Python Dev
79 subscribers
236 photos
19 videos
3 files
101 links
Maqsad: Kanalga Python dasturlash tiliga oid faydali ma'lumotlar joylanib boriladi. Barchasi faqat sizlar uchun 💪🏻

Muhokama guruhimiz: @python_dev_chat
Murojaat: @uzaytijobs_admin
Download Telegram
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Vakansiyalardagi hamma talablarga javob berish shartmi?

Bugun Mohirdevdagi studentlar bilan gaplashganimda shunday savol berishdi. O’quvchilardan biri vakansiyaga ko’zi tushib qolibdi. U vakansiyada juda ko’p texnologiyalar eslatib o’tilgan ekan talablar orasida. Tahminan HTML, CSS, JavaScript, PHP, Yii, MySQL, Docker, AWS va yana bir qancha texnologiyalar. Tajriba esa 2 yil so’ralgan holos.

Men quyidagicha javob berdim.

Hammasini bilishingiz shart emas. Bu texnologiyalar listining ma’nosi o’zi asli quyidagicha: “Biz ishda shu texnoligiyalarni ishlatamiz“. Sizdan ishga kirayotganingizda bularning har birini bilish talab qilinmaydi. Kompaniyalar ham bunday ideal kandidat qidiradigan bo’lishsa ko’p qidirishadi. Sizdan shularning eng asosiylarini bilishingiz va qolganini o’rganib keta olishingiz talab qilinadi.

Ba’zida birortasini ham bilishingiz shart emas. Yo’nalishingiz bir xil bo’lsa bo’ldi. Masalan siz shu paytgacha Python, Django va GCP bilan ishlagan bo’lsangiz ham tepadagi vakansiyaga topshirangiz bo’laveradi. Chunki yo’nalish bir xil: Backend va Cloud.

Bunday katta talablarni ko’rib tushkunlikka tushib topshirishdan uyalmang. Topshiravering. Sizdan nima ketdi? Kamida intervyu qilish mahoratingiz oshadi. Ha, bu ham alohida mahorat.

@jakhonrakhmonov
👍7
🎯 Master Python Backend Development: Intervyuga tayyor va 100% BEPUL! 🎯

Python, ko'p qirrali va foydalanuvchilar uchun qulay til - bu sizning muvaffaqiyat chiptangiz!

Yengil va moslashuvchan ramka Flask bilan birgalikda sizni to'xtatib bo'lmaydi💥

Men sizni boshlang'ich dasturchidan backend dasturchiga olib borish uchun mutlaqo BEPUL o'quv rejasini tuzdim!

Optimal natijalarga erishish uchun faqat ushbu ketma-ketlikka rioya qiling. 👩‍💻👨‍💻

🔥 𝗕𝗮𝗰𝗸𝗲𝗻𝗱 𝗗𝗲𝘃𝗲𝗹𝗼𝗽𝗲𝗿 o'quv rejasi 🔥

🎓 Learn Python: https://lnkd.in/eb4ke-9P
🔨 Python Projects: https://lnkd.in/eNWBfNzk
🚸 DSA with Python: https://bit.ly/3G3Dh0V
🌐 Learn Flask: https://lnkd.in/eqAg3jZP
🔧 Flask Projects: https://lnkd.in/eqnf7h-W
🔄 Learn REST API with Flask: https://lnkd.in/e-TTahQf
🧩 Learn Multithreading, Multiprocessing, Asyncio: https://lnkd.in/e_99Jiwp
🚦 Gunicorn & Nginx with Flask: https://lnkd.in/eWxgTNdB
TDD with Python & Flask: https://lnkd.in/eMjweHuZ
📚 Basic RDBMS: https://lnkd.in/ebkPd8-q
🔍 Learn SQL: https://sqlbolt.com/ & W3Schools.com
🐘 PostgreSQL with Python: https://lnkd.in/esKUqNdt
🎁 Flask App with PostgreSQL: https://lnkd.in/eTzpcwNc
💻 Basics of Bash: https://lnkd.in/eZnG8cP6
🐳 Basics of Docker: https://lnkd.in/eFEK_aXW
🚢 Deploy Flask App with Docker: https://lnkd.in/eTjnFW8Y
🌟 GIT & GitHub: https://lnkd.in/ejshTxFw
🎨 Python Portfolio on Github: https://lnkd.in/eB2AanXj
📄 Python Resume Ideas: https://lnkd.in/e_Fb7uNi

Brij sizlar uchun foydali boʻladi degan umidda. Post yoqqan boʻlsa like bosib qoʻyish esdan chiqmasin 🙂

👉👉 Brij kishore Pandey

👉 @python_backend_dev
👍8
😁😁 Biron anitod kelmadi, nimadir yozmoqchi edim 😂

👉 @python_backend_dev
🤣7
Shunchaki fikrlang va javobingizni izohda qoldiring faqat isboti bilan.

Kod editorlarda tekshirmay turib javob beringlarchi?

👉 @python_backend_dev
👍3🤯2
Type Casting in Python

Type Casting
- bu foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan operatsiyani bajarish uchun o'zgaruvchan ma'lumotlar turini ma'lum bir ma'lumot turiga aylantirish usuli.

Python turli xil funksiya va usullarni qo‘llab-quvvatlaydi,
masalan: int(), float(), str(), ord(), hex(), oct(), tuple(), set(), list(), dict() va hokazo.

Python-da Castingning ikki turi mavjud ekan:
Implicit Type Casting
Explicit Type Casting

Implicit Type Conversion
Bu usullarda Python ma'lumotlar turini avtomatik ravishda boshqa ma'lumotlar turiga o'zgartiradi. Bunda foydalanuvchi(dasturchi) ushbu jarayonga aloqasi bo'lmaydi.
Misol uchun:
Bunda python avtomatik a ni int tipiga o'zgartiradi.
a = 5
print(type(a))

Bunda esa python avtomatik b ni float tipiga o'zgartiradi va qolganlari ham shu tarizda amalga oshiriladi.
b = 8.0
print(type(b))


Bunda python avtomatik tarizda int float yig'indisini floatga o'zgartiradi, float son qatnashgani uchun.
c = a + b
print(c)
print(type(c))

Ko'paytmada ham xuddi yuqoridagi kabi bo'ladi.
d = a * b
print(d)
print(type(d))

Explicit Type Casting
Ushbu usulda Python talab qilinadigan operatsiyani bajarish uchun
o'zgaruvchan ma'lumotlar turini ma'lum ma'lumotlar turiga aylantirish uchun foydalanuvchi(dasturchi) ishtirokini talab qiladi.

Asosan turdagi casting ma'lumotlar turi funktsiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin:
int(): int() funktsiyasi float yoki stringni argument sifatida qabul qiladi va int tipidagi obyektni qaytaradi.
float(): float() funksiyasi int yoki stringni argument sifatida qabul qiladi va float tipidagi obyektni qaytaradi.
str(): str() funktsiyasi float yoki int ni argument sifatida qabul qiladi va string tipidagi ob'ektni qaytaradi.

Eslatma: Bu yerda int va float stringni argument qilib oladi deyilganda u matn emas string holatdagi sonlarni nazarda tutyapti.

Xo'p endi casting turiga misol keltirib o'tamiz:
intdan floatga
a = 5
n = float(a)
print(n)
print(type(n))

strdan intga
a = "5"
n = int(a)
print(n)
print(type(n))

strdan floatga
a = "5.9"
n = float(a)
print(n)
print(type(n))

Post yoqqan boʻlsa sizlardan like kutib qolamiz 🫡

👉 @python_backend_dev
👍6🔥2
Juda ham ajoyib masala, fikrlashga majbur qiladigan desa ham boʻladi 😊

Javobingizni izohda qoldiring👇

👉 @python_backend_dev
👍8
😁😁

👉 @python_backend_dev
😁4
Plyer moduli

Desktop Notifier
(Ish stoli xabarnomasi) - bu ish stolida xabar ko'rinishida qalqib chiquvchi bildirishnoma xabarini ishlab chiqaradigan oddiy dastur. Shu maqsadda Plyer modulidan foydalanamiz. Ushbu modul vaqt ob'ekti bilan ishlaydi.

O'rnatish: pip install plyer

Kompyuterda ishlayotganizda qo'l kelarkan, har yarim soatda tanaffus olish uchun 👨‍💻

👉 @python_backend_dev
👍4
Assalomu alaykum!
Hurmatli kanalim a'zolari!

Mana bugun deyarli 1 yildan beri yozayotgan, PHP, MySQL,Yii videodarsimizni taqdimoti bo'lib o'tdi. Maqsadim, ushbu kurs orqali jamiyatimizga ozgina bo'lsa ham manfaat yetkazishdir. O'rganganlarimni orqalab olib ketmaymiz, keyingilarga qoldirishdir. Ushbu kurs orqali o'rganib, o'z yo'llarini topib ketishiga ko'maklashishdir. Men 11 yillik tajribamni ishga solib, foydali, sifatli darslar qilishga harakat qildim. Darslarni yozish oson bo'lmadi.

Sizlardan iltimosim shuki, bu kursimdan ko'pchilik xabar topishiga ko'maklashishingizni so'ramoqchiman. Yordamingizni ayamang. Rahmat.

Kursni xarid qilgan o'quvchilar 16-apreldan o'qishni boshlashlari mumkin bo'ladi

Chegirma narx: 1,800,000 (ushbu narx 30-aprel, 23:59 gacha amal qiladi. Undan so'ng, kurs narxi 2,000,000 ga o'zgaradi)

👉 Kursga ro'yxatdan o'tish
👍3
Biroz kulgili tuyuladi aa 😁
Xafa bo'lmaymiz, Seniorlar ham Junior bo'lishganku to'g'rimi? 🙂

👉 @python_backend_dev
😁4👍1🤣1
Defaultdict

Defaultdict
- bu dictionaryga o'xshash ob'ektni qaytaradigan dictionary classning sub-classidir. Dictionaries va defaultdict funksiyalari deyarli bir xil, faqat, defaultdict hech qachon KeyError xatoligini ko'tarmaydi. U Not Present(mavjud emas) qiymatini key uchun default qiymat sifatida beradi.
Quyidagi misolni koʻrib oʻtamiz:

def def_value():
return "Not Present"

d = defaultdict(def_value)
d["a"] = 1
d["b"] = 2

print(d["a"])
print(d["b"])
print(d["c"])

👉 @python_backend_dev
👍2
Deque

Deque
- Asosiy ma'lumotlar strukturasining har ikki uchidan elementlar ustida append va pop operatsiyasini tez va xotirada samarali usullarini ta'minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
List bilan deyarli bir xil ishlaydi faqat bazi metodlariga qo'shimcha qo'shilgan (masalan: popleft, appendleft va hokazo) va tezlik jihatdan samaraliroq ishlaydi.

Koʻproq tanishib chiqing: RealPython

👉 @python_backend_dev
👍3
Forwarded from Fulfil Education
Backend bo'yicha bepul onlayn ochiq darsimizga ro'yxatdan o'ting

Backend dasturlashni JavaScript, NodeJS orqali tajribali ustozdan noldan mutaxassisgacha o'rganing.

— JavaScript, NodeJS Backend kursimiz haftada 3 marta 2 soatdan onlayn Zoom platformasida 5 oy davomida olib boriladi.

— Kursda Javascript, NPM, NodeJS, ExpressJS, EJS, NestJS, TypeScript, MongoDB, PostgreSql, Socket.io, Telegram-bot , GraphQl o'rgatiladi. Kurs davomida haqiqiy amaliyot va portfolioga ega bo'lasiz.

👉 Agar ushbu backend kursimiz siz uchun qiziq bo'lsa, 14-aprel juma soat 17:00'da bo'lib o'tadigan onlayn 1-darsimizga BEPUL ro'yxatdan o'ting!

🎁 Ochiq darsga ro'yxatdan o'tganlarga sovg'a tariqasida JavaScript asoslari video darsi tekinga taqdim qilinadi, siz ham shoshiling

🌐 BEPUL 1-darsimizga ro'yxatdan o'tish
👍1
Fulfil Education
Backend bo'yicha bepul onlayn ochiq darsimizga ro'yxatdan o'ting — Backend dasturlashni JavaScript, NodeJS orqali tajribali ustozdan noldan mutaxassisgacha o'rganing. — JavaScript, NodeJS Backend kursimiz haftada 3 marta 2 soatdan onlayn Zoom platformasida…
Assalomu alaykum barchaga shunchaki ochiq darsga qatnashganiz uchun Javascript asoslari darslari tekinga berilarkan. Bu imkoniyatdan quruq qolmanglar deb buni sizlar uchun ulashdim 🫡
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kod yozishdagi Junior va Seniorning farqi 😊
Palindrommi yoki palindrom emasligini aniqlash.
Palindrom - ikki tarafdan ham bir xil oʻqiladigan sonlar va matnlarga aytiladi.

👉 @python_backend_dev
👍3💯2
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi sifatida o’sishning eng yaxshi usuli

Bu judda ham oddiy. Qilayotgan ishingizni to’g’ri tanlash kerak. Juda qiyin ish tanlab qo’ysangiz ham, juda oson ish tanlab qo’ysangiz ham ma’lum bir muammolarga duch kelasiz.

Agar qilmoqchi bo’lgan ishingiz juda oson bo’lsa sizda o’sish bo’lmaydi. Chunki bu ishni siz ortiqcha qiyinchiliklarsiz bitira olasiz. Agar juda qiyin bo’lsa esa sizda qiziqish yo’qolib qolish ehtimoli katta bo’ladi. Juda ham qiynalib ketganingizdan bu ishni tashlab qo’yishingiz mumkin.

Shuning uchun ham o’zingizning darajangizdan sal balandroq bo’lgan ish tanlash kerak. Masalan sizning darjangizni “x” deb olsak, qilishingiz kerak bo’lgan ish “x+1” yoki “x+2” darajasida bo’lishi kerak, “x+10” yoki “x-5” emas. Natijada siz o’zingiz qiziqib, izlanib, bilmagan joyingizni o’rganib bu ishni ohirigacha yetkazasiz va sizda progress bo’ladi.

Seniorlar ham mana shu mantiq bilan o’zining jamoasidagi junior yoki middlelarga vazifalar tanlab berishlari kerak. Aynan seniorlar va menejerlar sabab dasturchilar ishdan ketgan holatlar juda ko’p kuzatiladi. “Ha?” desangiz “qiladigan ishlarim yoqmasdi” degan javobni olasiz.

Work smart.

@jakhonrakhmonov
👍3