Python Dev
79 subscribers
236 photos
19 videos
3 files
101 links
Maqsad: Kanalga Python dasturlash tiliga oid faydali ma'lumotlar joylanib boriladi. Barchasi faqat sizlar uchun 💪🏻

Muhokama guruhimiz: @python_dev_chat
Murojaat: @uzaytijobs_admin
Download Telegram
OpenPyXL - Excel fayllarini oʻqish va yozish uchun Python kutubxonasi.
Kutubxonani oʻrnatish: pip install openpyxl

OpenPyXL-ni batafsil ko'rib chiqish ➡️ Manba

#python #openpyxl

👉 @python_backend_dev
Siz qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?
Uyda turib ishlashmi 👨‍💻 yoki Office-da jamoa bilan birga ishlarmidingiz?
Masalan men office-da ishlashni afzal ko'raman chunki u yerda bir jamoa bo'lib birga harakat qilasiz, fikrlar almashasiz ya'ni har taraflama o'sish bo'ladi. Albatta bu meni shaxsiy fikrim 😊

Sizchi? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring 👇

👉 @python_backend_dev
👍71
Assalomu alaykum yaxshimisizlar, to'g'ri bu mavzu har joyda gapiraverilib suyqasi chiqib ketti lekin bari bir ozroq o'z fikrimni yozgim keldi. Yaxshi dasturchi bo'lishim kerak hammadan zo'r bo'lishim kerak deysizu ammo nega qattiq harakat qilmaysiz bo'larda deb vaqtingizni keraksiz videolar ko'rish yoki boshqa foydasiz ishlar bilan o'tkazaverasiz. 😐

Yaxshi dasturchi bo'lish bu (olmani daraxtdan uzib yeyishday😊) oson ish emas. Har kuni doimiy o'rganishda bo'ling chunki ma'lumotlar kundan kunga yangilanib borilmoqda, bir texnologiya yangi versiyaga yangilanadi yoki o'rniga boshqa bir yangi texnologiya chiqishi mumkin.

Bir sohani tanladingizmi usha sohaga oid kerakli texnologiyalarni yaxshi bilishingiz va undan tashqari boshqa qismida ishlaydigan texnologiyalardan ham xabardor bo'lishingiz, hech bo'lmaganda nimaligini bilib qo'yishingiz zarur. Masalan siz Frontend dasturchisiz ammo Backend-dan ham xabaringiz bo'lishi kerak. Keyin bo'sh vaqt topib albatta dasturchilar orasida bo'ladigan suhbatlarni ko'rib turing.👀

Va yana bitta gap biron sohani oʻrganiyapsizmi albatta yoningizda Ustozingiz boʻlsin ( chumchuq soʻysa ham qassob soʻysin deydiyu 😁).

Xullas gapiraversak gap koʻp (aqillilik qilma deydiyu 😁), dasturchi bo'lmoqchimisiz QATTIQ HARAKAT QILING va KOʻPROQ OʻQING tamom.

Fikrlar boʻlsa izohlarda qoldiring👇

👉 @python_backend_dev
👏4
https://www.coursera.org/articles/back-end-developer

Aynan endi dasturlashning qaysi sohasini tanlasam deb yurganlar va Asosiysi Backend dasturchilarga foydali boʻlgan maqola ekan. Oʻqib chiqing albatta foydasi tegadi.

Ha bu maqola ingliz tilida lekin siz ingliz tilini bilmasangiz google translate bor bu yogʻi muammo boʻlmasa kerak.
👍5
Python-da polimorfizm-ning bir ko'rinishi. Rasmda ko'rsatilganday agarda birorta class get_result() metodiga ega bo'lmasa Error class-ning get_result() metodi ishga tushadi.

#python #polimorfizm

👉 @python_backend_dev
https://github.com/eraliabd/Masalalar/blob/main/post_example.py

Assalomu alaykum yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman, agarda kanalga joylanib borilayotgan postlarning kodlari kerak boʻlsa github manzilimga yuklab boryapman.

Bemalol kodlarni olib foydalansangiz boʻladi.

👉 @python_backend_dev
👍2
Tushungan tushundi 😁😂

👉 @python_backend_dev
😁5👍1
😁😁 ha bu haqiqat. Izohsiz 😊

👉 @python_backend_dev
👍3😁3
#Tabrik

2022-yilning oxirgi qish fasli kirib kelgani bilan barchani tabriklayman.
Kelgusi yangi yilda barcha juniorlar ishli bo'lishini tilab qolaman.
Yuksalishda to'xtamang doim olg'a yuring. Xurmat bilan men🫡

👉 @python_backend_dev
👏7👍2
if, elif, else - operatorlaring qo'llanilishi, bugungi kunga atab hazilatomus qilib chiqdim.

#python #if #elif #else

👉 @python_backend_dev
👏5😁2👍1
Python-da break operatorining ishlatilishi.
break o'zi mavjud bo'lgan tsiklni tugatish uchun ishlatiladi. Yaʼni tsikldan toʻliq chiqib undan keyingi kod bajariladi.

#python #break

👉 @python_backend_dev
👍6
Python-da continue va pass operatorlarining ishlatilishi.

continue operatori break kabi ishlaydi faqat undan farqi bu takrorlanishni davom ettiradi. Misolda aniqroq tushunish mumkin.

pass esa ko'proq funksiya va class-larda ishlatiladi. Chunki sizning funksiyangiz hech narsa bajarmasligini hohlsangiz pass-dan foydalansangiz bo'ladi.

#python #continue #pass

👉 @python_backend_dev
👏3
Python-da uchta sondan kattasini topish dasturi. Bularning ikki xil usulini ko'rib oʻtamiz.
Qaysi usul sizga qulayroq. Qaysi usulda vaqtdan yutish mumkin sizningcha ya'ni kamroq vaqt sarflash mumkin.

Men bu muammoni yechishda qaysi usulga koʻproq vaqt ketishini test qilib koʻrdim.
Siz ham test qilib koʻringchi qaysi usulga koʻproq vaqt ketarkan.

👉 @python_backend_dev
👍4
Issiq ish joyi 🥶

Ota-onamning bizni o’qitishlaridan asosiy maqsadligi, biz issiq so’vuqda ularga o’xshab qiynalib yurmasligimiz bo’lgan. Men ham yoshligimdan, yaxshi kasbni egasi bo’lsang, qo’ling qadoq, terlamasdan pul topasan degan gapni eshitganman. Bu motivatsiyani natijasini hozirgidek sovuq kunlarda sezishni, eslashni boshlayman. Alhamdulillah, qalbda hotirjamlik bilan, issiq xonada, issiq choy ichib kod yozib o’tiribmiz. Bu birinchidan Allohni marhamati, keyin ota-onamiz va oxiri bizning mehnatimiz mahsuli. Hozirgi holatimiz uchun Allohga shukur, ota onamizga rahmat aytshimiz kerak.

Ishi ko’chada, ochiq havoda, sovuq bo’lsa ham, tunni tonga ulab, dalada yoki qurilishda halol mehnat qilayotganlar qancha. Albatta jamiyat uchun har bir kasb egasini o’rni bor, ularni ishini qadrini pasaytirmoqchi emasman. Lekin, hozir o’qiyotgan kitobimiz, olayotgan bilimimiz, qilayotgan mehnatimiz, ertaga albatta o’zini mevasini beradi, halol yo’l va jismoniy mehnatsiz rizqimizni topamiz.

Shuning uchun ham, Mirshakar aka aytganiga o’xshab, “men bu pechkani yoqaman” deb harakat qilish kerak.

@khumoyun_codes
👍1👏1
Python-da statistics moduli.

Bu modul orqali raqamli ma'lumotlarning matematik statistikasini hisoblash uchun foydalanishingiz mumkin.

mean() - funksiyasi o'z argumentlarida uzatilgan ma'lumotlarning o'rtacha qiymatini qaytaradi. Agar berilgan argument bo'sh bo'lsa, StatisticsError xatoligi ko'tariladi.

#python #statistics

👉 @python_backend_dev
👍2👏1
⚡️Telegramda endi SIM-kartasiz ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Fragment platformasida NFT toifasidagi anonim raqamlar savdosi boshlandi.

Anonim raqamni eng arzon narxi
9 TON (~ 175 000 so‘m) turadi.

Arzon raqamlar tasodifiy tarzda beriladi.

Sotib oladiganlar bormi atigi 175 ming soʻm ekan 😊

👉 @python_backend_dev
👍2👏2😁2👎1
Pythonda dasturlash asoslari - bu kitobni olganimga ham bir yildan oshibdi. Kitobni oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.
Oʻshanda video darslarni toʻliq tugatib, kitobni sotib olgandim lekin toʻliq oʻqib chiqmaganman (oʻqiganman, faqat bir boshidan tartib bilan emas, qiyin mavzularni takrorlash uchun "oralab" oʻqiganman). Negaki "men pythonni toʻliq oʻrganib boʻldim 😎" deb oʻylaganman 🤦‍♂ammo bu fikr xato boʻlgan 😟.
Kursda oʻqiyapsizmi sizga Ustoz toʻliq oʻrgatmaydi, oʻzingizda bor boʻshliqlarni topib toʻldirib borishingiz kerak boʻladi. Mustaqil oʻrganiyotganlarga esa sabr tilayman 😐

Bu hikoya uzoq davom etishi mumkin edi 🙂
Sizlarda ham shu kitob bormi, izohlarda qoldiring 👇

👉 @python_backend_dev
👍7