Forwarded from Обозреватель
Do'stimiz Hikmatulla @pulatov_kh kecha yozgan posti haqida ikki og'iz fikrim.
Meni ona tilim - o'zbek tili. Men uni mukammal bilmayman, lekin u ham mukammal emas. Nega biz samolyotni tayyora uchoq, aeroportni esa tayyoragoh demaymiz? Poezd so'zini tarjimasi qani??? Har qanday til boshqa tillar bilan uyg'unlikdagina chiroy ochadi - bu fakt!
Agar o‘zbekchada qo‘llaydigan barcha arabiy so‘zlarni olib tashlasak, nima qolishini hech tasavvur qilganmisiz? Tilimizda sof o‘zbekcha so‘zlarni qoldiraman, desangiz, ancha qashshoqlashib ketamiz. O‘zbek tili - bu turkiy asosga ega va fors, arab tillaridan kirib boyigan til hisoblanadi.
Rus tilini bilmaydiganlarga esa maslahatim - o'rganinglar! Rus tili nafaqat kerak va foydali, bu til tariximizning bir bo'lagidir.
👉 Канал Обозревателя ⭐️

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Mirzohid Botirov bilan “Yoshlar olami” akkaunti egasining “Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻidagi suhbatlarning skrinshotlari tarqalganiga rasmiy bayonot bilan chiqipti.
“Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻida “Yoshlar olami” akkaunti bilan foydalanuvchi Mirzohid Botirovning ushbu akkaunti xakerlik hujumiga uchragan boʻlib, M.Botirov 2020-yilning 8-fevral kuni ushbu holatlardan xabar topgan va shu kunning oʻzidayoq viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan skrinshotdagi yozishmalar kim tomonidan olib borilganligiga aniqlik kiritilmoqda. Ushbu xabarlar tafsiloti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Ofelos Plaza kompaniyasi “Ilhom” teatridan aprel oxiriga qadar binoni boʻshatib qoʻyishni soʻrabdi.
Teatr buni fojiali holat deb baholab, hukumat, tomoshabinlar, jurnalistlar, diplomatlar va xalqaro hamjamiyatni teatrni qutqarish va saqlab qolishga chaqirdi. Albatta bu achinarli holat, va „Ilhom“ teatri — butun dunyoga mashhur boʻlgan zamonaviy sanʼat markazidir, uni shubhasiz qutqarish kerak.
Lekin tangani ikkichi tarafi ham bor, bu bino bir tadbirkorning xususiy mulki. Teatr rahbariyati, xodimlari talablari toʻgʻrimi? Tasavvur qiling, siz ijarada turasiz. Ijara shartnomangiz ayrim sabablar ila tugadi. Ijarachidan uyni sizga berishini yoki ijara shartnomasini choʻzishni janjal qilib talab qilmaysiz-ku toʻgʻrimi? Bu ham shunday holat.
“Biz shaharliklar va hokimiyatdan Toshkent oʻzining eng yaxshi teatrlaridan biridan shunchaki voz kechib yuboradigan darajada maʼnaviy va madaniy jihatdan boymi, deb soʻrashni xohlardik.“ — deb xabar qoldirilgan teatr rasmiy sahifasida.
Butun olamga Toshkentda eng yaxshi teatrdan voz kechilyapti deb ayuxannos solish notoʻgʻri! Hokimiyat yoki boshqa bir davlat idoralarining bu vaziyatga aloqasi yoʻq. Bu ijarachi va mijoz oʻrtasida yuz bergan vaziyat.
“U davlatdan mablagʻ olmagan va olmaydi ham. Yangi bino sotib olish va unda teatrni qayta tiklash uchun teatrning hech qanday mablagʻ va imkoniyatlari yoʻq“- rasmiy xabardan.
Umid qilamanki teatr muxlislari, va sanʼatga befarq boʻlmagan insonlar tomonidan fandreyzing (pul toʻplash) kampaniyasi yordamida yangi bino yoki ushbu binoni sotib olishga yetarli pul miqdori toʻplanadi. Va fikrimni yakunida Madaniyat vazirligi “Ilhom“ teatri taqdiriga befarq boʻlmasligiga chaqiraman.
#saveilkhom
@pulatov_kh

Forwarded from Alisher Рўзиохунов
Тадбирларга борсам уч хил журналистларни кўраман:
1. Нимадир хабар топиб, тезроқ кетишга ҳаракат қилувчи, ҳаммаси битта галочка учун, дегувчи мухбирлар. Уларнинг жуда кўпи радиода ишлайди. Тадбир бошланмай, мезбонни четга тортиб, интервью олади ва қочади. ТВ мухбирлари ҳам шу.
2. Жуда кўп тадбирда кўраман, ҳамма мавзу, ҳамма масалага шай. Қўлига микрофон тушиб қолса, маззаси йўқ, эни бир қарич саволи бўлади. Булар аслида қўлига тутқазилган пресс релизни кўчириб қўя қолади.
3. Рақобат учун, эксклюзив хабар ва бирор янгилик овида юрган мухбирлар.

Forwarded from Saida Mirziyoyeva
«Илҳом» театри билан боғлиқ вазиятга изоҳ бермоқчиман.
Мен ўзим театр санъати мухлисиман. Ушбу масала атрофида айтилаётган ташвишли гап-сўзларни эшитиб, сизни ишонтириб айтаманки, биз театримизни ҳеч кимга хафа қилдириб қўймаймиз! «Илҳом» - маданий ҳаётимизнинг фахри!
___
Хотелось бы прокомментировать ситуацию вокруг театра "Ильхом".
Я сама являюсь поклонником творчества театра. И услышав такие волнения вокруг этого вопроса, хочу заверить, что в обиду наш театр мы не дадим! "Ильхом" является гордостью нашей культурной жизни!
#Uzbekistan #SMirziyoyeva #saveilkhom

Forwarded from Mr Freeman
Ишқилиб, орадан 30-40 йиллар ўтиб, мен ҳақимда ҳам худди шу гапларни айтмайсизларми, бролар? 😢
@alimofflite
@pulatov_kh
@alimofflite
@pulatov_kh
Ancha yil avval, men kitob yozishga harakat qilib koʻrganman... Kitobning 3 boʻlimini yozib qoʻygan edim, keyinchalik vaqtim boʻlmadi... qiziq boʻlsa kanalga joylayman...
@pulatov_kh
@pulatov_kh
Kitobxonga
Bu kitob saratondan umri tugab borayotgan 20 yoshli afg`on bolasining kechmishi haqida so`zlaydi. Bu kitob - inson umri bir chaqaga arzimaydigan, o`lim har nafasda orqadan izma-iz quvib yuradigan makonga sayohat. Bu kitob – hali tug`ilmasdanoq o`limga mahkum etilgan bir go`zal muhabbat tarixi. Bu kitobni mutolaa qilish oson emas, axir har yangi bobda qahramon yaqinlaridan ayriladi. Biroq bu kitobni oxirigacha o`qishga o`zida kuch topa olgan odam qahramonning boshidan ne savdolar o`tganini bilib oladi. Bu kitob yaqinlaridan saraton sababli ajralgan yoki ularni yo`qotishdan qo`rqadigan insonlar uchun, bu hikoya jismoniy azoblar qalbiga qo`rqinch solgan kitobxonlarga oz bo`lsada tasalli beradi va yaqinlarining o`limi haqidagi o`ylarga ko`na olmayotgan insonlarga ruhan dalda bo`ladi.
Mening ismim Ashraf, kambag`al afg`on oilasida tug`ilgan 4-farzandman. Esimni taniganimdan buyon yurtimizda urush shamoli esadi. Bolaligimizdan Qobuldagi portlashlar-u o`q ovozlariga o`rganib qolganmiz. O`lim doim yonma-yonligini his etib shuni tushundimki, urushsiz o`tgan kunimni eslayolmas ekanman. Bor-yo`q ko`rganim bu shaharning qamal qurshovida alanga olgani, tutundan bo`g`ilgan shahar aholisi. Opalarim va qo`shni bolalar bilan yerto`laga berkinib, tirik qolish va ertangi kunni ko`rish umidida yurgan onlarim hali hamon yodimda. Bir-birimizga kelajak rejalarimiz, bo`lg`usida kim bo`lishimiz va bundan 15-20 yildan so`ng qayerda yashashimiz to`g`risida suhbat qurardik. O`z xayolot olamimizda sayohat qilib biroz bo`lsada hozirgi kun dahshatlarini esdan chiqarardik.
Ota-onamning ilk farzandi o`lik tug`ildi, akamni ko`rish, u bilan birga o`ynash menga nasib etmadi. Otam “Uni bizga Olloh berdi va o`zi qaytib oldi” deya o`g`lining o`limini munosib qarshi oldi, onam esa uzoq vaqt yig`ladi, o`g`lining vafotidan hech o`ziga kela olmadi. Mening otam Abdulboqi G`anixon dunyodagi eng badavlat inson edi – uning 3ta qiz farzandi bor edi. U opalarimni judayam yaxshi ko`rardi, doim ularni asrab-avaylardi, ular bilan mag`rurlanardi, lekin bu boshqa oilalar uchun unchalik odatiy hol emasdi. Afg`on oilasida qachonki qiz bola dunyoga kelsa, uni uzoqroq xonalardan biriga yashirib, bu kunni qora motam kuni deya hisoblashadi, bechora onaga esa barcha qarindoshlar hamdardlik bildiradi.
Otamdan erta judo bo`ldim, u Qobulning obro`li imomi edi. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olib, Islom dinining haqiqiy bilimdoni edi va u tolibon hukumatiga qarshi turdi. U o`zining notiqlik san`ati bilan mashhur edi. Uning jumadagi va’zlari namozxonlarda shunday taassurot qoldirardiki, hatto qo`shni qishloqlardan uni tinglash uchun ataylab xo`tiklarda yoki piyoda bo`lsa ham uzoq yo`l yurib kelishardi.
Yetti yoshga to`lgan kunim biz otam bilan juma namoziga chiqdik. Otam xutba o`qiyotgan paytida uni tolibonlar qo`mondoni Nur Hakmalning odamlari qo`lga oldi. Nur Hakmal – u Najibullo va akalarining qontalash bo`lgan tanalarini prezident saroyining darvozalariga osib qo`ygan o`sha beshafqat qo`mondon.
Otam prezidentning ishlarini qoralardi, uni davlat xoini deb hisoblardi. Qobulliklar ham hech uni yoqtirmasdi.

👍1
Bir kuni Hakmalning shotirlari masjidga qurol bilan bostirib kirdi, otam ularga to`sqinlik qilmoqchi bo`ldi-yu, ammo unga hech kim e`tibor bermadi. Qatorlar orasdan ular tezgina o`tib, minbar yonida paydo bo`lishdi va otamning yuziga Kalashnikov avtomati bilan zarba berishdi. Natijada otam karaxt holga tushdi va uning yuzi qon bilan bo`yaldi. U yerdagilardan hech kim jangarilarga bir so`z ham deyolmadi, hamma o`zi va yaqinlarining hayotidan xavotirda edi.
O`sha damda men uchun butun borliq tosh qotdi, barchasi ostin-ustun bo`lib ketdi. Yig`lagim, baland ovozda qichqirgim keldi, ammo og`riqdan ovozim bo`g`ilib qolgandi. Bu daqiqalarni bir zum ham unuta olmayman. Otamdan ko`zimni uzolmasdim. Soniya sayin nafas olishim qiyinlashib borar, xuddi bu bir umrga cho`zilgandek tuyulardi. Biz otam bilan bir-birimizga juda o`xash edik, bir-birimizni mudom to`g`ri tushunardik.
U mening eng yaxshi maslahatgo`yim edi, men unga dilimdagi bor gaplarni bemalol ayta olar, u esa doim menga taskin berish uchun to`g`ri so`zlarni topa olardi.
Mening hayotimda birdan-bir umidim qolgandi – u ham bo`lsa onam. Og`ir damda onamning qo`llaridagi taft mening qalbimga najot urug`ini ekdi. Ko`pchilik afg`on ayollaridan farqli o`laroq, tabiat onamni yorqinroq ko`rinishdagi teri rangi bilan siylagandi, u go`yoki nur taratib turgan chinnidek edi. Opalarim bilan ularning sevgi qissalarini bir nafasda eshitardik, oqshomlari otamning atorofida bir qator bo`lib tizilib, uning mayin yoqimli ovozidan bahra olardik. Onamning ismi, Jamila “go`zal, maftunkor” degan ma`noni anglatadi, otam uni doim erkalab Jani deb chaqirardi.
Men tug`ilgan yerda yoshlarning ko`ngli bilan hech kim hisoblashmaydi, ularning taqdiri an’analarimizga muvofiq yoshi ulug` qarindoshlar tomonidan belgilanadi. Ota-onamga esa baxt kulib boqqan edi, ularni ishq birlashtirdi. Ilk bor ular onam buvisi bilan bozor qilib yurganda ko`rishishgan ekan. Sharq bozori bu necha aslardan buyon muqaddas sanalib kelinadigan joy, bu yerda kulib turgan yuzlarni uchratishingiz, rastalardagi turli xil mahsulotlardan, Qobul olma-anorlari-yu shaftolilarining xushbo`y hididan bahramand bo`lishingiz mumkin. Bozordagi kayfiyat sizni o`ziga rom etib, yanada ko`proq narsa sotib olishga undaydi.
Ular tarvuz-qovun rastasi yonida birinchi marta ko`rishib qolishgan. “Kep qoling, op qoling, yarmi asal, yarmi shakar” deb qichqirardi savdogar. Sarg`ish qovunlar yonginasida tarvuzlar yotardi, mahsulot shunchalik ko`pligidan savdogar ularni shundoqqina yerga qo`yib qo`ya qolgandi, “Keling, oling, ta'tib ko`ring” deya u xaridorlarni chorlardi.
Ota-onam uchun bir lahzalik nigohlar to`qnashuvi yetarli bo`ldi, ular bir-birini yoqtirib qolganliklarini allaqachon fahmlagan edilar. O`sha paytda otam onamga hozir biz uchun kechalari o`qib beradigan she`rlarini yo`llar edi. Otam tanlagan qiz bobom va buvimga juda ma`qul tushgandi va ularning baxtiga hech qanday to`siq yo`q edi… Ammo...

Forwarded from Davr24
O‘zbekistonlik dasturchi O‘zAga taklif bilan chiqdi
Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Alisher Tadjiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligiga o‘ziga xos murojaat bilan chiqdi.
«Assalomu alaykum hurmatli O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi!
Men ko’p yillik tajribamga tayanib Sizlarning saytingizni yanada takomillashtirib, davlatimiz byudjetiga 5,4 milliard so’mlik foyda keltirmoqchiman.
Saytingizni qilib berishda O’zbekistondagi eng yuqori malakaga ega bo’lgan kompaniyalarda ishlaydigan do’stlarim(senior’lar) ham ko’maklashadi.
Faqat bir iltimos bor, shu ajratilgan summani barchasini homiylik asosida kontrakt pulini to’lashga qiynalgan talabalarga ajratsangiz.
Biz jamoamiz bilan tayyormiz!», — deb yozgan dasturchi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zA axborot portali yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo‘ygan edi.
P.S. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra O‘zA nazarda tutayotgan axborot portalini yaratish 100-150 million so‘mga tushadi.

“Qoʻshni mahalla” faollari hamda Toshkentdagi Singapur menejment va rivojlanish instituti talabalari bilan birga xayriya ishini oʻtkazdik.
Toshkentda obodonlashtirish korxonalarida sovuqni sovuq, issiqni issiq demay mehnat qilayotgan 100dan ortiq yurtdoshlarimiz uchun bayram tashkillashtirdik. Bir piyola choy va bir choʻqim osh ustida dildan suhbatlashdik.
Bu gaplarni yozishdan maqsad — maqtanish yoki qilingan xayrli ishni koʻz-koʻz qilish emas. Aslo! Shunchaki, barchani jamiyat uchun katta foyda keltirsa-da, kamtarona maoshga ishlab yurgan insonlarga mehrli, eʼtiborli boʻlishga chorlamoqchimiz.
Boringizga shukr!