🌱Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boʼlimi xodimlari Qashqadaryo sohili bo‘yida o‘tkazilgan daraxt ekish aksiyasida ishtirok etdi.

👉 @qarshishaharhokimligi
🌱 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida vohamizda obodonlashtirish, daraxt ko'chatlari ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Qarshi-Shahrisabz yo'nalishining 11 km da yo'l bo'yidagi maydonga 260 to'pdan ortiq tut, yasin va bodom daraxt ko'chatlari ekildi.

Bugungi umumxalq hashari doirasida boshqarmaning 30 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Qarshi shahar A.Temur ko'chasida joylashgan hududiy boshqarmaning ma’muriy binosi atrofida ham obodanlashtirish ishlari amalga oshirildi.

👉 @qarshishaharhokimligi
#Umumxalq_xayriya_hashari

Bugungi umumxalq xayriya hasharida Qarshi shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faol ishtirok etdi. Ular tomonidan olib borilgan obodonlashtirish ishlari jarayonida bogʼchalar hovlisi tozalanib, tartibga keltirildi, devorlar, yoʼlaklar cheti va daraxtlar oqlandi, turli xil mevali va manzarali daraxtlar, gul koʼchatlari ekildi.

👉 @qarshishaharhokimligi
#Umumxalq_xayriya_hashari

Bugun umumxalq xayriya hashari munosabati bilan Qarshi shahrida yashovchi yakka-yolgʼiz keksalar holidan xabar olindi. Mahallalardagi yoshlar yetakchilari va koʼngilli yoshlar tomonidan hashar tashkil qilinib, ularning uy-joylari tozalandi, devorlar va daraxtlar oqlandi.

👉 @qarshishaharhokimligi