Новогоднее настроение в ретро-стиле! 🎄 🎅
13❤‍🔥4👍4🤯3🥰2👏2🆒2🤔1
Just think about it…
🆒21🤯6👏3🔥1🤔1
АйPulatov
Just think about it…
Пластик пакетларга муқобил атроф-муҳитга зарарсиз бир нечта алтернативалар мавжуд:

1. Мато сумкалар: пахта толаси, лён ёки жутдан тайёрланган бўлиб, улар мустаҳкам, қайта ишлатиладиган ва кўп марта ювишга чидамли ҳисобланади.

2. Биологик парчаланадиган материаллардан тайёрланган сумкалар: маккажўхори крахмали ёки бошқа биологик парчаланадиган компонентлардан тайёрланган бўлиб, бу сумкалар анъанавий пластикдан кўра анча тезроқ парчаланади.

3. Қоғоз пакетлар: улар мато сумкалар каби мустаҳкам бўлмаса-да, биологик парчаланадиган ва одатда қайта тикланадиган ресурслардан ишлаб чиқарилади.

4. Тўр сумкалар: мева ва сабзавотларни харид қилиш учун жуда қулай. Улар енгил, қайта ишлатиладиган ва ичидаги нарсаларнинг «нафас олиши»га имкон беради.

5. Табиий материаллардан ясалган саватлар: ток новдаси, бамбук ёки бошқа табиий материаллардан ясалган саватлар харидлар учун қулай ва чиройли кўринишга эга бўлиб, экологияга зарарсиз ҳисобланади.

6. Қайта ишланган материаллардан ясалган сумкалар: қайта ишланган пластик шишалар ёки бошқа материаллардан тайёрланган бўлиб, бу сумкалар ўзидан жуда кам кўрсаткичда чиқинди қолдириши билан ажралиб туради.

7. Йиғилувчи сумкалар: енгил ва ихчам, уларни сақлаш қулай, автомобиль ёки бошқа сумка ичида доим шай ҳолда туриши мумкин.

Қайси биридан фойдаланиш ҳар кимнинг ўз ихтиёри, индивидуал танлови ва нима мақсадда қўллашига боғлиқ. Қайта ишлатиладиган вариантларга ўтиш пластик чиқиндилар миқдорини сезиларли даражада камайтириши мумкин.
👍6❤‍🔥4👏3🔥1
Ōzbekiston yoki Özbekiston?
Forwarded from Xushnudbek.uz
Vanihoyat alifbo islohoti yakuniy pallaga kirmoqda

Bugun jadidlarga oid konferensiyada Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva alifbodagi ayrim o‘zgarishlarni joriy etishimiz va shu bilan alifbo masalasiga qatʼiy nuqta qo‘yishimiz zarur, deya taʼkidladi.

Meni ancha yildan buyon kuzatadiganlar yaxshi biladi — men lotin yozuviga asoslangan alifbomizni isloh qilish tarafdoriman, bu haqda avval ham ko‘p yozganman.

Albatta, 1995-yilda Turkiyaga bo‘lgan adovatimiz tufayli tuppa-tuzuk alifbomizni o‘zgartirish maqsadida yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilashga ancha kechikdik. Lekin hechdan ko‘ra, kech yaxshi. Zamonaviy texnologiyalarga o‘zbek tilini integratsiya qilish jarayonidagi apostrof bilan bog‘liq muammolardan hozir qutilmasak, keyin ancha kech bo‘ladi, orqada qolib ketaveramiz.

AYRIM DAʼVOLAR — AFSONA

Eng avvalo alifbo islohoti muhokamasida ko‘pchilik aytadigan afsonalar haqida gaplashsak:

1️⃣ Birinchidan, bizda alifbo almashmayapti!

Alifbomiz o‘sha-o‘sha turibdi va yana turadi, Xudo xohlasa. “Alifbo almashsa, xalq savodsiz bo‘ladi” deganlarning fikri to‘g‘ri, ammo bizda alifbo almashayotgani yo‘q va bizga bu taalluqli emas.

1929-yilda arabchadan lotinga, 1940-yilda lotindan kirillga o‘tkazilganda haqiqatdan xalq maʼlum ko‘rinishda savodsizlashgan. Lekin bu yerda bir yozuvdan mutlaqo boshqa yozuvga o‘tish haqida gap ketmoqda.

Bizda hozir alifbo va yozuv almashmaydi. Hattoki jiddiy o‘zgartirilmaydi ham. Alifbodagi ayrim harflarning (minimum 2 ta, maksimum 4 ta) shakli biroz, yana qaytaraman, birozgina o‘zgartiriladi.

Masalan:
O‘ => Õ õ
G‘ => Ğ ğ

Bu shakllar barchaga tanish, shundoq ham yozma husnixatda shu kabi shakllardan foydalanamiz.

Shunga ko‘ra, “alifbo islohoti xalqni savodsiz qiladi” degan balandparvoz daʼvolar shunchaki afsona xolos!

2️⃣ Ikkinchidan, alifbo islohoti uchun vahimali darajada katta mablag‘ ketmaydi, barcha darslik va kitoblarni qayta chop etishga hojat yo‘q, barcha pasportlar ham almashtirilmaydi, hozirgi pullar ham o‘z kuchida qolaveradi va h.k.

Mana bu postimda bu haqda batafsil aytganman:
https://t.iss.one/xushnudbek/21379

Alifbo islohotiga qarshi qatlam doim iqtisodiy tomonini ham so‘roq ostiga oladi va kitoblar, pasport, hujjatlar, pul banknotalari, ko‘chadagi belgilar va boshqa joydagi yozuvlarni birdaniga almashtirib chiqish katta xarajat talab etishini aytishadi. Ha, to‘g‘ri, bularning barchasini bittada almashtirish katta mablag‘ talab etadi. Ammo bittada almashtirish shartmi o‘zi?

Masalan, hozir kirill va lotin yozuvidagi pullar, kitoblar amalda bo‘lib turibdi, bu kimgadir xalaqit beryaptimi? Yoki sovet davrida berilgan tug‘ilganlik guvohnomalarini kimdir tan olmayaptimi?

Alifbo islohoti tabiiy jarayonda amalga oshishi kerak. Darsliklar ham, pasportlar ham, yo‘l belgilari ham o‘z vaqti-soati kelganda almashadi. Ungacha hozirgisi kuchida bo‘laveradi.

Masalan, O‘tkir ismli yurtdoshimizning pasporti 2028-yilgacha kuchga ega bo‘lsa, o‘sha 2028-yildagina pasportini almashtiradi. Ungacha hech kim pasportingda isming xato, almashtir demaydi. Tamom, vassalom.

Xullas, alifbo islohotida maʼlum bir xarajatlar bo‘lishi tabiiy, ammo ayrimlar vahima qilganidek ko‘p xarajat bo‘lmaydi, aqlli chora-tadbirlar bilan o‘ta minimal darajaga tushiriladi.

***

Nima bo‘lsa ham, alifbo islohoti masalasiga yakuniy, qatʼiy yakun yasash vaqti keldi. Va o‘sha qatʼiy, aqlli, puxta o‘ylangan qaror tez orada qabul qilinadi, deb umid qilaman.


👉 @xushnudbek 👈
4👍1
7 серию ждем?)
👍8🤣7👏2
Сериал "Слова Пацана" вызывает острые дискуссии и противоречивые мнения. Позиция властей РФ, утверждающих, что сериал романтизирует уличную жизнь и поэтому его следует запретить, кажется спорной. После просмотра сериала у меня сложилось иное впечатление: он является скорее предостережением, чем романтизацией.

"Слова Пацана" неукрасиво показывает тяжелую реальность уличной жизни. Сюжет сериала сосредоточен на том, как улица разрушает жизни людей, выбравших этот путь. Сериал не оставляет иллюзий о том, что такой образ жизни ведет либо в тюрьму, либо к ранней смерти. Он демонстрирует трагические последствия такого выбора не только для главных героев, но и для их близких.

В этом контексте сериал может быть воспринят как мощное предупреждение о последствиях жизни на улице. Он показывает, как легко можно сбиться с пути и как сложно обратно вернуться к нормальной жизни.

Вместо того, чтобы романтизировать уличную жизнь, "Слова Пацана" представляют ее как путь, который неизбежно ведет к разрушению. Этот сериал может служить важным напоминанием для молодежи о том, что выбор жизненного пути имеет долгосрочные последствия, и что принятие неправильных решений может иметь катастрофические последствия.

#мысливслух
16👍5🤔1