Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
370 subscribers
1.89K photos
211 videos
8 files
310 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Download Telegram
#Bir_bayroq_ostida_birlashamiz
#Namangan_tuman_IM

🇺🇿Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bayroq qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan 5-7 sinflar o'rtasida "Bayrog'imiz g'ururimiz" shiori ostida rasmlar, 8-10 sinf o'quvchilari o'rtasida "Muqaddasdir vatan bayrog'i" mavzusida insholar tanlovi va 11-sinflar o'rtasida "Bir bayroq ostida birlashamiz" nomli videoroliklar kabi tanlovlar hamda Bayrog'imizga bag'ishlangan ochiq darslar tashkil etildi.


Bunday tadbirlar o'quvchilarimiz qalbida vatanga bo'lgan muhabbatni yanada oshirgan bo'lsa bizni maqsadlarimizga erishgan bo'lamiz. Bayram ko'taringki kayfiyatda davom etadi. Eslatib o'tamiz xali videoroliklar, rasmlar va insholar tanlovi davom etmoqda.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab 9-02A sinf o'quvchilari tomonidan "Bayrog'imiz faxrimiz" mavzusida tayyorlagan videoroligi
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_bayrogʻi
#Namangan_tuman_IM
🇺🇿 Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bayrog'imiz qabul qilinganligining 33-yilligiga bag'ishlangan tadbirlardan videolavxa.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayrogʻim_faxrim
#Namangan_tuman_IM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi, hozirda Rossiya davlatining Novosibirsk Davlat Texnika Universitet (Новосибирский Государственный Технический Университет) da oʻqiyotgan Muhammedov Azamatning bayrogʻimiz qabul qilingan kun munosabati bilan yoʻllagan tabrigi.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|
Telegram|Facebook|YouTube|
#Fuqaro_muhofazasi
#Namangan_tuman_IM

MAXSUS- TAKTIK O‘QUV MASHQ
🚨Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2024-yil 22-yanvardagi 1-son buyrug'ining 2-ilovasi ijrosi yuzasidan ta'lim muassasida maxsus-taktik o'quv mashqi bo'lib o'tdi.

👮‍♀️👷‍♀️👨‍🚀O'quv mashqida Namangan tuman FVB bo'limi hodimlari, IIB, Milliy gavrdiya, Tibbiyot birlashmasi, Gaz ta'minoti, Elektr tarmoqlari va Suvoqava xodimlari ishtirok etishdi. Maktabda Fuqaro muhofazasi tizimida tuzilgan guruhlar o'z vazifalarini bajarishdi.

👩‍🚒 Mashg'ulot davomida o'quvchilarga bo'lishi mumkin bo'lgan favqulotda holatlarda qanday choralar ko'rish bo'yicha tuman FVB xodimlari ko'rsatmalar berishdi.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|
Telegram|Facebook|YouTube|
#Ochiq_dars
#Namangan_tuman_IM
Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 25.11.2024 kuni  ingliz tili fani oʻqituvchisi Iroda Rizayeva 6-01 A sinfda  "Activity days " mavzusida namunali ochiq dars tashkil etdi.                                       📙 Darsda o‘quvchilar inson harakterlari va sifatlarini ingliz tilida bayon etishdi, yangi so‘zlarni mustahkamlash uchun o‘yin o‘tkazildi . "Xotira mashqi" o‘yini, kabi interfaol metodlardan foydalanib o‘quvchilar bilimi mustahkamlandi.                        📌Dars davomida o‘quvchilarga gramatik qoidalar ham tushuntirildi.  Mustaqil mashq bajarib,matnni tarjima qilish  ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
🔰🔰🔰
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda kuzatib borishingiz mumkin👇👇👇
|Telegram|Facebook |Youtube