Qarshi shahar hokimligi | Rasmiy kanal
4.87K subscribers
48.1K photos
2.77K videos
22 files
6.14K links
Download Telegram
#Hashar

Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan Qarshi shahri 4-sektor hududidagi mahallalar yoshlar yetakchilari tomomidan keksa yoshdagi insonlar holidan xabar olinib, ushbu xonadonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Daraxtlar oqlanib, hovli-joylar tartibga keltirildi.

👉 @qarshishaharhokimligi
#hashar Qarshi shahrida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda

Shahrimizda “Navro‘z” umumxalq bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida mahallalarda, mehnat jamoalarida, aholi turar joy maskanlarida, bog‘u-xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarda “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari o‘tkazilib, obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom ettirilmoqda.

@qarshishaharhokimligi
#hashar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan hashar tashkil qilinib, bo‘lim binosi oldida obodonlashtirish ishlari olib borildi va hasharchilar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

@qarshishaharhokimligi
🇺🇿Qarshi shahrida hashar o‘tkazilib, tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

🎗9-may – Xotira va qadrlash kunini munosib kutib maqsadida shahrimizda hashar o‘tkazilib, tozalash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Hashar davomida Qarshi shahar yoshlar ishlari bo'limi yoshlar yetakchilari tomonidan "Shuxrat" qo'rg'oni atrofi chiqindilarlardan tozalash ishlari amalga oshiriladi.

#hashar
#tozahudud

Bizning sahifalarimiz

📱Instagram | 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar

Hasharda Qarshi shahar madaniyat bo`limi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
#Obodonlashtirish
#hashar
Bugun Geolog mahallasida boshlangan hashar jarayonida Qarshi shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi xodimlari tomonidan ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasi hamda kirish yo‘laklarida dizenfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshi shahrida "Obodonlashtirish mahalladan boshlanadi" shiori ostida hasharlar o‘tkazildi. Tadbir doirasida "Obod xonadon," "Obod ko‘cha," "Obod mahalla" tamoyili asosida hududlar tartibga keltirildi, ko‘kalamzorlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.

👉@qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshi shahridagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida hasharlar o‘tkazildi. Tadbir davomida muassasalar atrofi tozalanib, daraxtlarga shakl berildi, oqlandi hamda yangi daraxt va gul ko‘chatlari ekildi.

👉@qarshishaharhokimligi
#hashar

Neftchi mahallasida 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirokida
hashar tashkil etildi

Qarshi shahri Neftchi mahallasida "Obod xonadon," "Obod ko‘cha," "Obod mahalla" dasturi doirasida "Obodonlashtirish mahalladan boshlanadi" shiori ostida hashar tashkil etildi. Tadbirda 200 dan ortiq mahalla aholisi faol ishtirok etdi.

Hashar davomida 50 dan ziyod mahalla aholisi ko‘p qavatli uylar atrofini tozalash, hududni obodonlashtirish va yerga ishlov berish bilan shug‘ullandi. Shuningdek, 150 dan ortiq fuqaro o‘z xonadonlari va ko‘chalarida ozodalik ishlarini amalga oshirdi.

👉@qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshi shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Shu yilning 10-fevralidan 10-martiga qadar o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida Qarshi shahri mahallalarida hasharlar tashkil qilindi.


Xususan, Kat mahallasida o‘tkazilgan hasharda mahalla ahli hamjihatlik bilan xonadonlar va mahalla binosi oldidagi bo‘sh maydonlarga 150 dona olcha ko‘chatlarini ekdi. Shuningdek, mavjud daraxtlar oqlandi, hududlar tartibga keltirildi.

Mahalla yettiligi tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar xonadonlarida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ularning hovlilari tozalandi, mevali daraxt ko‘chatlari ekib berildi.

Mazkur obodonlashtirish ishlari shaharning barcha mahallalarida davom etmoqda. Mahalla ahli va ko‘ngillilar o‘z hududlarini yanada obod va yashil maskanga aylantirish yo‘lida birlashmoqda.

👉@qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshidagi Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasida obodonlashtirish ishlari olib borildi


Bugun Qarshi shahrining Jayxun ko‘chasida joylashgan Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Hashar doirasida ziyoratgoh atrofi tartibga keltirilib, hudud yanada ko‘rkamlashtirildi. Shuningdek, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, majmua yanada obod maskanga aylantirildi.

👉@qarshishaharhokimligi
#Hashar Qarshi shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida hashar tashkil etilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bog‘ hududi tozalanib, yangi daraxt ko‘chatlari ekish uchun joylar tayyorlanmoqda.

👉@qarshishaharhokimligi
#Hashar

Kamandi mahallasida obodonlashtirish hashari o‘tkazilmoqda

Qarshi shahri Kamandi mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" tamoyili asosida keng qamrovli hashar tashkil etildi. Hashar davomida ko‘chalar va xonadonlar atrofi tozalanib, daraxtlar butalmoqda va oqlanmoqda. Shuningdek, aholi tomorqalari tartibga keltirilib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Mahalla aholisi hashar jarayonida faol ishtirok etib, o‘z hududlarini yanada obod qilishga hissa qo‘shmoqda.

👉 @qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshi shahri Cho‘lquvar mahallasida hashar yo‘li bilan 2 kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi.

👉 @qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshida hashar tashkil qilinib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Bugun Qarshi shahri mahallalarida hashar tashkil qilinib, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hasharda aholi vakillari bilan birga ko‘chalar va uylar atrofi tozalanib, daraxtlarni butash va oqlash, tomorqa yerlarni ag‘darish hamda ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Aholi va mahalla faollari birgalikda atrof-muhitni obodonlashtirishga hissa qo‘shmoqda.

👉 @qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshi shahri Batosh mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Kanalga ulanish 🔗 @qarshishaharhokimligi
#Hashar

Qarshi shahrining Paxtazor, Paxtazor-1 va Oydin mahallalarida hashar tashkil etilib, ko‘p qavatli uylar atrofi begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlar va bordyurlar oqlanmoqda. Shuningdek, uylar oldiga turli xil gul ko‘chatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Hashar
#Obodonlashtirish

Qarshi shahri Sho‘rtangaz mahallasidagi Nasaf ko‘chasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirda yo‘l bo‘yidagi daraxtlar oqlanib, turli xil gul ko‘chatlari ekish uchun yer maydonlari tayyorlanmoqda.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube