Amudarya.uz
5.11K subscribers
18.6K photos
1.86K videos
18 files
6.53K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohot_va_ijro

Amudaryo tumani Xitoy OFYda joylashgan, Prezident maxsus qarori asosida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilgan 6-sonli oilaviy poliklinikaning ochilish marosimi haqida videorolik

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#islohot

"Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident qarori
qabul qilindi.

Qaror bilan davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga to‘lanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshirilishi, bunda aholidan davlat tibbiy sug‘urtasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmasligi belgilab qo'yildi.

Shuningdek, kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun belgilangan muddatlarda tegishli tibbiy ko‘riklardan o‘tish, oilaviy shifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilish talab etiladi (shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish bundan mustasno). ...

Batafsil: https://lex.uz/docs/-7098084

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukronalik
#minnatdorchilik
#islohot_va_ijro

"O'g'limga qurilgan yangi xonadon imoratimiz, davlat tomonidan egalik huquqi bilan ta'minlandi, bundan juda quvonchdamiz", - Xatira Yusupova, Choyko'l OFYda yashovchi hamyurtimiz.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida yurtdoshlarimizning orzulari ushalmoqda. 119-sonli "Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Prezident farmoni bilan insonlarning kadastr hujjatini olishdagi barcha ovoragarchiliklari, sarson-sargardonliklari bartaraf qilinmoqda.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#islohot_va_ijro

Tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 80 foizga yetkazish borasidagi ishlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Ozarbayjon Respublikasidan kelgan pudratchi tashkilot “Archico Engineering company” tomonidan 68,5 km magistral va 289,2 km ichki suv tarmoqlarini tortish ishlari qizg'in pallada.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradigi ishlarda muhim dasturulamal bo‘lmoqda. Qaror asosida 29 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ evaziga amalga oshiriladigan qurilish ishlari natijasida tuman hududida yashovchi 79 minga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. Ayni paytda qurilish ishlariga 20 dan ortiq texnika hamda 35 nafar quruvchilar jalb qilingan.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#islohot_va_ijro

Ma'lumki, Amudaryo tumani Namuna MFY da ichimlik suvi tarmog'ini tortish ishlari olib borilayotgan edi. Pudratchi tashkilot "Mang'it mega hamkor" MCHJ tomonidan jadal sur'atlarda olib borilgan qurilish-ta'mirlash ishlari o'z yakuniga yetdi. Natijada 11,5 km ichimlik suvi tarmoqlari to'liq tortilib, hududdagi 288 xonadon tarmoqqa ulandi. Namunaliklar uchun bugun katta bayram, xalqning ko'p yillik orzulari bugun ushaldi. Mahalla aholisiga tozalangan ichimlik suvi to'liq yetib bordi.


Shu munosabat bilan bugun Namuna MFYda tozalangan ichimlik suv inshootining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda sektorlar rahbarlari hamda hokim o'rinbosarlari, aholi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so'zga chiqqanlar ushbu xayrli ish, muhtaram Prezidentimizning xalq farovonligi yo'lidagi islohotlarining amaliy ifodasi ekanligini ta'kidladilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#islohot_va_ijro

Muhtaram Prezidentimizning 2024- yil 17-iyul kuni imzolangan maxsus qarori asosida Amudaryo tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Chordara mahallasi hududiga diametri 219 mm bo‘lgan 1 km uzunlikdagi yer usti yuqori bosim gaz tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Alisher Navoiy nomli mahalla hududiga 3,8 km yer usti gaz tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 2,3 km joyi to‘liq tortildi. Bo‘ston mahallasi hududiga diametri 114 mm, uzunligi 750 metr bo‘lgan yer usti o‘rta bosim gaz tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 730 metr qismi tortildi. Oybek nomli mahalla hududiga esa diametri 114 mm, uzunligi 1,3 km yer usti o‘rta bosim gaz tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirdi 420 metr joyi tortildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Batafsil: https://amudarya.uz/article/1697

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohot_va_ijro
#shukronalik
#minnatdorchilik

"Bugun bizning mahallamizga yangidan gaz quvurlari tortilmoqda. Mahallamiz aholisining ko'p yillik orzulari ushalmoqda, Prezidentimizdan juda minnatdormiz",
- nuroniy onaxon Bibihajar Bobojonova Amudaryo tumani Chordara mahallasi Nodirabegim ko'chasida yashovchi hamyurtimiz. Onaxonning samimiy so'zlari bilan videoda batafsil tanishing!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohot_va_ijro
#xalq_farovonligi_uchun

Amudaryo tumanida ko'p sonli aholining tabiiy gaz bilan bog'liq muammolari bartaraf qilinmoqda. Shu haqida Amudaryo telekanali orqali yoritilgan videolavha


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#islohot_va_ijro

Amudaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash borasidagi ishlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Qaror asosida 29 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ evaziga amalga oshiriladigan qurilish ishlari natijasida tuman hududida yashovchi 79 minga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. Jarayondan fotolavhalar

Batafsil: https://amudarya.uz/article/1700

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohot_va_ijro

Amudaryo tumanidagi ko'p sonli aholining tabiiy gaz bilan bog'liq muammolari o'z yechimini topayotgani xususida Qoraqalpog'iston telekanali orqali yoritilgan videolavha

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohot_va_ijro

Amudaryo tumanida davlatimiz rahbarining tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida respublika OAVda yoritilgan videolavha

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook
#islohot_va_ijro

Amudaryo tumanida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xatlov ishlari davom etmoqda.

Kadastr agentligi Komplaens-nazorat xizmati boshlig‘i Baxtiyor Shamansurov tomonidan Amudaryo tumanida xatlov jarayonlari shaffof va to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, mutaxassislarga o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar berdi.

Shuningdek, xatlov o‘tkazilayotgan Gulzor MFYda xatlovda bevosita ishtirok etib, hudud aholisi bilan uchrashdi va kadastr mutaxassislari tomonidan fuqarolarga xatlov jarayonida ta'magirlik va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilsa, tegishli mutaxassislarga xabar berilishini ta’kidladi hamda fuqarolarning fikr-mulohazalari va munosabatlarini o‘rgandi.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.

📌https://t.iss.one/press_Amuwdarya

🌐Sayt✉️ Telegram📱Instagram 📱Facebook