0️⃣

💻 Anons: Daryo.uz internet nashriga O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Khabibullayev tomonlaridan “Toshkent shahrida atrof-muhit ifloslanishi” mavzusida berilgan intervyu tez kunlarda e’tiboringizga havola etiladi.

✔️ Bizni kuzatishda davom eting!

t.iss.one/qashqadaryoGMB
➡️Bugun faqatgina Qamashi tumanining baland tog'li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Viloyatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.

➡️ Ertaga 28 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati bo'ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat kechasi +5+10° iliq, kunduzi +15+20 bo‘ladi.
➡️29 dekabrda yomg'ir yog'adi baland tog'li hududlarda qorga aylanadi.Harorat kechasi va kunduzi +5+10 C iliq bo'ladi.

➡️Joriy yilning so'ngi kunlari 30-31 dekabrda viloyat bo'ylab yog'ingarchiliklar bo'lmaydi, harorat kechasi -3 sovuqdan +2 iliqgacha, kunduzi +5+10 C iliq bo'lishi va shamol 7-12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda.

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling


t.iss.one/qashqadaryoGMB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сув ва экология муаммолари.

Лазизбек Ҳамидовнинг "Улар" подкастининг бу сафарги меҳмонлари ижтимоий эко фаолларимиз Расул Кушербаев ва Мўътабар Хушватова (Ўрикгули) бўлган.

Улар мамлакатда айни давр учун долзарб муаммолар устида фикр алмашишган.

"Бизда сув танқислиги масаласида илмий ишланмалар жуда кам. Чет эл олимлари эса бизнинг минтақада сув танқислиги ва унинг оқибатлари бўйича юзлаб илмий ишлар қилишган" - дейди Расул Кушербаев.

Ҳозирги ўзбек гидрология илм мактабини бу каби вазият чуқур ўйлантириши керак.

t.iss.one/qashqadaryoGMB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 biz haqimizda

➡️Daryo” muxbirining “O‘zgidromet” direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev va iqlimshunos Erkin Abdulahatov bilan suhbatida tobora jiddiylashib borayotgan muammoning sabablari, oqibatlari va yechimlari to‘g‘risida o‘tkazgan suhbati haqidagi to‘liq videoni tomosha qiling

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling

t.iss.one/qashqadaryoGMB
Oldinroq Qashqadaryo viloyatida 29 dekabr kuni yomg'ir yog'ishi va tog'li hidudlarda qorga aylanishi haqida xabar berilgandi. Hozirda viloyatni barcha hududlarida yog'ingarchiliklar kuzatilmoqda.

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling

t.iss.one/qashqadaryoGMB
➡️ Ertaga Viloyat bo'ylab yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol 17-22 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechqurun -3 C sovuqdan +2 °C iliqgacha, kunduzi +5+10 C iliq bo‘ladi.

➡️ 31 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati bo'ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat kechasi -3 C sovuq +2 °C iliq, kunduzi +10+15 C bo‘ladi.

➡️ 2024 yil 1-2 yanvar kunlarida yog'ingachiliklar kutilmaydi.Harorat kechasi 0+5 iliq va kunduzi +10+15 C iliq bo'lishi prognoz qilinmoqda.


Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling


t.iss.one/qashqadaryoGMB
2024 йилнинг январь ойи ҳарорат бўйича меъёр атрофида, баъзи жойларда меъёрдан 1-1,5 даража юқори, ёғингарчилик бўйича меъёр атрофида ва баъзи ҳудудларда меъёрдан паст бўлиши маълум қилинди, - Ўзгидромет.

*Меъёрий қийматлар сўнгги 30 йиллик (1991-2020 йй.) ўртача иқлимий давр маълумотлардан келиб чиқиб ҳисобланган.
2023 йил мийёрдан 4-7 даража паст булган.

t.iss.one/qashqadaryoGMB
😀❄️O‘zbekistonda yanvar oyi odatda qanday bo‘ladi va 2024 yil yanvar oyida qanday ob-havo sharoitlari kutilmoqda?
Ma’lumot uchun: Yangi 2024-yilning birinchi oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5° ga yuqori bo‘ladi.
Yanvar quruq va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Yanvar oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 1-3-yanvar kunlari kunduzgi havo harorati 6-11° iliq atrofida, 4-5-yanvar kunlari esa 1-3-yanvarga nisbatan 3-5° ga yuqori bo‘ladi.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15° iliqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Harorat kechalari qisqa davrga 10-13° sovuqqacha pasayishi va kunduz kunlari 16-18° iliqqacha ko‘tarilishi mumkin.
Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida kutilmoqda.
t.iss.one/qashqadaryoGMB
Aziz va qadrli yurtdoshlarimiz!

Mana shu unutilmas, shukuhli damlarda sizlarni va siz orqali oila a’zolaringizni qutlug‘ qadamlar bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimizdan tabriklab, samimiy tilaklarimimizni izhor etish O‘zgidromet jamoasi uchun katta baxt.

Ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni kirib kelayotgan yangi - 2024-yil bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, oilaviy baxtu saodat tilaymiz.

Barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!

🔴Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!!

t.iss.one/qashqadaryoGMB
➡️Bugun Qamashi, Kitob, Dehqonobod va Shahrisabz tumanining ba'zi joylarida biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Viloyatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

➡️ 5-6 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyati bo'ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat kechasi +2+7° iliq, kunduzi +14+19 C iliq bo‘ladi.
➡️ 7 yanvarda bazi joylarda yomg'ir yog'adi.Harorat kechasi +3+8 C iliq, kunduzi +8+13 C iliq bo'ladi, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

➡️ Joriy yilning 8 yanvar kuni viloyat bo'ylab yog'ingarchiliklar bo'lmaydi, harorat kechasi 0+5 iliq, kunduzi +8+13 C iliq bo'lishi va shamol 7-12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda.

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling


t.iss.one/qashqadaryoGMB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Yanvar oyida anomal sovuq kuzatilishi mumkinmi?

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling

t.iss.one/qashqadaryoGMB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Ohangaronda IES joylashgan hududda kul aralash havo tufayli aholi kasallanmoqda. Energiya olish jarayoni shunchalik jadalki, zavod chiqarayotgan tutunni tozalashga filtrning kuchi yetmayapti.
Havo ifloslanishiga bu katta ta’sir qiladi. O’zbekistondagi hamma zavodlar filtr bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari ko’l, ariq va daraxtzorlar kabi tabiiy filtrlarni yo’q qilmaslik lozim!
Lekin muammoning asl yechimi - yashil energiyaga o’tish bo’la oladi! Buni davlat darajasida ko’rib chiqishlariga umid qilamiz.

⚡️Siz esa elektr energiyasini tejab ishlating!

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling

t.iss.one/qashqadaryoGMB
➡️ Ertaga Viloyatni ba'zi joylarida yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin . Havo harorati kechasi +5+10 °C iliq, kunduzi +10+15 C iliq bo‘ladi.

➡️ 12 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati bo'ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat kechasi +2+7 °C iliq, kunduzi +12+17 C bo‘ladi.

➡️ 13 yanvar kuni Harorat kechasi 2+7 iliq va kunduzi +12+17 C iliq bo'ladi shamol 7-12 m/s tezlikda ba'zi joylarda kuchayib 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to'zonlari bilan kuzatilishi mumkin va bazi joylarda yomg'ir yog'ishi prognoz qilinmoqda.


Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling


t.iss.one/qashqadaryoGMB
Тошкент ҳавосини муҳофаза қилиш бўйича таклифлар берилди

Экология вазирлиги Тошкент ҳавоси ифлосланишига таъсир этаётган омилларни маълум қилди. Таҳлилларга кўра, пойтахт ҳавоси ифлосланишига яшилликнинг камайгани, бетартиб қурилишлар, транспорт оқими юқорилиги, кўмир ва мазутдан чиқаётган заҳарли ташланмалар сабаб бўлмоқда.

Тошкент шаҳрида атмосфера ҳавосига кўрсатилаётган салбий оқибатларни камайтириш бўйича қуйидаги таклифлар илгари сурилмоқда:

— “Евро-4” стандартидан паст экологик тоифадаги мотор ёқилғидан (AI-80 русумли бензин) фойдаланишни тақиқлаш;

— автотранспорт воситалари тирбандлигини камайтириш ва ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш мақсадида Тошкент шаҳри ҳудудида куннинг тиғиз вақтларида (эрталабки соат 07:00дан 10:00га қадар ва 17:00дан 20:00га қадар) юк ташиш учун мўлжалланган, вазни 3,5 ва 12 тоннадан ортиқ транспорт воситаларини ҳаракатини чеклаш;

2010 йилгача ишлаб чиқарилган барча тоифадаги автотранспорт воситалари ҳаракатланишини тақиқлаш, автотранспорт воситалари эгаларига замонавий автотранспорт воситаларига ўтиш учун (электро-мобил) имтиёзлар, переференсиялар ва субсидиялар беришни йўлга қўйиш;

— сўнгги йилларда автомобил йўлларида юзага келаётган тирбандликларни камайтириш мақсадида тажриба тариқасида автомобиллар ҳаракатини мақбуллаштириш учун автомобилларни “тоқ ва жуфт” кунларда бошқариш қоидасини жорий этиш;

— шаҳарнинг диққатга сазовор марказий кўчаларида автотранспорт воситаларидан холи ҳудудларни ташкил қилиш;

жамоат транспортини тўлиқ электр, газ-баллон ёқилғиси ва бошқа муқобил ёқилғи турларига ўтказиш, шунингдек, йўл инфратузилмасини ташкил этиш;

барча турдаги қурилиш обектларини (ижтимоий ва давлат аҳамиятига оид обектлар бундан мустасно) қуришга мораторий эълон қилиш;

— Тошкент вилоятининг Тошкент шаҳрига туташ туманларида саноат мақсадларида кўмир ёқилғисидан фойдаланишни тақиқлаш;

— микроиқлим мўътадиллигини таъминлаш, атмосфера ҳавоси сифатига ижобий таъсир этиш мақсадида сунъий сув ҳавзаларини барпо этиш;

— Тошкент шаҳрида фаолият кўрсатаётган Иссиқлик марказларида захира ёқилғиси сифатида мазутдан фойдаланишни кескин тақиқлаш;

— илмий ва пухта ишланган хулосалар асосида шамол тезлигини пасайтириш, тупроқ зарралари кўчишининг олдини олиш мақсадида Тошкент шаҳри атрофида “яшил белбоғ”лар барпо этиш;

— атмосфера ҳавосининг сифат кўрсаткичини доимий эълон қилиб борадиган табло ва мониторлар ўрнатиш.

t.iss.one/qashqadaryoGMB
➡️Bugun kunning ikkinchi yarimida ba'zi joylarida biroz yomg'ir yog'ib baland tog'li hududlarda qorga aylanishi mumkin.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat 5-10 °C iliq bo‘ladi.

➡️ 16-19 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyati bo'ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat kechasi -2 C sovuqdan +3° iliqgacha, kunduzi +10+15 C iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling


t.iss.one/qashqadaryoGMB
➡️Bugun kunning ikkinchi yarimida ba'zi joylarida biroz yomg'ir yog'ib baland tog'li hududlarda qorga aylanishi mumkin.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat 5-10 °C iliq bo‘ladi.

➡️ 16-19 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyati bo'ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Harorat kechasi -2 C sovuqdan +3° iliqgacha, kunduzi +10+15 C iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling


t.iss.one/qashqadaryoGMB
QASHQADARYO BO'YICHA 2024-YIL FEVRAL OYIDA KUTILAYOTGAN MASLAHATOMUZ OB-HAVO PROGNOZI

Havoning oʻrtacha oylik harorati meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan
1-1,5 °C ga yuqori boʻlib, 6-8 °C iliqni tashkil etadi.
✅️Oyning birinchi oʻn kunligida harorat asosan kechalari 2-7 °C iliq, kunduz
kunlari 10-15 °C iliq boʻladi.
✅️Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat kechalari 2-7 C iliqdan 0-5 °C sovuqgacha, kunduz kunlari 15-20 C iliqdan 5-10 °C iliqgacha oʻzgarib turadi.
✅️Oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida
boʻlishi (meʼyor 24-58 mm, togʻli hududlarda 62-98 mm) kutilmoqda.
✅️Oy davomida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.
⏬️
Sovuq davrlarda uzoq muddatli maslahatomuz ob-havo prognozlarining o'zini oqlash
darajasi 55-75 % ni tashkil etadi.

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling

t.iss.one/qashqadaryoGMB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz tumanining baland tog'li Ko'l qishlog'ida qor yog'moqda,
Ayni paytda Havo harorati -1.1 C ni ko'rsatmoqda.
Qamashi tumani Maydanak observatoriyasi hududida ham qor yog'ishni boshlagan. Ushbu hududlar dengiz satxidan 2200 metr balandlikda.

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling

t.iss.one/qashqadaryoGMB
👍1
🗝Gidrometeorologiya xizmati agentligining rasmiy veb-sayti, kanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga havolalar:

🔍Veb-sayt: https://https://hydromet.uz (o'zbek, rus va ingliz tillarida)

💬Telegram
💬Facebook
📺YouTube
📷Instagram

⤴️Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zgidromet nomidan yuritiladigan boshqa sahifalar bizga tegishli emas. Gidrometeorologiya xizmati agentligi ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanmaydi. O‘zgidromet faoliyatiga oid so‘nggi ishonchli yangiliklarni faqat yuqorida ko‘rsatilgan rasmiy sahifalarda bilib olishingiz mumkin.

@uzgydromet  📲kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.

Telegram | Facebook| Instagram 🌐  Youtube 📹