#IT_Oromgoh

Respublikadagi Imkoniyati cheklangan maktab o'qituvchilariga Robototexnikadan malaka oshirish darslari o'tilmoqda.

Bugun IT oromgohda onlayn va offlayn darslarimizning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Onlayn darslar
davomida o'quvchilar:
⁃ Dasturlash asoslari(Python)
⁃ Frontend (Javascript, react)
⁃ Backend(Django)
⁃ . NET
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)
;

Offlayn darslarda esa:
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)
⁃ Robototexnika bo'yicha
⁃ Media
yo'nalishlari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lmoqdalar.

📌 Ma'lumot o'rnida, Grafik dizayn , Media hamda Robototexnika yo'nalishlari bo'yicha Mehribonlik uyi va 102, 104, 106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari o'quvchilariga ta'lim berilmoqda.

Oromgohda darslar davom etadi...
Forwarded from Hilola Umarova
#Raqamli_avlod
#IT_haftalik
#Google_Devfest

📣IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

Agentligimiz tomonidan Google kompaniyasi va "Digital Generation Uzbekistan" NNM bilan hamkorlikda "Raqamli avlod
IT haftaligi" tashkil etilmoqda!

Haftalik doirasida 5 ta yo'nalish - Robolabirint, Robo sumo, Robo Soccer, DG contest va CyberSport kabi yo'nalishlarda Respublika chempionati bo'lib o'tadi.

❗️Tadbirning so’nggi kunida esa xorijlik yetakchi spikerlar ishtirokida Google DevFest bo’lib o’tadi.

🔰Unda bu sohaga qiziquvchi eshitish qobiliyati zaif yoshlarni ham qamrab olmoqdamiz.

❗️Ta'kidlash joiz, Agentligimiz tomonidan 4 yildan buyon Google kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinadi.

Mazkur hamkorlik doirasida axborot texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarni It sohasini chuqur o'rganmoqchi bo'lgan yoshlarni bir nuqtaga birlashtirib, ularning tajriba va mahoratlarini yanada oshirishga hissa qo'shib kelmoqdamiz.

✔️Yana bir muhim jihat - haftalikda 30dan ortiq xalqaro va mahalliy spikerlar, 10dan ortiq xalqaro IT kompaniyalar ishtirok etadi!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Prezident_maktablari
#IT

PREZIDENT MAKTABIDA FACEBOOK VA AMAZON KOMPANIYALARIDA ISHLAGAN IT MUTAXASSISLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabida IT sohasida ko'plab yutuqlarga erishgan startaper Atabek Murtazaev, Aziz Murtazaev, Temur Maxsudov va Beknazar Abdikamalovlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

❗️Ular hozirgi kunda senior darajasidagi yetuk dasturchilar bo'lib, Facebook va Amazon kabi nufuzli kompaniyalarida dasturchi bo'lib faoliyat olib borgan.

✔️Mehmonlar o'quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berib, o'zlarining IT sohasiga oid bilim va tajribalari, olib borgan ish faoliyati hamda kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashishdi.

📌Shuningdek, mehmonlar maktab hayoti va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Telegram I Instagram I Facebook I YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Дастурий маҳсулотлар ва ахборот технологиялари технологик паркининг Қорақалпоғистон филиалини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев Программалық өнимлер ҳәм информация технологиялары технологиялық паркиниң Қарақалпақстан филиалын барып көрди.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #IT

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X