βΊπ¦π¦π¦ #harbiy_qismda_bir_kun
β
Joriy yilning 5-avgust kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi Toifalangan obektlarni qo'riqlash qo'shinlari qo'mondonligi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbida Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish, shuningdek, yoshlarni harbiylar hayoti va
harbiy muhit bilan yaqindan tanishtirish maqsadida
Toifalangan obyektlarni qo'riqlash qo'shinlari qo'mondonligida
"Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik" shiori ostida
"Harbiy qismda bir kun" loyihasi bo'lib o'tdi.
πͺ Loyiha doirasida yoshlar
harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan sport maydonchalarida sportchi
harbiy xizmatchilar tomonidan master-klaslar tashkil etildi. Yoshlar "Fitnes zallari" faoliyati bilan yaqindan tanishish va foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Harbiy qismda tashkil etilgan muzey faoliyati haqida ham ma'lumotlar berildi.
βΉοΈββοΈ Shuningdek, yoshlar
bir qator sport musobaqalarida, xususan, arqon tortish, basketbol to'pini halqaga tushirish, 60 metr masofaga yugurish, arg'amchida sakrash, turnikda tortilish kabi musobaqalarda o'zaro bellashdilar.
π Musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Toifalangan obyektlarni qo'riqlash qo'shinlari qo'mondonligiga qilingan sayohat yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi.
π @poytaxtyoshlari_yi