Qarshi davlat universiteti
10.1K subscribers
20.8K photos
1.44K videos
325 files
6.79K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#SCO2022Samarkand

Samarqanddagi Kongress markazida ShHT sammitining asosiy tadbirlari boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarini protokol boʻyicha rasmiy kutib oldi.

Ayni damda davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu siyosiy-iqtisodiy tadbir dasturidagi asosiy masalalar bugungi muzokaralar davomida muhokama qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг тор доирадаги учрашуви иштирокчиларини кутиб олди. Етакчилар биргаликда суратга тушди.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Биргаликда суратга тушишдан сўнг ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг тор доирадаги учрашуви бошланди

Facebook|Instagram|Twitter
Самарқандда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг тор доирадаги мажлиси бўлиб ўтди.

В Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось заседание глав государств Шанхайской организации сотрудничества в узком составе.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #tordoiradagimajlis

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📌 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023-yil 1-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️stajyor-tadqiqotchilik
— ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

❗️tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

❗️doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

👉 @qarduuz 👈
Forwarded from Edu.uz
#SCO2022Samarkand
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT doirasida universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo‘shma sport tadbirlari, universiada o‘yinlari kabi qo‘shimcha formatlarni yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Edu.uz
#SCO2022Samarkand

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств–членов Шанхайской организации сотрудничества

Speech of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Tanlov

📚 ENG YAXSHI KITOBXON TALABA

♨️ Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovining universitet bosqichi boshlanmoqda.

✍🏼 Tanlov quyidagi shartlar bo‘yicha tashkil etiladi:

🔹 “Eng bilimdon kitobxon” (maksimal 25 ball).
🔹 “Annotatsiya mahorati” (maksimal 25 ball).
🔹 “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” (maksimal 50 ball).

🔰 Tanlov 5 bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1️⃣ Fakultet bosqichi
2️⃣ OTM bosqichi
3️⃣ OTMlararo bosqichi
4️⃣ Hududiy saralash bosqichi
5️⃣ Respublika bosqichi

Fakultet bosqichida dastlabki uch o‘rinni egallagan talabalar haqidagi ma’lumotlar 2022-yil 22-sentabrga qadar universitetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshirilishi lozim.

🤳 Murojaat uchun telefonlar:
90 615-04-64
99 575-37-28

🖇 Tanlovning universitet bosqichi 2022-yil 26-sentabr kuni o‘tkaziladi.

👉🏻 Batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin .

👉 @qarduuz 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Yoshlar_TV

🎞 "Vatanparvar" ko'rsatuvi l 11.09.2022 yil soni"

⚡️ Qarshi garnizonidagi harbiy qismda Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug harbiy psixologlarining "Eng ilg'or harbiy psixolog" va " Ruhiy zo'riqishlarni yechishning namunali xonasi" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

E'tiborlisi, mazkur ko'rik-tanlovda Qarshi davlat universiteti Psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilaridan M.Fayziyeva, B.Jo'rayev va M.Maqsadova hakamlar hay'ati a'zolari sifatida ishtirok etishdi va tanlovni adolatli hamda shaffof o'tkazilishida munosib hissa qo'shishdi.

👉 @qarduuz 👈
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SCO2022Samarkand
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitidagi nutqidan

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
⚡️ 15 mingga yaqin abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.

👨🏻‍🎓 Joriy yilda 39 962 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 30 253 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

▶️ Shundan 14 746 nafar (48,7 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR