Install program (IT dasturlar👨‍💻)
1.02K subscribers
251 photos
36 videos
801 files
891 links
Kompyuter va telefonlar uchun bepul dasturlar, ilovalar, umuman olganda IT ga oid yangiliklar shu yerda...
Vaqtingizni behudaga sarflamang.

📩 Murojaat uchun » @LazizbekAblazov

Guruhimiz » @dasturlar_it

Kanalimiz boti » @installprogrambot
Download Telegram
#excel

MS Excel dasturida xatolik turlari ⚠️

Formulani kiritish yoki tahrirlashda, shuningdek funksiyada qatnashuvchi qiymatlardan biri o‘zgartirilganida, Excel formula qiymatining o‘rniga xatoliklardan birini ko‘rsatishi mumkin. Dasturda sakkiz turdagi xatoliklar ko‘zda tutilgan:

1️⃣. ######## — agar yacheyka butunlay panjara belgisi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bunda ikki variantdan biri, ya’ni yacheykadagi qiymat unga sig‘may turgani yoki unda manfiy vaqt qiymati (yacheyka formati – Время, ya’ni vaqt bo‘lganida yuzaga keladi) kiritilganini anglatadi. Birinchi holatda ustunni kengaytirish yoki shriftni kichraytirish yetarlidir, ikkinchisida – vaqt qiymati o‘zgartiriladi. Masalan, formulada kichik vaqt birligidan katta vaqt birligi ayirilgan bo‘lsa, unda buni aksincha amalga oshirish kerak bo‘ladi.

2️⃣. #ДЕЛ/0! — ushbu xatolik deyarli har doim yacheykadagi formula qandaydir qiymatni nolga bo‘lishga urinayotganini anglatadi. Ko‘pincha bu ushbu yacheyka bilan bog‘langan boshqa yacheykada nol qiymati mavjudligi yoki umuman qiymat yo‘qligi holatida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun, barcha bog‘langan yacheykalarni bunday qiymatlar mavjudligiga qarshi tekshirib chiqish lozim bo‘ladi.

3️⃣. #Н/Д — ushbu xatolik “недоступно”, ya’ni “mavjud emas” ko‘rinishida talqin qilinadi va u funksiya yoki formulaning qiymatga murojaat eta olmayotganini anglatadi. Muammoni bartaraf etish uchun, qiymat kiritilgan yacheykalarni xatoliklarga qarshi tekshirish lozim bo‘ladi, tekshirilayotgan yacheykalarda ham ushbu xatolik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

4️⃣. #ИМЯ? — ushbu xatolik formulada yacheyka, diapazon yoki formulaning nomini noto‘g‘ri ko‘rsatayotganingizda yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun formuladagi barcha nomlar va nomlanishlarni yana bir bor ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

5️⃣. #ПУСТО! — kamdan kam holatda uchraydigan xatolik, chunki ushbu xatolik yuzaga kelishiga sabab hisoblanuvchi kesishish operatoridan har kim ham foydalanavermaydi. Xususan, diapazonlar kesishmaganida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun kesishuvchi diapazonlarni ko‘rsatib o‘ting.

Masalan: =СУММ(A1:B5 A6:B10) formulasi xatolikka olib keladi.

=СУММ(A1:B5 A5:B10) formulasi esa xatosiz ishlaydi va A5:B5 diapazonini qaytaradi.

6️⃣. #ЧИСЛО! — ushbu xatolik formulada qabul qilingan doiradan tashqarida turuvchi noto‘g‘ri sonli qiymatlar mavjud bo‘lganida yuzaga keladi.

7️⃣. #ССЫЛКА! — ushbu xatolik formulada ko‘rsatib o‘tilgan yacheykalar o‘chirilgan taqdirda yuzaga keladi.

8️⃣. #ЗНАЧ! — ushbu holatda funksiya uchun noto‘g‘ri turdagi argument (ma’lumot) turi qo‘llanilgani haqida so‘z bormoqda.



👨🏻‍💻@install11
Shoshiling: Tezkor o`quv kurslari

🎓 Idora:
Texnologik Innovatsion markaz
📚 Texnologiya: Excel, Word, Power Point
🇺🇿 Telegram: @AblazovLazizbek
📞 Aloqa: +998 90 941 91 31
✍️ Mas'ullar: Ablazov Lazizbek
🌐 Hudud: Toshkent sh
🏢 Manzil:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 5-bino, 1-qavat
📍 Mo'ljal: Muqumiy teatri
💰 Narxi: 250'000 so`m
🕰 Murojaat qilish vaqti: Istalgan payt
💵 To'lov turi: Naqd pul, bank, plastik kartalari orqali
‼️ Qo`shimcha: Kurslar 1 oyga mo'jalangan bo'lib 70% amaliyotdan iborat , kurs yakunida imtihon asosida sertifikat va maxsus sovg'a beriladi.
👨🏻‍💻 Darslar haftada 5 kun o'tiladi.

#oquvKursi #excel #word #powerpoint #Toshkent

@dg_economy - raqamlashtirishni yangi bosqichga olib chiqamiz
#word #excel #powerpoint
➡️ Word,
Excel, PowerPoint dasturlarida so'zlarni almashtirish funksiyasini bilarmidingiz?

So'zlarni boshlang'ich harfini yozib qolgan so'zlarni avtomatik hosil qilishni o'rganing

👉Bonus: https://youtu.be/owcO861GBws

Biz shunday video darslarni tayyorlashda davom etamiz. Siz youtube kanalimizga a'zo bo'ling
👍2🔥1👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel_function

Ma'lum diapazonda ma’lumotning qayta takrorlanmasligi uchun oldindan sozlash.

Agar belgilangan diapazonga faqat unikal qiymatlar kiritilishi va foydalanuvchi kiritayotgan paytda adashmasligi lozim bo‘lsa – ma’lumotlarni tekshirishni sozlab qo‘ying, bu orqali kirilgan ma'lumotlar qayta takrorlanmaydi.

❇️ Install program
👍1🔥1👏1🤩1
#excel_hotkeys

«Microsoft Excel» klaviatura tugmalari vazifalari.

Alt
— ochiq oynadagi sistema menyusi ochiladi, menyuda strelkalar yoki Alt+kerakli harf yordamida ishlash mumkin.
F2 — yacheyka ichidagi matnni tahrir qilish imkonini beradi.
Ctrl+probel — ustunni tanlash;
Ctrl+Enter — bir xil ma’lumotli ajratilgan yacheykalarni to‘ldirish.
Shift+probel — qatorni tanlash.
Ctrl+Home — hujjatning boshiga o‘tish, A1 yacheykasi faollashadi;
Ctrl+Page Up — hujjatning oldingi sahifasiga o‘tish
Ctrl+Page Down — hujjatning keyingi sahifasiga o‘tish;
Ctrl+1 — yacheykalar formati oynasini ochish;
Ctrl+Shift+4 (Ctrl+$) — verguldan keyin ikkita belgili pul formatini tanlash;
Ctrl+Shift+5 (Ctrl+%) — protsent formatini tanlash;
Ctrl+: (Ctrl+ikki nuqta) — ayni paytdagi vaqtni kiritish;
Ctrl+; (Ctrl+nuqta vergul) — bugungi sanani kiritish.

❇️ Install program
👍4🔥31👏1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#excel_video

💠 Excelda diagrammalar bilan ishlash bo'yicha master klas.

Videoni do'stlaringizga ham ulashing

❇️ Install program
👍2🥰21