#Xalqaro_konferensiya #Tashrif

Toshkent shahrida 15-16 iyul kunlari bo'lib o'tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan UNESCO Bosh direktorining ta'lim ishlari bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Janini va UNESCO ta'lim sektori Ijroiya idorasi rahbari Astrid Gillette Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

🔰Ularga UNESCO bo'yicha Milliy komissiya bosh kotibi va Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi direktori Gayane Umerova va Tashqi ishlar vazirligi bo'lim boshlig'i Nabijon Quvondiqov hamrohlik qilishdi.

🔹Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik rahbari o'rinbosari va vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida "Yangi O'zbekiston" Universitetining tashkil etilgani Prezident maktablari loyihasining mantiqiy davomi sifatida ta'limda uzviylikni ta'minlashi UNESCO vakillari tomonidan alohida ta'kidlandi.

👉 Bu haqda batafsil saytimizda o'qing.
#Tashrif

Bugun, 19-sentabr kuni "Valday" xalqaro klubi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati hamda yurtimizda axborot-texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

⚡️Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, o'quvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 20-sentabrida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida Toshkent shahrida “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o'tadi.
#Tashrif #New_Uzbekistan_University

Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasining Myunxendagi uchrashuvlari davom etmoqda.

✔️Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy rektori professor Volfgang Xerrman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda universitetda amalga oshiralayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

🔸Muzokaralar davomida professor o‘z tavsiya va takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmalari, darslar mazmuni, universitet uchun tayyorlangan materiallar hamda pedagoglar malakasi yuzasidan fikr almashinildi.

⚡️Wolfgang Herrmann: "Yangi O‘zbekiston" universitetida mahalliy va xorijiy sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talabalarning amaliyot o‘tashi uchun keng imkoniyatlar taqdim etish alohida ahamiyatga ega. Singapur tajribasida ham aynan shuni ko'rish mumkin. Bu bilan hozirgi bozor uchun talabgir kadrlar yetishtirib chiqarish mumkin. Chunki, korxonalar ham malakali kadrlarga muhtojdirlar".
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россияга ташрифини якунлаб, Тошкентга жўнаб кетди.
Давлат раҳбарларининг учрашувида Ўзбекистон-Россия стратегик шериклик муносабатларини янада мустаҳкамлаш ҳамда кўп қиррали ҳамкорликни, шу жумладан савдо-иқтисодий ва маданий-гуманитар соҳаларда кенгайтиришнинг долзарб масалалари батафсил кўриб чиқилди.

Визит Президента Республики Узбекистан в Россию завершился. Шавкат Мирзиёев отбыл в Ташкент.
На встрече лидеров двух стран были обстоятельно рассмотрены актуальные вопросы дальнейшего укрепления узбекско-российских отношений стратегического партнерства и расширения многопланового сотрудничества, в том числе в торгово-экономической и культурно-гуманитарной сферах.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube