Python Dev
79 subscribers
236 photos
19 videos
3 files
101 links
Maqsad: Kanalga Python dasturlash tiliga oid faydali ma'lumotlar joylanib boriladi. Barchasi faqat sizlar uchun 💪🏻

Muhokama guruhimiz: @python_dev_chat
Murojaat: @uzaytijobs_admin
Download Telegram
Forwarded from Davronbek | SWE 🪐 (🪐)
#tavsiya

- Bazida toshkentda o'ziz izlagan texnalogiyaga oid kitoblarni sifatliroq varyantini topish qiyin bo'ladi. 🤔

- Bu kitoblarni PDF varyantlari ham bor lekin man kabi "old school"lar uchun kitob varyanti o'zgacha bo'lsa kerak 😉

Dante.uz - dan bazi kitoblarni topshingiz mumkin (tekin reklama) 👌

p.s)Katta hajmdagi kitoblarning razmeriga etibor bering! 🚫 (siz qayerdan xarid qilasiz bu kabi kitoblarni? ⬇️)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🤝1
To'lov tizimlari uchun integratsiya. Payme, Click va boshqa turdagi tizimlarga qanday ulaniladi?

https://diary.manu.uz/blog/tolov-tizimlari-uchun-integratsiya-payme-click-va-boshqa-turdagi-tizimlarga-qanday-ulaniladi.htm

@yetimdasturchi
👍4
🌙Barchangizga bugungi Qurbon Hayiti bayrami muborak bo’lsin!

👉 @python_backend_dev
👍3
Python Dev pinned «https://youtu.be/dfAVRQuSu6E Assalomu alaykum barchaga kechroq bo'lsada darslarni telegram kanalga tashlashga qaror qildim chunki bunga sabab menga berilgan ishonch bo‘ldi. Keyingi darslarimiz ham tez orada chiqishni boshlaydi rahmat barchaga. #video»
Eng yaxshi kod — hali yozilmagan kod.

©Chopildi 😁

👉 @python_backend_dev
😁3
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Tasavvur qiling, siz 10 yoshli bolachasiz. 

Sizning eng yaqin do‘stingiz ko‘chaning narigi tarafida yashaydi. Har tunda ota-onangiz sizni uxlagani xonangizga yuborgandan so‘ng, siz do‘stingiz bilan gaplashishni, fikr almashishni, g‘iybat qilishni xohlaysiz. Buni qanday uddalash mumkin? Telefon yo‘q, wi-fi o‘chirilgan. Lekin siz va do‘stingizda fonarcha bor. Fonarcha bilan gaplashsa bo‘ladimi?

Ikkalangiz ham yozishni, ham o‘qishni bilasizlar. Demak, fonarcha yordamida harflarni oynaga chizsangiz bo‘ladi. “O“ harfini yozish uchun fonarchani yoqib oynaga doira shaklini chizasiz. “I” harfi uchun esa vertikal chiziq chizasiz. Bu ishlaydigan usul, lekin juda ham sekin.

Keyin yaqinda ko‘rgan filmingiz esingizga tushadi. U filmda bir nechta dengizda suzayotganlar bir-birlaridan uzoq masofada turib fonarlarini miltillatib signallar yuborishgan va muloqot qilishgan edi. Balki shu yechim bo‘lar?

Shunday qilib, siz oddiy bir strategiya o‘ylab topasiz. Har bir harf qandaydir ketma-ketlikdagi fonar miltillashini (blinks) anglatadi. Masalan, “A” harfi bitta blink, B esa 2 ta, C esa 3 ta va hokazo. ”Bad” so‘zini jo‘natmoqchi bo‘lsangiz, 2 ta blink, 1 ta blink va 4 ta blink qilasiz. Albatta, kichik pauzalar bilan.

Bu yaxshi progress, lekin bu ham oson ish emas. “How are you?” deyish uchun 131 bir marta blink qilishingiz kerak. Lekin siz yaxshi yechimga yaqinlashib kelyapsiz. “Bunday muammoga yechim topilgan bo‘lishi aniq” degan fikr keladi sizga. Va siz mutlaqo haqsiz. Bir google qilsangiz “Morse code” degan ajoyib ixtiroga duch kelasiz. 

Uning ishlash prinsipi ham xuddi siz o‘ylab topgan usulga o‘xshab ketadi. Faqat Morse codeda 2 xil blink bor xolos - qisqa blink va kattaroq blink (“.” va “—“). Bu usul orqali “How are you?” deyish uchun 32 ta blink kifoya.

So‘zlarni hosil qilish uchun og‘zimiz bilan chiqaradigan tovushlar ham bir kod. Bu kod bizni eshita oladigan va bizning tilimizni tushunadiganlar uchun mo‘ljallangan koddir. Bu kodni biz “og‘zaki nutq” deb ataymiz.

Eshita olmaydiganlar uchun alohida kodlar mavjud - American Sign Language (ASL), LSQ va hokazolar.

O‘qiy oladiganlar uchun esa bizda boshqa turdagi kod mavjud - “yozma matn”.

Ko‘rlar uchun esa yana boshqa turdagi kod mavjud - Braille tizimi.

Muallif kodni yaratish uchun uni “encode” qiladi (ya’ni yozadi yoki gapiradi). Bu kodni tushunish uchun esa qolganlar bu kodni “decode” qiladi (ya’ni eshitadi, o‘qiydi). Ba’zida “transmission error”lar bo‘lishi mumkin. Masalan, matn yozilgan qog‘oz ustiga suv to‘kilsa.

Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, code sizga muloqot qilish imkoniyatini beradi. Bu muloqot odam bilan odam o‘rtasida, odamlar va kompyuterlar o‘rtasida yoki kompyuter va kompyuter o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin.

Manba: Code - The hidden language of computer hardware and software.

@jakhonrakhmonov
👍1
Forwarded from Botir Ziyatov
Sun'iy intellekt va Prompt Engineering boʻyicha bepul qoʻllanma (Prompt Engineering Guide)
promptingguide.ai

@botirziyatov
👍1
Sening djangoda ishlaydigan doʻsting 😎

Sizlar ham sinab koʻrganmisizlar?

Bu postni djangoda ishlaydigan doʻstingizga yuborib qoʻying 😁

Sayt egalariga hech qanday xusumatimiz yoʻq. Shunchaki kontent uchun olindi.

👉 @python_backend_dev
😁4
Yaxshi dam olaylik🤦🏻‍♂️😂
😁1
Nega dasturchi boʻlmoqchisiz?
Xoʻsh, keyinchi?
👍1
Forwarded from Engineering Notes
Bir tanishim hozir ko'rsatdi, ancha chuqur hazillar qilarkan.

https://github-roast.pages.dev

P.S. Natijalarni bo'lishing ))
👍1
Odoo frameworkni oʻrganilar !!!
👍2
Odoo Database:

Create an Odoo Database:

Tavsif: Odoo’da yangi ma'lumotlar bazasini yaratish jarayoni juda oddiy. Dastur ochilgandan so'ng, siz yangi bazani yaratish uchun ma'lum bir nom va boshqa asosiy parametrlarni kiritishingiz kerak. Bu jarayon yangi kompaniya yoki loyiha uchun toza boshlanish nuqtasini taqdim etadi.
Foydalari: Yangi ma'lumotlar bazasi yaratilganda, barcha modullar va funksiyalar o'z holida boshlanadi, bu esa ma'lumotlarni to'g'ri va samarali boshqarish imkonini beradi.

2. Odoo Tizimida Harakatlanish:

Navigate in Odoo:

Tavsif: Odoo interfeysi modullar va menyular orqali intuitiv ravishda ishlaydi. Odoo’ning boshqaruv paneli va navigatsiya paneli yordamida siz muhim funksiyalar va modullarga tezda kirishingiz mumkin. Asosiy menyu orqali modullarni ochish va ulardagi imkoniyatlardan foydalanish o'rganiladi.
Foydalari: Tizimda samarali navigatsiya orqali vaqtni tejash va ma'lumotlarga tezda kirish mumkin. Bu, o'z navbatida, ish samaradorligini oshiradi.

3. Odoo Modullari:

Odoo Calendar:

Tavsif: Odoo’ning taqvim moduli yordamida siz muhim sanalar, uchrashuvlar va tadbirlarni rejalashtirishingiz mumkin. Taqvimda vazifalar va uchrashuvlarni belgilab, avtomatik eslatmalar va bildirishnomalar o'rnatishingiz mumkin.
Foydalari: Taqvim orqali samarali vaqt boshqaruvi va muhim tadbirlarni yodda saqlash imkoniyatlari mavjud.

Schedule Activities:

Tavsif: Faoliyatlarni rejalashtirish moduli orqali siz muhim ishlarni yoki uchrashuvlarni belgilang. Aktivliklarni rejalashtirish, xodimlar o'rtasida taqsimlash va bajarilishi kerak bo'lgan vazifalarni nazorat qilish mumkin.
Foydalari: Tashkilot ichida vazifalarni to'g'ri taqsimlash va bajarilishini kuzatish orqali samaradorlikni oshirish.

Contacts:

Tavsif: Kontaktlar moduli yordamida mijozlar, ta'minotchilar, va boshqa muhim shaxslarning ma'lumotlarini boshqarish mumkin. Kontaktlarni qo'shish, tahrirlash va ma'lumotlarni to'plash jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Foydalari: Mijozlar bilan bog'lanish va ular bilan samarali aloqalar o'rnatish imkonini beradi.

Exporting and Importing Data:

Tavsif: Ma'lumotlarni eksport qilish va import qilish imkoniyatlari orqali siz ma'lumotlarni boshqa tizimlardan Odoo tizimiga yoki aksincha o'tkazishingiz mumkin. CSV yoki Excel formatlarida ma'lumotlarni import qilish va eksport qilish mumkin.
Foydalari: Ma'lumotlarni osonlik bilan ko'chirish va tizimlar orasida moslashuvchanlikni ta'minlaydi.

Chatter Basics:

Tavsif: Odoo’ning Chatter funksiyasi orqali foydalanuvchilar o'rtasida muhokama qilish, sharhlar qoldirish va hujjatlar bilan ishlash mumkin. Chatter yordamida loyiha yoki vazifalar bo'yicha izohlar va fikrlar almashish imkoniyatlari mavjud.
Foydalari: Jamoa ichidagi muloqotni yaxshilash va ma'lumotlarni to'liq va aniq saqlash imkonini beradi.

4. Odoo Discuss:

Odoo Discuss: Direct Messages & Voice/Video Calls:

Tavsif: Odoo Discuss bo'limi orqali siz bevosita xabarlar yuborishingiz, ovozli va videoli qo'ng'iroqlar qilishingiz mumkin. Bu, jamoa a'zolari o'rtasida tezkor muloqotni ta'minlaydi.
Foydalari: Tezkor aloqa o'rnatish va jamoaviy ishlarni samarali tashkil etish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Odoo Discuss: Channels:

Tavsif: Odoo Discuss orqali turli kanallar yaratish va boshqarish mumkin. Kanallar orqali guruh bo'lib muhokama qilish va ma'lumotlarni bir joyda saqlash imkoniyatlari mavjud.
Foydalari: Jamoa a'zolari o'rtasida tartibli va samarali muloqot o'rnatish imkoniyatlarini beradi.

Odoo Discuss: WhatsApp Basics:

Tavsif: Odoo Discuss bo'limida WhatsApp integratsiyasining asosiy imkoniyatlari va sozlamalari haqida ma'lumot berilgan. WhatsApp orqali Odoo bilan muloqot qilish usullari o'rganilgan.
Foydalari: WhatsApp orqali jamoa a'zolari bilan tezkor va qulay aloqani ta'minlash imkoniyatini yaratadi.

👉 @python_backend_dev
👍3
Yangi 2025-yil bilan 🥳
👍3
Forwarded from Botir Ziyatov
DigitalOcean’dan 10 ta bepul VPS olish – 60 kunga

DigitalOcean — AQShda joylashgan, arzon va qulay bulutli server xizmatlarini taklif qiladigan kompaniya.
Agar siz ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz, 200 dollar bepul balans olasiz.

Bu balansni VPS serverlar va boshqa xizmatlar sotib olishga ishlatishingiz mumkin.
Bepul balans 60 kun davomida amal qiladi.

E’tibor berishingiz kerak bo‘lgan narsa:
- Karta bog‘lash: Kartani bog‘laganingizda, hisobingizdan 1 dollar vaqtinchalik olinadi, keyin esa qaytariladi.

@botirziyatov
Forwarded from Davronbek | SWE 🪐
Python package yaratish va PyPI-ga yuklash bo'yicha qo'llanma 🐍

p.s) O'zbek tilida kichik qo'llanmacha. (version: 0.0.1) 🪓

- Post'ni o'qish 👈
👍1🔥1