Poytaxt yoshlari I Yoshlar ittifoqi
2.34K subscribers
2.34K photos
141 videos
1 file
514 links
🇺🇿 Poytaxt yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi

Biz bilan aloqa:

📝 @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦 #Mustaqillik_sharaf_lentasi

🇺🇿 Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Inson uchun ozodlikdan, erkin va farovon hayotda yashashdan qadrli ne’mat yo‘q. Bundan 32 yil avval, ya’ni 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e’lon qilindi. Shu kundan e’tiboran ushbu sana mamlakatimiz bo‘ylab katta shodiyonalar bilan nishonlanib kelinadi.

📍 Bu yil ham yurtimizning barcha nuqtalarida mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tantanalari katta shodiyona bilan nishonlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maskanlar va aholi gavjum hududlarda “Mustaqillik sharaf lentasi” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

📌 Poytaxt sardorlari joriy yilning 23-avgust kuni yosh-u keksalarning ko‘ksiga “Mustaqillik sharaf lentasi”ni qadab qo‘yish jarayonida hamyurtlarimizning quvonchiga guvoh bo‘ldilar.

#poytaxt_sardorlari #sharaf_lentasi #mustaqillik

🕊 @poytaxtyoshlar_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #poytaxt_sardorlari_forumi

👦 2023-yilning 24-oktabr kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar yoshlar markazida Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda ixtisoslashtirilgan maktablar hamda tuman sardorlarining anʼanaviy "El uchun, yurt uchun, porloq kelajagimiz uchun – bir nuqtada birlashamiz” shiori ostidagi Poytaxt sardorlari forumi” tashkil etildi.

🧒 Forumda faol, tashabbuskor, jamoat ishlarida faol boʻlib tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan jami 300 nafar maktab, tuman sardorlar kengashlari aʼzolari ishtirok etdilar.

✈️ Forumda ishtirokchilar uchun turli ekologiya, taʼlim, madaniyat va sanʼat, media savodxonlik, sport, ijtimoiy himoya, liderlik yoʻnalishlarda guruhlarga boʻlingan holda seminarlar, “Sardorlarning bugungi islohotlar jarayonidagi oʻrni”, “Jamoa shakllantirish: yoshlarning psixologik rivojlanishi” mavzularida muhokama yigʻilishlari, “Kahoot” enerjayzer oʻyini, turli sohalarda muvofaqqiyatlarga erishib kelayotgan maktab oʻquvchilari hayotini oʻzida aks ettirgan “Yengilmas” filmi namoyishi tashkil etildi.

🌈 Forum jarayonlarida faol ishtirok etgan, oʻzining qobiliyatlarini yuqori darajada namoyish eta olgan eng faol 14 nafar oʻquvchi-yoshlar yakunda Toshkent shahar “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari etib saylandilar. Yangi sardorlarlarga Toshkent shahar hududiy Kengashi raisining "Ishonch yorliqlari" hamda "Ittifoq oltin kaliti" tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, forumning barcha ishtirokchilari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

🤝 Endlikda esa 2023-2024 oʻquv yilida mazkur faol oʻquvchi-yoshlar, Toshkent shahar “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari Toshkent shahri miqyosida oʻquvchi-yoshlar uchun turli xil loyihalar va tadbirlarni tashkil etish, iqtidorli oʻquvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda maktablarda oʻquvchi-yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etib boradilar.

#poytaxt #sardorlar #saylov #forum

🕊 @poytaxtyoshlari_yi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM