Python Dev
79 subscribers
236 photos
19 videos
3 files
101 links
Maqsad: Kanalga Python dasturlash tiliga oid faydali ma'lumotlar joylanib boriladi. Barchasi faqat sizlar uchun ๐Ÿ’ช๐Ÿป

Muhokama guruhimiz: @python_dev_chat
Murojaat: @uzaytijobs_admin
Download Telegram
Django projectni yaratish uchun siz quyidagi amallarni ketma-ket bajarishingiz kerak bo'ladi.

1. Virtual muhit yarating:
python -m venv myenv

2. Virtual muhitni faollashtirish:
Linux -> source myenv/bin/activate | Windows -> cd myenv/Scripts/activate

3. Django-ni o'rnating:
pip install django

4. Django projectni yarating:
django-admin startproject myproject

5. Django app yarating:
python manage.py startapp myapp

6. models.py fayliga o'z modellarinigizni yozing.

7. Migratsiyani ishga tushirish: Migratsiya modellar orqali bazada jadvallar yaratish uchun xizmar qiladi.
python manage.py makemigrations
python manage.py migrate

8. Views yaratish. views kiruvchi HTTP so'rovlariga mos javob qaytaruvchi mantiq(logic) qismidir.

9. app ichida urls.py fayl yarating va url manzillarni to'g'rilab oling.

10. Serverni ishga tushiring:
python manage.py runserver

11. Loyihangiz ishlashini koสปrish uchun quyidagi manzilga kiring:
https://localhost:8000

Bu qadamlar Django projectni qurishning asosiy bosqichlari. Bulardan tashqari masalan murakkablikni oshirishingiz
va bir nechta applar yaratishingiz, ularga mos modellar va url manzillar qo'shishingiz mumkin.
Django standart Sqlitedan foydalanadi, siz esa boshqa masalan PostgreSQL yoki MySQL ma'lumotlar bazasidan foydalansangiz ham bo'ladi.

Qo'shimcha fikrlar bo'lsa izohlar sizni kutib turibdi ๐Ÿ™‚

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘8
Qachonki sen docker-compose up ni ishga tushirganingda ๐Ÿ˜

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘4
strip() metodi - satrning boshidagi va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlash uchun ishlatiladi.

Bunga qoสปshimcha rstrip() va lstrip() metodlari ham mavjud, bular satrning o'ng va chap tomondagi bo'shliqlarni olib tashlash uchun xizmat qiladi.

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ”ฅ3
Python bilan shunaqangi shakllar yasashni biladiganlar ๐Ÿ‘ bosilar va izohlarda boshqacha shakllarni kutib qolaman ๐Ÿ™‚

Python kodi:
print(" ~\n - -\n (0 0)\n / V \\\n/( _ )\\\n ^^ ^^")

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘9
Django: Slug

Slug - bu biror narsaning qisqacha yorlig'i bo'lib, unda faqat harflar, raqamlar, pastki chiziq(_) yoki defis(-) mavjud. Ular odatda URL manzillarida qo'llaniladi.

#django #slug

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘2
Junior, middle va seniorlar o'rtasidagi farqlar.

Linkedindan ๐Ÿ™‚

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘10๐Ÿ˜3โค1
Pythonda walrus operatori ( := )

Bu operator Python 3.8 dagi yangi xususiyati hisoblanadi. Vazifasi biror ifoda ichidagi o'zgaruvchilarga qiymatlarni belgilash uchun ishlatiladi.
Misol uchun u bir vaqtning o'zida shartni tekshirish va o'zgaruvchiga qiymat belgilash(o'zlashtirish) uchun ya'ni while tsikli holatida ishlatilishi mumkin.
Nima uchun qavs () dan foydalanish kerak chunki sintaksis jihatdan ishlatilishi shunaqa, agarda n = m := 5 shu holatida ishlatiladigan bo'lsa, SyntaxError: invalid syntax xatolikni olamiz, istisno holatlari ham mavjud.

Koสปproq tanishish uchun manba

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘5
Siz asosan qaysi vaqtlarda dasturlashni o'rganasiz yoki unda ishlaysiz?
Anonymous Poll
14%
06:00 - 12:00
27%
13:00 - 19:00
66%
19:00 - 00:00
18%
00:00 dan keyin
Pythonda schedule kutubxonasi

Bu sizga Python funktsiyalarini ma'lum vaqt oralig'ida yoki ma'lum vaqtlarda ishlashini rejalashtirishni taminlab beradi.

"Schedule" kutubxonasi python dasturlaringizda takrorlanadigan vazifalarni avtomatlashtirishning oddiy va yengil usulini taqdim etadi. Ya'ni funktsiyalarni har daqiqada yoki har soatda yoki har kuni ertalab 9:00 kabi ma'lum vaqtlarda ishlashini rejalashtirish imkonini beradi.

Bir nechta misol keltirilgan agarda qo'shimcha o'rganmoqchi bo'lsangiz, Manba

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘3๐Ÿ”ฅ1
๐Ÿ˜ shunaqami programmistlar

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ˜7๐Ÿ‘2
https://www.youtube.com/watch?v=y3sYA5Wpd_0

Notion ChatGPT kabi ishlashini bilarmidingiz? Agarda ChatGPTdan roสปyxatdan oสปta olmaganlar boสปlsa bu ham yomon emas. Ishlatishga ancha qulay.

Video yoqsa ๐Ÿ‘ bosib qoสปyinglar ๐Ÿ˜Š
Videoni qisqa qilib ola qoldim ๐Ÿ˜Š
๐Ÿ‘9
#kepqoldi

- Chang ko'chalar, chang - chang ko'chalar,
- Kimga kerak juniorbachchalar?

- Ish qidirar tun - u kechalar,
- Otkaz oladur necha - nechalar.
- Ko'p qiynamanglar, "katta" akalar
- Yig'lab keladur, junior bachalar

- Ehhh chang ko'chalar...
- Chang - chang ko'chalar...
๐Ÿ˜12
Chiroyli masala ekan ulashgim keldi ๐Ÿ˜Š

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘13
Tanishmi bu holat ๐Ÿ˜

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ˜8
Pythonda get() metodi.

Bu metod dict-dan har qanday belgilangan kalitning qiymatini olish uchun ishlatiladi. Agarda kalit dict-da mavjud bo'lsa, kalitning qiymatini aks holda None qaytaradi.

Sintaksisi: Dict.get(key, default=None)

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘4
Data Science sohasini oสปrganmoqchi boสปlganlar uchun ajoyib yoสปl xaritasi

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘11
Forwarded from Azim Pulat
JPRQ 2.0 - endi tezroq va xavfsiz.

Hakatonda yutish uchun eng muhim faktor - tezlik. JPRQ bilan endi loyihalaringizni bir qator kod bilan onlayn qilishingiz mumkin.

Backend va frontendni oson ulay olish imkoniyati beradi. Alexa/GoogleHome/Discord uchun dasturlar yaratishni osonlashtiradi.

Rasperry Pi kompyuteringizga masofadan SSH qilish uchun ham JPRQdan foydalanishingiz mumkin.

Xullas, imkoniyatlari faqat tasavvuringiz bilan chegaralangan.

๐Ÿ”— jprq.io
๐Ÿ”— github.com/azimjohn/jprq
๐Ÿ‘7๐Ÿ”ฅ1
Python OOP Inkapsulyatsiya tamoyili

Inkapsulyatsiya ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashning asosiy xususiyatlaridan biridir. Inkapsulyatsiya bitta sinf ichidagi atributlar va usullarning to'plamini anglatadi. Bu tashqi sinflarga sinfning atributlari va usullariga kirish va o'zgartirishni oldini oladi. Bu shuningdek, ma'lumotlarni yashirishga yordam beradi.

Qanday javob chiqishi mumkin? Izohda javobingizni qoldiring.

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘5
Git kamandalari qanday ishlaydi.

#git

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘6๐Ÿ”ฅ2
Pythonda boltons kutubxonasi

O'rnatish: pip install boltons

Yuqoridagi misollarda satrni tinish belgilariga qanday qilib osongina ajratishingiz, HTML dan matn chiqarib olishingiz va satrdagi hashtaglarni topishingiz mumkin.

Bu misolda kichik bir qismi koสปrsatildi xolos, koสปproq tanishmoqchi boสปlsangiz marhamat โžก๏ธ Manba

๐Ÿ‘‰ @python_backend_dev
๐Ÿ‘2