2️⃣2️⃣2️⃣ #Madaniyat_kunlari ✍️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda London shahrida
“O‘zbekistonning tarixi va madaniyati bo‘ylab sayohat taqdimot-konserti” nomli tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbirni Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston elchisi
Ravshan Usmonov ochib berdi. So‘ngra TDIU birinchi prorektori
Komila Karimova mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildirgan holda
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, vatanimizning tarixiy merosi hamda turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot qildi.🔺 Shuningdek, tadbir davomida
universitet tomonidan tuzilgan badiiy jamoa, professor-o‘qituvchilar va TDIU Yoshlar ittifoqi koordinatorlari faol qatnashib, O‘zbekistonning boy madaniyati va turizm salohiyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalari hamda milliy chiqishlari bilan ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
#poytaxt #yoshlar #BuyukBritaniya #TDIU_yoshlari✍️ Bizni kuzatishda davom eting!😀 Telegram |
🔹 Instagram |
🔹 Facebook