Python Dev
79 subscribers
236 photos
19 videos
3 files
101 links
Maqsad: Kanalga Python dasturlash tiliga oid faydali ma'lumotlar joylanib boriladi. Barchasi faqat sizlar uchun 💪🏻

Muhokama guruhimiz: @python_dev_chat
Murojaat: @uzaytijobs_admin
Download Telegram
Pythonda schedule kutubxonasi

Bu sizga Python funktsiyalarini ma'lum vaqt oralig'ida yoki ma'lum vaqtlarda ishlashini rejalashtirishni taminlab beradi.

"Schedule" kutubxonasi python dasturlaringizda takrorlanadigan vazifalarni avtomatlashtirishning oddiy va yengil usulini taqdim etadi. Ya'ni funktsiyalarni har daqiqada yoki har soatda yoki har kuni ertalab 9:00 kabi ma'lum vaqtlarda ishlashini rejalashtirish imkonini beradi.

Bir nechta misol keltirilgan agarda qo'shimcha o'rganmoqchi bo'lsangiz, Manba

👉 @python_backend_dev
👍3🔥1
😁 shunaqami programmistlar

👉 @python_backend_dev
😁7👍2
https://www.youtube.com/watch?v=y3sYA5Wpd_0

Notion ChatGPT kabi ishlashini bilarmidingiz? Agarda ChatGPTdan roʻyxatdan oʻta olmaganlar boʻlsa bu ham yomon emas. Ishlatishga ancha qulay.

Video yoqsa 👍 bosib qoʻyinglar 😊
Videoni qisqa qilib ola qoldim 😊
👍9
#kepqoldi

- Chang ko'chalar, chang - chang ko'chalar,
- Kimga kerak juniorbachchalar?

- Ish qidirar tun - u kechalar,
- Otkaz oladur necha - nechalar.
- Ko'p qiynamanglar, "katta" akalar
- Yig'lab keladur, junior bachalar

- Ehhh chang ko'chalar...
- Chang - chang ko'chalar...
😁12
Chiroyli masala ekan ulashgim keldi 😊

👉 @python_backend_dev
👍13
Tanishmi bu holat 😁

👉 @python_backend_dev
😁8
Pythonda get() metodi.

Bu metod dict-dan har qanday belgilangan kalitning qiymatini olish uchun ishlatiladi. Agarda kalit dict-da mavjud bo'lsa, kalitning qiymatini aks holda None qaytaradi.

Sintaksisi: Dict.get(key, default=None)

👉 @python_backend_dev
👍4
Data Science sohasini oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun ajoyib yoʻl xaritasi

👉 @python_backend_dev
👍11
Forwarded from Azim Pulat
JPRQ 2.0 - endi tezroq va xavfsiz.

Hakatonda yutish uchun eng muhim faktor - tezlik. JPRQ bilan endi loyihalaringizni bir qator kod bilan onlayn qilishingiz mumkin.

Backend va frontendni oson ulay olish imkoniyati beradi. Alexa/GoogleHome/Discord uchun dasturlar yaratishni osonlashtiradi.

Rasperry Pi kompyuteringizga masofadan SSH qilish uchun ham JPRQdan foydalanishingiz mumkin.

Xullas, imkoniyatlari faqat tasavvuringiz bilan chegaralangan.

🔗 jprq.io
🔗 github.com/azimjohn/jprq
👍7🔥1
Python OOP Inkapsulyatsiya tamoyili

Inkapsulyatsiya ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashning asosiy xususiyatlaridan biridir. Inkapsulyatsiya bitta sinf ichidagi atributlar va usullarning to'plamini anglatadi. Bu tashqi sinflarga sinfning atributlari va usullariga kirish va o'zgartirishni oldini oladi. Bu shuningdek, ma'lumotlarni yashirishga yordam beradi.

Qanday javob chiqishi mumkin? Izohda javobingizni qoldiring.

👉 @python_backend_dev
👍5
Git kamandalari qanday ishlaydi.

#git

👉 @python_backend_dev
👍6🔥2
Pythonda boltons kutubxonasi

O'rnatish: pip install boltons

Yuqoridagi misollarda satrni tinish belgilariga qanday qilib osongina ajratishingiz, HTML dan matn chiqarib olishingiz va satrdagi hashtaglarni topishingiz mumkin.

Bu misolda kichik bir qismi koʻrsatildi xolos, koʻproq tanishmoqchi boʻlsangiz marhamat ➡️ Manba

👉 @python_backend_dev
👍2
JavaScript Object Notation (JSON) - bu tarmoq orqali yuborilishi mumkin bo'lgan matn sifatida ma'lumotlarni uzatish uchun keng tarqalgan standartlashtirilgan format.
U ko'plab API va ma'lumotlar bazalari tomonidan qoʻllaniladi.

JSON xuddi Python lug'ati(dict) kabi ob'ektlarni key/value juftligi sifatida ifodalaydi.

Seriyalashtirish - bu ma'lumotlarni JSON formatiga kodlash jarayoni (masalan, Python ro'yxatini JSONga aylantirish).

Deserializatsiya - bu JSON ma'lumotlarini siz ishlashingiz mumkin bo'lgan mahalliy ob'ektlarga dekodlash jarayoni (masalan, JSON ma'lumotlarini Python ro'yxatida o'qish).

Yuqoridagi misolda Deserializatsiya koʻrsatib oʻtilgan.

👉 @python_backend_dev
👍4
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlash bo’sh vaqtda o’rganadigan mashg’ulot emas, unga vaqt ajratib o’qish kerak!

👨🏻‍🏫 @naxalov
👍6
Pythonda dokorator funksiya yaratish.

Dekoratorlar - bu funktsiya manba kodini o'zgartirmasdan uning funksionalligini oshirish yoki yaxshilash metodi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak dekorator o'ziga funksiya qabul qiladi va ikkinchi funksiyaning ishini o'zgartirmasdan uni kengaytirish funksiyasidir. Dekorator sintaksisi @decorator_name yordamida funksiyalarga qo'llaniladi.

Yuqoridagi misolda dekorator funksiyani vazifasi kelayotgan argumentlarning butun son ekanligini tekshirish bo'lyapti. Bu muammoni bitta funksiya bilan ham hal etsa bo'ladi deb o'ylashingiz mumkin albatta lekin kattaroq loyihalar yoki dasturlarda bir nechta funksiya ichida bir xil vazifani bajaruvchi amallar uchrab qolishi mumkin, ana shu paytda dekoratorlardan foydalanish ancha qulay bo'lib qoladi.

Agarda sizlarga ulashib borayotgan postlarimni foydasi tegayotgan boʻlsa, bundan xursandman 😊

👉 @python_backend_dev
👍4
🌸 Assalomu alaykum, barcha onajonlarimiz va opa-singillarimizni bugungi bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz. Doimo bizni baxtimizga sogʻ omon boʻling, yuzingizdan tabassum hech ham arimasin yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin 👏👏

👉 @python_backend_dev
👍4🥰2
Bu turmush qurganlar uchun !! (portugal tilida yozilgan)

ChatGPT haqida hazilatomus(hazilga oʻxshash) hazil 😁

👉 @python_backend_dev
😁6👍2
Forwarded from Web Dasturlash kanali
IT va dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib yangilik.

Endilikda "Ummat uchun" loyihamiz orqali dasturlash mutlaqo bepul o'rganishingiz mumkin.Xozirda bizda mavjud bepul kurslar.

Frontend yo'nalishi bo'yicha:
🔅 HTML / CSS / SaSS
🔅 Bootstrap / Tailwind Css
🔅 Git / GitHub
🔅 JavaScript
🔅 Vue js
🔅 Nuxt js
🔅 Vuex / Pinia
texnologiyalari o'rgatiladi.

.NET backend yo'nalishi bo'yicha
🔅 C#/.Net
🔅 C# Basic
🔅 C# OOP
🔅 C# da murakkab mavzular
🔅 Git/ GitHub
🔅 Algorithm ,Data Structures
🔅 Database
🔅 Rest API
🔅 MVC

Texnologiyalari bo'yicha dars beriladi.

PHP backend yo'nalishi bo'yicha:
🔆 PHP
🔆 Yii2
🔆 Telegram bot

Texnologiyalari o'rgatiladi.


Python Back-End bo'yicha:
🔅Python basic
🔅Python OOP
🔅Telegram bots
🔅PostgreSQL
🔅Django
🔅Django Rest Framework

Texnologiyalari o'rgatiladi.

Java backend yo'nalishi:
🔅Java Fundamentals
🔅OOP Concepts
🔅Exception Handling
🔅Packages
🔅Collections
🔅Multithreading
🔅JDBC

Mavzular o'tib beriladi.

Endilikda bizda Ingiliz tili darslari ham mavjud.

Shuningdek algoritm bo'yicha
🔅 Codewars
🔅 LeetCode
🔅 Robocontest

kabi platformalardan ham
masalalar ham ko'rib beriladi

Darslarimiz 12-martdan online formatda boshlanadi.

Ummat uchun - Insoniy va islomiy qadriyatlar doirasida birlashamiz!

👉@ummat_uchun_dasturlash
👍5
GraphQL

GraphQL - bu so'rovlar tili va dasturlash interfeyslari (API) uchun server tomonida ishlash vaqti bo'lib,
u mijozga asoslangan yondashuv hisoblanib, aynan ular so'ragan ma'lumotlarni qanday olish va formatni tanlashiga ustuvor ahamiyat beradi.
GraphQL API-larni tez, moslashuvchan va ishlab chiquvchilar uchun qulay qilish uchun mo'ljallangan.
GraphQL queries, mutations va subscriptions yordamida ma'lumotlarni boshqaradi.

Queries - Serverdan ma'lumotlarni so'rash uchun
Mutations - Server maʼlumotlarini oʻzgartirish uchun
Subscriptions - Maʼlumotlar yangilanganda jonli yangilanishlarni olish uchun.

GraphQL - bu API uchun so'rovlar tili va ma'lumotlaringiz uchun siz belgilagan turdagi tizim yordamida so'rovlarni bajarish uchun server tomonidagi ish vaqti. GraphQL hech qanday maxsus ma'lumotlar bazasi yoki saqlash mexanizmiga bog'lanmagan va buning o'rniga mavjud kodingiz va ma'lumotlaringiz tomonidan quvvatlanadi.

GitHub GraphQL-dan foydalanadigan eng yirik kompaniyalardan biridir.
U 2016-yilda REST-dan GraphQL-ga o'tdi va bu GitHub-ga tez o'sishida sezilarli yordam berdi.

GraphQL-ning afzalliklari

- Bu juda moslashuvchan va mijozga kerakli narsani aniq etkazib beradi.
- Undan ma'lumot so'ralganda haddan tashqari ko'p ham va kam ham olmaysiz.
- U JavaScript, Java, Python, Ruby va PHP kabi taniqli tillar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
- Bu ma'lumotlar strukturasini sozlash imkonini beradi.
- Bitta so'rovda bir nechta manbalardan maydonlar bo'lishi mumkin.

GraphQL-ni qachon tanlash kerak

GraphQL yordamida haddan tashqari yuklanishni bartaraf etishingiz
va dastur ish faoliyatini oshirish uchun kerakli maʼlumotlarni faqat maʼlum formatlarda olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, GraphQL bir nechta manbalardan ma'lumotlarni jamlash kerak bo'lgan holatlar uchun juda mos keladi.

Nega GraphQL toʻxtaldim, chunki koʻp vakansiyalarda aynan shu texnologiyani koʻryapman. Shu sababli bir nechta maqolalarni oʻqib chiqishga toʻgʻri keldi va sizlarga ulashdim. Foydali boʻlgan boʻlsa like bosib qoʻllab qoʻyamiz.

Manbalar: medium.com | GraphQL.org

👉 @python_backend_dev
👍411🔥1