QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI
2.47K subscribers
6.07K photos
1.29K videos
114 files
4.43K links
Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
https://www.facebook.com/qashvsb
Murojaat uchun @@Firdavsiy_soliq_pressa
telefonlar:
📞75 225-10-82, 📞 91 460-38-34
Download Telegram
#uchrashuv

Tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar va takliflarni o‘rganish, unga yechim toppish maqsadida Qashqadaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari Otabek Qo‘ldoshev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov kichik va o‘rta biznes subyekti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda soliq imtiyozlaridan foydalanish, soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, soliq hisobotlarini topshirish va yashirin iqtisodiyotni oldini olish borasida murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Yechimi o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.


Tadbir davomida soliq qonunchiligidagi eng so‘nggi yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Bu kabi uchrashuvlar davom ettiriladi.

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
#jamoatchilik_eshituvi

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasida korrupsiyani oldini olish va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Ismigul Xushmurodova, viloyat hokimi maslahatchisi Shuhrat Tursunov, “Yuksalish” harakati viloyat bo‘limi rahbari Davron Shodmonov va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etishdi.

Samimiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar korrupsion holatlarni erta aniqlash, soliq xizmati xodimlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarda shaffoflikni ta’minlash, xizmatlarni elektronlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.


Savol-javob va qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan uchrashuv yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!


Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Soliq mobil ilovasida soliqlarni uydan chiqmasdan to'lang

Jismoniy shaxslar 2025-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Hisoblangan summa  “Mening soliqlarim” “Soliqlarni to‘lash” bo‘limida soliq to‘lovchilarga jami qancha to‘lashi zarurligini eslatish uchun “Yillik” sifatida onlayn aks ettiriladi, “Joriy ” ustunida esa 15-aprelgacha qarz miqdori ko‘rsatilmaydi.

✔️ Eslatib o‘tamiz: 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lanadi.
👉Soliq kodeksining 423-moddasi va 440-moddasi

"To'lov summasi" qatorida ko'rsatilgan summaga o'zgartirishlar kiritish va istalgan miqdordagi summani to'lash mumkin. To'lovdan oldin tizim qo'shimcha tasdiqlashni so'raydi.

Ilova foydalanuvchilari soliq qarzlarini avtomatik to'lash rejimini ham yoqishlari mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mendeklaratsiyatopshirdim_challenge

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov ham deklaratsiya topshirdi!

“Soliq” mobil ilovasidagi “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati san’atkor va ijrochilar uchun o‘z daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkonini bermoqda.

Endilikda taniqli xonanda Ravshan Komilov ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani mobil ilova orqali taqdim etdi.

Deklaratsiya topshirish – bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki ochiqlik va halollik tamoyilining ifodasidir.


❗️Agar ijodkor deklaratsiyani mustaqil to‘ldira olmasa, ilova orqali administratorga vakolat (dostup) berish orqali jarayonni soddalashtirishi mumkin.

📲Soliq” ilovasini yuklab oling➡️ “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘limiga kiring ➡️ deklaratsiyani onlayn yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mendeklaratsiyatopshirdim_challenge

Otabek Rahimov,
xonanda:

— San’atkorlar deklaratsiya topshirish uchun soliq idorasiga borishi yoki hisoblab yurishi shart emas. Qo‘l telefonimizdan soliq mobil ilovasiga kirib, deklaratsiya topshirish mumkin. Bu hammaga san’atkorlar uchun qulay bo‘ldi.


📱Buning uchun “Soliq” mobil ilovasini yuklab oling, “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘limiga kiring va deklaratsiyani onlayn yuboring.

Telegram | Facebook
#imtiyoz

Issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 %dan 1%ga tushiriladi


Prezidentimiz raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasida to‘lashi belgilanishini qayd etdi. Shuningdek, 2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.

Soliq qo‘mitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yo‘naltirilgani va ularning samaradorligini o‘rganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qo‘shilgan qiymat kam bo‘lsa, gazni issiqxonalarga yo‘naltirish topshirig‘i berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#kun_raqami

🗓 Bugun, 30-iyul kuni 25 000 000-elektron raqamli imzo (ERI) kalit sertifikati rasmiylashtirildi.

Mazkur elektron raqamli imzo Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi 38 yoshli fuqaro tomonidan e-imzo.soliq.uz sayti orqali olindi.

📌 Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab ERI narxi quyidagicha belgilanadi:
🔹 Yuridik shaxslar uchun – BHMning* 10 foizi (41 000 so‘m),
🔹 Jismoniy shaxslar uchun – BHMning 7 foizi (28 840 so‘m).

💡 *1 BHM = 412 000 so‘m

👉 ERI qanday olinadi?
_______
#цифра_дня

🗓 Сегодня, 30 июля, оформлен 25 000 000 по счету сертификат электронного ключа (ЭЦП).

Электронную цифровую подпись получила 38-летняя жительница Багатского района Хорезмской области через сайт e-imzo.soliq.uz.

Напоминаем с 1 августа стоимость ЭЦП составит:

Для юрлиц - 10% БРВ* (41 000 сумов),
Для физлиц - 7% БРВ (28 840 сумов).

💡 *1 БРВ = 412 000 сумов

👉 Как получить ЭЦП?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Asosiy mezon - samaradorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini koʻpaytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan 30-iyulda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini soʻzsiz taʼminlash maqsadida Soliq qoʻmitasining navbatdan tashqari Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

✍️Unda, issiqxonalardan qisqartirilib sohalarga yoʻnaltirilgani tabiiy gaz sarfining samaradorligini oʻrganish, baholash va natijalari bilan tegishli xulosa tayyorlash maqsadida qoʻmitaning respublika Ishchi shtabi tashkil etildi.

Amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilanib, 4 ta ishchi guruhi tuzildi. Ularning asosiy vazifasi:

issiqxonalarni maxsus savolnomalar asosida toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ular bilan uchrashish, muammolarini aniqlash;

issiqxonalarning hisobi, yer maydoni, ishlab chiqaradigan mahsuloti, ishlatiladigan yoqilgʻi hajmi hisobi, elektron gaz hisoblagichlar integratsiyasini nazarda tutuvchi yagona elektron dashbord ishlab chiqish;

ishlatilgan tabiiy gaz hajmi samaradorligini sohalar boʻyicha baholash;

issiqxonalarga soliq majburiyatini bajarishga koʻmaklashish, jumladan qoʻllanilgan moliyaviy jarimalarni tegishli qaror qabul qilingunga qadar ijroga qaratish muddatini oʻzgartirish orqali ularning hisob raqamlari harakatini barqarorlashtirish;

issiqxonalar faoliyatida mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan me’yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqishga qaror qilindi.

Soliq qoʻmitasi Raisi va oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlari 31-iyuldan bevosita hududlarda ish olib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Har bir to‘langan soliq – bu barqaror kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook