Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
483 subscribers
2.26K photos
230 videos
16 files
380 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Download Telegram
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi!

📎Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida Cambridge xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi!

📹 Bugungi kun jarayonlari videolavhada

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng ko‘p so‘ralayotgan savollar

Savol: Milliy dasturga qabul qilingan o‘quvchilar hozir o‘qiyotgan maktabidan boshqa joyga borib, o‘qishni davom ettiradimi?

Javob: Milliy dastur alohida maktab emas. Bu — o‘quvchilarni dunyoning TOP-100 oliygohlariga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan loyiha hisoblanadi.

⚡️ Ushbu dasturga qabul qilingan o‘quvchilar hozir tahsil olayotgan maktablarida o‘qishni davom ettirgan holda, qo‘shimcha onlayn darslarda qatnashadilar.

💥 Shuningdek, Milliy dastur a'zolari Renessans oromgohi va xorijning yetakchi oliygohlarida tashkil etiladigan ta’lim dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📥 Arizalar qabuli davom etmoqda. Milliy dasturga ariza.piima.uz va my.gov.uz saytlari orqali ariza topshirishingiz mumkin.

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
RAHBAR VA PEDAGOG KADRLAR TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🔍 Kelajak innovatsion ta’limini birga quramiz!

👩‍🎓 Ta'lim tizimida o‘zgarish qilishga, innovatsion g‘oya olib kirishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
🌐Platforma: job.piima.uz va job2.piima.uz

💡 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓 Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar – xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va professional rivojlanish.

🌍 Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglarda – bevosita ishtirok etish, xalqaro IELTS, SAT kabi sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati.

💼 Ta’limda global yondashuv – sizda xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

📎 Talab qilinadigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Bakalavr yoki magistr diplomi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Halol, fidoyi va mas’uliyatli;
🔹 kuchli liderlik salohiyatiga ega;
🔹 jamoa bilan ishlay oladigan va AKT sohasida zamonaviy bilimlarga ega rahbar.

Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz - yangi bosqichga birinchi qadamni tashlang!

Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

HUDUD - MY5 TV – Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun kirish imtihonlari o'tkazildi
Madaniyar va marifat telekanali – Ixtisoslashtirilgan maktablar va ularning filiallariga qabul imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichi
O‘zbekiston 24 – Buxorodagi Prezident maktabida navbatdagi sinov
O‘zbekiston 24 – Ortga qaytmas islohotlar
Surxondaryo MTRK – Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi
Samarqand MTRK – PREZIDENT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONINING IKKINCHI BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI
Sevimli TV – ENG IQTIDORLI OʻQUVCHILAR SARALANMOQDA
UzA – Bahodir Jalolov boks maktabiga qabul imtihonlari boshlandi
UzA – Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina sport maktablarida test sinovlari bo‘lib o‘tdi
UzA – Oksana Chusovitina maktabida o‘tayotgan qabul imtihonlaridan fotoreportaj

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang. Faqat Agentlikning rasmiy sahifalari orqali beriladigan xabarlarga tayaning.

Eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlar faqat quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2025
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ijod maktablarda e’lon qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#apellatsiya_2025

APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 31-IYUL, 1-, 2-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

📝 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

➡️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Ijod maktablari uchun

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
—————
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
#imtihon_2025

🔈DIQQAT E‘LON!

📆Ertaga, 1-avgust kuni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2-bosqichi kirish imtihonlari to‘g‘risida yuqoridagi infografikadan ma‘lumot olishingiz mumkin!

Imtihon vaqti 9:00

✔️ Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma bilan kelishi talab etiladi.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bunda qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.


🪪Ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidan yuklab oling!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin