Qarshi davlat universiteti
10.1K subscribers
20.8K photos
1.44K videos
325 files
6.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#Xushxabar

⚡️QarDU talabasi jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Namangan viloyatida joriy yil 8-11-sentabr kunlari belbogʻli kurash boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Jahon chempionatida jami 26 ta davlat, yaʼni Gruziya, Belarus, Belgiya, Eron, Isroil, Rossiya, Ruminiya, Ukraina, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, Kamerun, Moldova, Hindiston, Moʻgʻuliston, Latviya, Estoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Shvetsiya va albatta mezbon Oʻzbekistondan jami 338 nafar (255 nafar erkak, 69 nafar ayol) ishtirokchi musobaqa gʻolibligi uchun bahs olib borishdi.

Quvonarlisi, ayollar oʻrtasida oʻtgan musobaqalarda Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi Filura Ergasheva 76 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi.

💐 Talabamizni sportdagi ushbu yutug‘i bilan chin dildan qutlaymiz! Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin!

👉 @qarduuz 👈
⚡️E’LON!

📢 “Yoshlar ovozi” gazetasining telegram kanalida o‘tkaziladigan “Zakovat” onlayn viktorinasi 28-sentabrga qadar har kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

➡️ Siz javoblarni @yo_zakovat_bot ga birinchi bo‘lib yuboring va g‘olib bo‘ling!

⚡️Tanlov nizomi bilan batafsil yoshlarovozi.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Bir oy davomida o‘tkaziladigan viktorina g‘oliblari quyidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

➡️ 1-o‘rin (1 nafar) - SAMSUNG A23 telefoni;

➡️ 2-o‘rin
(2 nafar)- telefon quvvatlagich (Powerbank);

➡️ 3-o‘rin (2 nafar)- quloqchin (naushnik).

⚡️G‘oliblar 30-sentabr kuni e’lon qilinadi.

👉 @qarduuz 👈
🏢 Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

👮‍♀️ harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

🤰 homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

💊 salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

💵 Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

👉 @qarduuz 👈
⚡️Universitet yoshlar yetakchisi saylandi

Joriy yilning 12-sentabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkilotining Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar oliy ta’lim muassasasi “Yoshlar yetakchisi” lavozimiga nomzodlar shijoatli, tashabbuskor, yoshlar manfaatlarini himoya qila oladigan, yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim ekanligini ta’kidlashdi. Shundan so‘ng nomzodlar o‘z dasturlarini yig‘ilganlarga taqdim etishdi. Taqdimotdan so‘ng berilgan umumiy ovozlarga ko‘ra Ravshanov Doston Rustam o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi lavozimiga saylandi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida universitetning yoshlar masalasiga mas’ullari, iqtidorli talaba-yoshlar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi xodimlari ishtirok etishdi.

👉 @qarduuz 👈
Муносабат

Жорий йилнинг 12 сентябрь куни ижтимоий тармоқдаги “ekologuz” телеграм каналида “Қарши давлат университети маъмурияти дарахткушми?” мазмунида танқидий пост ёритилди.

Мазкур ҳолат юзасидан Қарши давлат университети кўп сонли профессор-ўқитувчилари ва талаба-ёшлари номидан қуйидаги мурожаатни билдиради:

Сўнгги йилларда олий таълимга ёшларнинг қамрови ортиши натижасида юртимиздаги барча олий таълим муассасаларида замонавий шароитларга эга ўқув бинолари ва талабалар турар жойларига бўлган эҳтиёж ҳам ортиб бормоқда. Айниқса, янги ўқув йилида талабалар турар жойига бўлган талаб кескин кўпайиши нафақат ижтимоий тармоқларнинг асосий мавзусига балки, ҳукуматнинг олдида турган асосий вазифалардан бирига айланди. Айни шароитда Янги Ўзбекистоннинг янгиланаётган олийгоҳи сифатида Қарши давлат универиситетида олиб борилаётган бунёдкорлик жараёнлари профессор-ўқитувчилар ва талаба-ёшлар учун яратилаётган имкониятларнинг намунаси сифатида кўрсатиш ўринли бўлади.

Афсуски, баъзи ижтимоий тармоқ фаоллари бу янгиланишлар ва ўзгаришларга бефарқ кўринади. Яъни улар ёритаётган танқидий хабарларда ҳолат чуқур ўрганилмагани ва ёндашувда бирёқламалик сезилади. Масалан, “ekologuz” телеграм каналида ёритилган хабарга эътибор қаратилса, харита ва расмлар бир-бирига мос келмайди. Аслида харитада кўрсатилган манзил яқинда 600 нафардан ортиқ талабаларни ўз бағрига чорлайдиган, замонавий шароитларга эга янги талабалар турар жойи ҳисобланади. Бу ерда кўп йиллик дарахтлар сақлаб қолинган ҳолда талабалар турар жойи барпо этилмоқда. Расмлар акс этган қурилиш жараёнлари эса 1960 йилларда қурилган ва ўз умрини ўтаб бўлган эски бинолар ўрнида бунёд этилаётган замонавий 1000 ўринли янги ўқув биносидир. Ушбу иншоот ҳам дарахтларга зарар етказмаслик мақсадида белгиланган лойиҳадан 20 метр узоқликда қурилмоқда.

Шунингдек, жорий йилда университет ҳудудини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш мақсадида 2000 дан ортиқ мевали ва манзарали дарахтлар экилиб, парваришланмоқда.

Қарши давлат университетининг профессор-ўқитувчилари ва талабалари ижтимоий тармоқ фаолларидан эзгу мақсадлар кўзланган янгиланишлар моҳиятини чуқур англамасдан юзаки ёндашмасликни, асосланмаган маълумотларни тарқатишдан тийилишни сўрайди. Ҳар бир профессор-ўқитувчи яхши шароитда таълим беришни, талаба-ёшлар эса қулай имкониятларга эга ўқув даргоҳида таҳсил олишни ва шинам ётоқхоналарда яшашни ҳохлайди.
Қарши давлат университетида бу борадаги сайъ-ҳаракатлар табиатга зарар келтирмаган ҳолда давом этади...

Қарши давлат университети жамоаси

👉 @qarduuz 👈