Qo'rg'ontepa yoshlari
309 subscribers
9.51K photos
1.19K videos
24 files
2.13K links
Qo'rg'ontepa tumani Yoshlar ishlari bo'limining rasmiy sahifasi
Download Telegram
Бугун Вилоят прокурори иштирокида оғир тоифадаги ёшлар ва фуқаролар билан очиқ мулоқот ўтказилди. Тадбир давомида ёшларга доир масалалар алоҳида кўриб чиқилиб, жамиятда қонунийликни мустаҳкамлаш, ижтимоий муҳитда осойишталикни таъминлаш ҳамда ёшларни мақсадли қўллаб-қувватлаш йўллари муҳокама қилинди.

Уларни қийнaётган муаммолар эътибор билан тингланиб, уларни ҳал қилиш бўйича масъулларга аниқ топшириқлар берилди.

Шунингдек, ҳар бир фуқарога индивидуал эътибор қаратилувчи ва уларнинг ижтимоий фаоллигини оширишга қаратилган чора-тадбирлар белгилаб берилди.

Қўрғонтепа туман ҳокимлиги матбуот хизмати


Саҳифа: 📱Lotin

📱YouTube | 📱Facebook | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Shuhratbek Qo'shaqbayevich!

⚫️Sizni bugungi tavallud kuningiz bilan Andijon viloyati yoshlari nomidan samimiy muborakbod etamiz.

⚫️Viloyatda yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishi, bandligi hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar Sizning oqilona rahbarligingiz va doimiy e’tiboringiz samarasidir.

⚫️Yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni Vatanga sadoqat, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga yo‘naltirish yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar viloyatimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

⚫️Sizga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va Andijon viloyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ezgu ishlaringizda kuch-quvvat va bardavomlik tilaymiz.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!

Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!

Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar.

Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”.

Shuningdek, onlayn translyatsiya Prezidentning rasmiy sahifalarida:
Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: fb.com/Mirziyoyev
Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh
YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
https://t.iss.one/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.

Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:

“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;

“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);

“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;

Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.

⚡️Murojaatnomada yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar va yangiliklar e’lon qilinishi kutilmoqda!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Akmaljon Tangirqulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarning izchil davomidir. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, inson qadrini yuksaltirish va yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi.

Murojaatnomada davlatimiz rahbari O‘zbekiston yoshlarining ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat va san’at, axborot texnologiyalari sohalarida erishayotgan yutuqlarini alohida faxr bilan e’tirof etdi. Prezidentimiz yoshlarimiz bugun xalqaro olimpiadalar, nufuzli musobaqalar va tanlovlarda yuqori natijalarni qayd etib, Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga koʻtarayotganini ta’kidlar ekan, ularning salohiyatiga yuksak baho berdi. Shu bilan birga, yoshlarimizning dunyo yoshlaridan kam bo‘lmasdan, balki bir pog‘ona ustun bo‘lib kamol topishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini qat’iy qayd etdi.

Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan muhim va tarixiy qaror bo‘ldi. Mahalla – jamiyatimizning tayanchi, ijtimoiy barqarorlik va totuvlikni ta’minlovchi muhim institut bo‘lib, undagi har bir tashabbus, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, yoshlar muammolarini bevosita joyida hal etish maqsadida joriy etilgan yoshlar yetakchilari instituti bugungi kunda yoshlar siyosatini amalga oshirishning eng muhim va samarali bo‘g‘iniga aylanib bormoqda. Mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.

Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi davlatimiz rahbarining ushbu tashabbuslariga to‘liq qoʻllab-quvvatlab, 2026-yilda mahalla tizimida yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni izchil amalga oshiradi. Xususan, yoshlar yetakchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar qurollantirish, mahallalarda yoshlarning bandligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, Andijon viloyati yoshlari mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib, Prezidentimizning yuksak ishonchini oqlashga, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi. Yoshlar ishlari boshqarmasi bundan buyon ham yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.

Akmaljon Tangirqulov,
Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yoshlar!

⚡️Yurtimizda “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu ta’lim, raqamli texnologiyalar va yoshlar hayotiga daxldor g‘oyalarni real loyihaga aylantirish uchun katta imkoniyat.

Yo‘nalishingizni belgilab, kuchli g‘oyalaringizni taqdim eting va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shing.

Eng muhimi g‘olib loyihalar:


⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi;
⚡️Moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi,
⚡️Butun respublika bo‘ylab joriy qilinadi.

Tashabbus mualliflari istiqbolli kadr sifatida e’tirof etiladi hamda 10–50 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

Qani, yoshlar! O‘z g‘oyangizni taqdim eting va kelajakni birga yarating!

✔️Batafsil: kelajakuchun.gov.uz

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yoshlar.
30-dekabr kuni tuman markaziy archasida yangi yil bayram dasturi bo'lib o'tadi. Barcha yoshlarni bayram dasturida kutib qolamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hafta davomida Andijon viloyati yoshlari bilan amalga oshirilgan muhim voqea va hodisalar tafsiloti bilan tanishing.

🦅 Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi matbuot xizmati

#dayjest #hafta

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤓 "Hafta kitobi" loyihasining 19-son test bosqichiga start beramiz.

📖 Hafta avvalida berilgan Shukur Xolmirzayevning -"Bodom qishda gulladi" asari asosida tuzilgan 25 ta savol, har bir savolga 30 soniyadan vaqt belgilangan. Test sinovi bugun 28-dekabr soat 19:00ga qadar davom etadi.

📉 Natijalar avtomatik tarzda aniqlanadi. Eng qisqa vaqt ichida eng ko'p savolga to'g'ri javob bergan ishtirokchi "Mutolaa" premiumning 1 yillik obunasiga ega bo'ladi.

⚡️Tayyormisiz? Unda boshlaymiz!

✔️ Testni boshlash.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Yil sarhisobingizni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

🎯 “Mutolaa” ilovasida yil davomida qancha vaqt davomida qaysi kitoblarni o‘qiganingizni avtomatik ko‘rishingiz mumkin!

Ushbu sarhisobni ijtimoiy tarmoqlarda ulashishingiz, do’stlaringizga yuborishingiz mumkin.

🔥 Statistika nafaqat shu yilgi tahlilingizga, balki keyingi yilgi rejalaringizda ham ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz! Sarhisobni ko’rish uchun ilovani oxirgi versiyasini yangilab oling.


Mutolaa ilovasini yuklab oling

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yil sarhisobi

2025-yil davomida Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan yoshlarning bilim olishi, bandligi, tadbirkorligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

⚫️Yoshlar bandligi va tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlandi.
⚫️Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
⚫️Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar rag‘batlantirildi.
⚫️Yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish ustuvor yo‘nalishga aylandi.

📹Bu videorolik bir yil davomida Andijonda yoshlar sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar jamlangan sarhisobdir. Oldinda esa bizni yangi maqsadlar, ulkan rejalar kutmoqda.

Andijon yoshlar - yuksak marralar sari!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, ayniqsa faol, tashabbuskor va intiluvchan yoshlarimizni kirib kelgan 2026-yil bilan samimiy tabriklaydi.

⚫️Yangi yil har bir xonadonga tinchlik va farovonlik, yoshlarimizga esa yangi imkoniyatlar, katta marralar va yorqin yutuqlar olib kelsin. 2026-yil bilim, taraqqiyot va orzular ro‘yobga chiqadigan yil bo‘lishiga ishonamiz.

⚫️Har bir tashabbus qo‘llab-quvvatlanishi, har bir yosh o‘z yo‘lini topishi, har bir kun yangi yutuqlarga sabab bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Bayramingiz muborak boʻlsin, azizlar!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmang!

Ertadan barcha mahallalarda “Mazmunli ta’til” dasturi start oladi.

Futbol, kibersport, shaxmat-shashka, “Zakovat”, milliy karaoke, “Quvnoq startlar” hamda onlayn viktorinalar — barchasi siz uchun!

🎁G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

Ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi

⚫️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son farmioni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.

⚫️Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

⚫️1-bosqich 15-31-yanvar

⚫️17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

⚫️2-bosqich 4-28-fevral

⚫️“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

⚫️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.

⚫️Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.

✔️Savolnoma tarkibi

⚫️Jami savollar soni: 71 ta
⚫️Aholiga oid: 54 ta
⚫️Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta

✔️Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanishiga 10 kun qoldi!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM