Toshkent yoshlarni sevadi
5.68K subscribers
310 photos
148 videos
230 links
Toshkent shahar hokimligining “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi

⁃ Telegram bot: @poytaxtuzbot

⁃ Facebook: facebook.com/poytaxtuz01

⁃ Instagram: instagram.com/poytaxtuz01

⁃ YouTube: youtube.com/@poytaxtuz
Download Telegram
#Tashkent_chess #Xalqaro_turnir #Taqdirlash_marosimi

Kubok oʻz egalariga topshirildi

Poytaxtimizda joylashgan Renessans kino uyida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida start olgan Tashkent chessxalqaro turnirining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov ishtirok etib, gʻoliblarni samimiy tabriklab, tantanali ravishda taqdirladi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimi kubogi uchun tashkil qilingan “Tashkent chess” xalqaro turniri malakali shaxmatchilar va yosh havaskorlar doirasida oʻtkazildi. Musobaqaga 400 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi. Ular orasida 15 ta davlatdan tashrif buyurgan xorijlik shaxmatchilar ham gʻoliblik uchun dona surib, mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi.

Yakuniy natijalarga koʻra:

Masters guruhidan Adhiban Baskaran (Hindiston);

Chellengers toifasidan Shavkat Abduholiqov (Oʻzbekiston);

Age group guruhidan Islombek Husanov (Oʻzbekiston) Toshkent shahar hokimi kubogiga ega chiqdi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar boʻyicha 50 ga yaqin sovrindorlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube