Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi Matbuot xizmati (rasmiy kanali)
6.87K subscribers
21.4K photos
1.8K videos
3 files
5.72K links
Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi Matbuot xizmati

Murojaat, taklif va fiklaringizni izohlarda yozib qoldiring. Masʼul mutaxassislar siz bilan bogʼlanadi.
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️⭕️

🚨Yo‘l sifati va yuk nazorati – mas’ullar diqqat markazida

Yo‘l infratuzilmasining barqarorligini ta’minlash va transport vositalarining harakatini nazorat ostida olib borish – xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikning asosiy omillaridan biridir. Ayniqsa, og‘ir yuk avtomobillarining me’yorlardan ortiq yuk bilan harakatlanishi yo‘llarning erta ishdan chiqishiga olib keladi.

🟢Shu bois, Andijon viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasida viloyatda transport vositalarining belgilangan vazn va hajm me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, yo‘llarning muddatidan oldin buzilishining oldini olish maqsadida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

➡️Seminarda Transport nazorati inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etilib,soha vakillari tomonidan muammolar tahlil qilindi.

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Arash Андижонга салом йўлламоқда: - Фестивалда кўришгунча!

Жаҳон юлдузи Arash Андижондаги “Дунё садолари” III халқаро эстрада фестивалида иштирок этади.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍2
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 27 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yo’l ta’miri uchun haydovchilardan majburiy pul undirilmoqda” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mazkur murojaat Andijon viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi tizimi tarkibidagi Izboskan tumani yo’llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi guruhi tomonidan tezkor tartibda o’rganildi.

O’rganish davomida murojaatda keltirilgan holat bir guruh ko’ngilli fuqarolar tomonidan viloyatimiz hududi bo’ylab amalga oshirilayotganligi, haydovchilardan ta’mirlash ishlari uchun majburiy mablag’ undirib kelinayotganligi aniqlandi va tegishli tartibda nazoratga olindi.

Ushbu holatga Andijon viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi tarkibidagi ishchi xodimlarining hech qanday aloqasi yo’qligini ma’lum qilamiz.
–––––––
❗️Hurmatli fuqarolar!

Agar sizdan yoki atrofdagilardan yo‘l ta’miri uchun noqonuniy tarzda pul yoki boshqa turdagi moddiy yordam talab qilinsa va qonunga zid holatlarga duch kelsangiz, Andijon viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasining quyidagi

📞+998(74)2288371

ishonch telefonlariga darhol xabar berishingizni so‘raymiz.Sizning murojaatingiz sir saqlanadi va qonuniy tartibda ko‘rib chiqiladi.

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❗️Bugun siz halol bo‘ling — ertaga ular Vatanga xizmat qiladi!

💸Korrupsiya — nafaqat qonunni, balki farzandingizning orzularini ham sindiradi.Farzandlar halollikka ishonib ulg‘ayadi. Korrupsiya ularning ishonchini o‘ldiradi.

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#REYD_TADBIRI

Yurtimizda transport vositalarining belgilangan me’yorlarga muvofiq va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ayniqsa, yuk avtomobillarining vazn va hajm cheklovlariga rioya qilinishi yo‘l infratuzilmasining saqlanishi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida navbatdagi nazorat-reyd tashkil etilib, yuk avtomobillarining vazn va hajm me’yorlariga qat’iy rioya qilinishi nazorat qilindi. Reyd davomida qonunbuzarliklar aniqlangan transport vositalariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

Bunday tadbirlar yo‘l xavfsizligini mustahkamlash va yo‘l infratuzilmasini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

📱 "ANDIJON_TRK" telekanali "ANDIJON_AXBOROTI" informatsion dasturi

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбарига Андижон вилоятида ислоҳотлар натижадорлиги ва янги режалар юзасидан ахборот берилди.

Главе государства доложено о результатах реформ и новых планах по развитию Андижанской области.

#Mirziyoyev #taqdimot #Andijon #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
#Xalqaro_hamkorlik_istiqbollari

🛣 Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
☄️ Yuqori martabali mehmonni Qo‘mita raisi J.Tursunov qabul qildi.
Osiyo taraqqiyot banki yo‘l xo‘jaligi tarmog‘ini yanada rivojlantirishda O‘zbekistonning yaqin hamkorlaridan biri hisoblanadi. Aynan ushbu bankning mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda 600 km yo‘l qurildi, jumladan 2024-yilda foydalanishga topshirilgan 240 km uzunlikdagi sement-beton qoplamali “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lini, mahalliy hamda ichki yo‘llarni va yana bir qancha yirik loyihalarni misol qilib keltirish mumkin. J.Tursunov OTB bilan hamkorlik qilish hamda mamlakatda yo‘l infratuzilmasini yaxshilashdagi fikrlar mushtarakligi haqida gapirar ekan, Kanokpan Lao-Araya xonimga buning uchun o‘zining minnatdorligini bildirdi.
—Biz bu hamkorlikdan nihoyatda mamnunmiz va aytib o‘tish joizki, mamlakatingizda biz mahalliy xom ashyodan foydalangan holda yo‘l quryapmiz, aholining mamnunligini ko‘rib, bunday loyihalarni yanada kengaytirishimiz kerakligini tushunyapmiz,—deydi Kanokpan Lao-Araya xonim. OTB O‘zbekistondagi vakolatxonasini yanada kengaytirib, qo‘shimcha yo‘nalishlar bo‘yicha yangi ish o‘rinlari yaratmoqdamiz. Shuning o‘ziyoq bizlarni kelajakda yanada ko‘proq yangi g‘oya va loyihalar birlashtirishini anglatadi,—deydi u.
📈 Uchrashuv davomida bank bilan hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦅Ko‘kto‘nlik” mahallasida obodlik ishlari boshlandi

➡️Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Paxtaobod tumani, “Ko‘kto‘nlik” mahallasida bo’lib, mahalla nuroniylari va faollari bilan uchrashdi. Mahalladagi ijtimoiy hayot, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini o’rgandi.

🟢Uchrashuv chog‘ida aholi turmush darajasini oshirish, yo’l infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Viloyat hokimi tashabbusi bilan mahalla aholisiga qulay sharoit yaratish maqsadida yo’lsozlar tomonidan 6 km masofada ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️Раҳбарлик лавозимларида ишлаётганлар ва Захирага киритилганларнинг коррупцияга қарши барқарорлик даражасини баҳолаш тизими йўлга қўйилмоқда

Асос: ПФ-95-сон, 19.06.2025 йил

#Инфографика

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
2
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот ва озиқ-овқат маҳсулотлари экспортини кўпайтиришда янги захира ва имкониятларни ишга солиш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задействованию новых резервов и возможностей для увеличения экспорта плодоовощной и продовольственной продукции.

Facebook|Instagram|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Куни кеча Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов Пахтаобод туманидаги “Кўктўнлик” маҳалласида бўлиб, маҳалла нуронийлари ва фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказди.

Унда аҳоли турмуш даражасини ошириш, мавжуд муаммоларни ҳал этиш, йўл инфратузилмасини яхшилаш, ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишларини амалга ошириш юзасидан аниқ вазифалар белгилаб олинди.

Учрашув давомида вилоят ҳокими ташаббуси билан маҳалла аҳолиси учун қулай шароитлар яратиш мақсадида амалий ишларга киришилди.

Хусусан, ҳудудда умумий 6 км масофадаги ички йўлларни асфальтлаш, яроқсиз ҳолга келган симёғочларни янгисига алмаштириш, СИП кабеллар тортиш, мавжуд трансформаторларни таъмирлаш ишлари бошлаб юборилди.

Ушбу ташаббус маҳалла аҳли учун кундалик турмуш шароитларини янада яхшилашга хизмат қилади. Бу эса аҳоли розилиги ва фаоллигини ошириб, маҳалланинг янада тараққий этишига асос бўлади.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢📢📢

💸Korrupsiya holatiga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

🔴Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

📞Call-markaz – 1253

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🦅Bugunidan rozi Andijonliklar

👏Paxtaobod tumani, “Shomad”mahallasida istiqomat qilayotgan aholining 30 yillik orzusi nihoyat ro‘yobga chiqdi. Mahalla yo‘llari sifatli asfalt qoplamasi bilan ta’mirlandi.

“Endi nabiralarim maktabga loy va chang yo
llardan emas, tekis va ravon asfalt yo‘llardan boradi,” — deya shukronalik bildirdi mahalla oqsoqoli Raxmatjon ota.

🟢Ushbu yangilanish mahalla aholisining hayot sifatini yaxshilab, farovonlik sari yangi qadam bo‘ldi.

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1