Yangi koʼprik foydalanishga topshirildi
Qarshi shahri "Аrabxona" mahallasidagi koʼprik bir necha yillardan buyon ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan, bu aholiga noqulayliklar tug‘dirayotgandi. Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ko‘prik yangidan qurildi.
Bugun, Navroʼz bayrami arafasida yangi qurilgan koʼprik tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Uning ochilishida sektor rahbarlari, shahar hokimligi masʼullari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va mahalla aholisi ishtirok etdi. Tadbirda shahar prokurori Аlisher Mirzoyev, Oʼzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova, mahalla nuroniylari soʼzga chiqib, Navroʼz bayrami arafasida ushbu koʼprikning foydalanishga topshirilishi "Аrabxona" mahallasi aholisi uchun munosib tuxfa boʼlganini taʼkidladilar.
👉 @qarshishaharhokimligi

Qarshi shahridagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida umumxalq hashari oʻtkazildi
Erta tongdan maktabning sobiq bitiruvchisi, uzoq yillar shu taʼlim dargohida faoliyat yuritgan faxriy oʻqituvchi, Oʻzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova va yana bir sobiq bitiruvchi, viloyat hokimi oʻrinbosari Komila Karomova qadrdon maktabiga tashrif buyurib, hasharga oʻz hissalarini qoʻshdilar va mevali daraxt koʻchatlari ekishdi.
Ayniqsa Oʻzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova oʻquvchilik davrida maktabning birinchi direktori bilan ekkan va bugungi kunda maktab hovlisida salobat toʻkib turgan ulkan daraxtni koʻrib, uning oldida oʻquvchi yoshlarga va maktab rahbari boshchiligidagi jamoaga faoliyatini boshlaganiga 70 yil toʻlgan bu dargohni har bir qarichini obod qilib, asrab-avaylab kelayotganliklari uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirganliklari barchani toʻlqinlantirib yubordi.
Shu kuni maktab hududida 100 ga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, daraxtlarga shakl berildi, yoʻlaklar tozalandi.

Qashqadaryo sohili bo‘yida daraxt ekish aksiyasi o‘rkazildi
Aksiya doirasida Qashqadaryo sohili bo‘yidagi maydonga hudud iqlimiga mos 600 tupdan ortiq pavloniya, yapon saforasi, qayrag'och, aylant daraxt ko'chatlari ekildi. Daraxt ekish aksiyasida ekofaollar, obodonlashtirish xodimlari va ko‘ngillilar ishtirok etdi.