Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Sarhisob

Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari va “Yangi O’zbekiston” universiteti haqida lavha namoyish etildi.

Reportajda, shuningdek:
🔸 2021-yilda mazkur ta’lim dargohlarida amalga oshirilgan ishlar;
🔸”Maktab maslahatchisi” dasturi;
🔸 11 ta xorijiy OTMga o’qishga qabul qilingan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Maqsadbek Fayzullayev bilan intervyu va
🔸 o’quvchilar erishgan yutuqlar haqida so’z yuritilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#sarhisob

Milliy ta'lim | Prеzidеnt maktablarining samaradorligi,
Ijod maktablarining o‘rni, Ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim darajasi
#madaniyat

▶️ 00:46 To‘raboy Shermatov, Prezident maktablari bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

▶️ 01:48 Ma'mura Tojiboyeva, Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori

▶️ 12:05 Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori

▶️ 21:58 Dilrabo Davidova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori

▶️ 29:33 Inom Xo‘jamov, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube