Toshkent yoshlarni sevadi
4.89K subscribers
310 photos
148 videos
230 links
Toshkent shahar hokimligining “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi

⁃ Telegram bot: @poytaxtuzbot

⁃ Facebook: facebook.com/poytaxtuz01

⁃ Instagram: instagram.com/poytaxtuz01

⁃ YouTube: youtube.com/@poytaxtuz
Download Telegram
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

“Orzu” bolalar ijodiyoti tanlovi ishtirokchilari diqqatiga!

Ertaga 10-dekabr soat 9:00 da poytaxtimizda joylashgan Yoshlar markazida “Orzu” bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovining tasviriy va amaliy san’at hamda raqs yo'nalishida bellashuvlar boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun: Tasviriy va amaliy san’at yo'nalishida ishtirok etadigan ishtirokchilar o'zlari bilan 5 tadan kam bo'lmagan miqdorda ijodiy ishlari va ijodiy qurollarini olib kelishlari talab etiladi.

Lokatsiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Rang_tasvir #Live

“Orzu” bolalar ijodiyoti festivalining amaliy va tasviriy san’at yoʻnalishi boʻyicha bellashuvlarida rassom oʻquvchilar jam boʻldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Raqs #Live

Ayni paytda poytaxtimizda joylashgan Yoshlar markazida “Orzu” bolalar ijodiyoti festivalining raqs yoʻnalishi davom etmoqda

Lokatsiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Cholgʻu #Klassika

“Orzu” bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovi ishtirokchilariga diqqatiga!

Ertaga, 11-dekabr soat 09.00 da Yoshlar markazida “Orzu” bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovining cholgʻu (plektorli, kamonli, damli va zarbli cholgʻular) hamda klassika (fortepiano, plektorli, kamonli, damli va zarbli) yoʻnalishlari boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun: Cholgʻu va klassika yoʻnalishlarida ishtirok etuvchi ishtirokchilar oʻzlari bilan cholgʻu asboblarini olib kelishlari talab etiladi.

Lokatsiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

Bugun "Orzu" bolalar ijodiyoti ko'rik-tanlovining amaliy va tasviriy san’at yoʻnalishida iqtidorli bolalar o'z mahoratini namoyish qildi. Tasviriy san’at yoʻnalishida oʻquvchilar erkin mavzuda rang-barang suratlar chizgan boʻlsa, amaliy san’atda jajji hunarmandlar qoʻl mehnati namunalari yasab taqdim qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Raqs

Raqs san’ati bolalarning nafaqat jismoniy faolligini, san’atga qiziqishini oshiradi, balki ularga ruhan dadillik ham bagʻishlaydi. Bugun katta sahnaga ilk qadam qoʻyayotgan bolalar milliy va zamonaviy raqs yoʻnalishlari boʻyicha turli chiqishlarni dadil namoyish qilib, hakamlarning e’tirofiga sazovor boʻldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Cholgʻu #Klassika #Live

Bugun “Orzu” bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovi cholgʻu va klassika yoʻnalishlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan ijodkor bolalar turli milliy va zamonaviy musiqiy asarlar chalib, oʻzaro bellashmoqda.

Lokatsiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Cholgʻu #Klassika #Live

“Orzu”da jajji san’atkorlar oʻzaro bellashish bilan birga katta sahnada asar ijro etish borasida tajriba ham orttirmoqda.

Lokatsiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

"Orzu" bolalar ijodiyoti ko‘rik-tanlovining amaliy va tasviriy san'at yo‘nalishi bo‘yicha fotoreportaj

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

"Orzu" bolalar ijodiyoti ko‘rik-tanlovining raqs yo‘nalishi bo‘yicha fotoreportaj

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

"Orzu" bolalar ijodiyoti ko‘rik-tanlovining cholg‘u va klassika yo‘nalishlari bo‘yicha fotoreportaj

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

Tanlov gʻoliblari aniqlandi!

Ertaga 14-dekabr soat 10:00 da poytaxtimizda joylashgan Yoshlar markazida “Orzu” bolalar ijodiyoti festivalining gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, tadbirda tantanali konsert dasturi namoyish etiladi. Barchangizni gʻoliblarni taqdirlash marosimiga taklif etamiz.

Lokatsiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov #Live

Ayni daqiqalarda poytaxtimizda joylashgan Yoshlar markazida “Orzu” bolalar ijodiyoti festivalining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova gʻoliblarga diplom, statuetka va qimmatbaho sovgʻalarni topshirmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Orzu #Bolalar_ijodiyoti #Tanlov

Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi

Bugun poytaxtimizda joylashgan Yoshlar markazida “Orzu” bolalar ijodiyoti festivalining barcha yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar e'lon qilindi.

Bir hafta mobaynida qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan mazkur tanlovga 2153 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uch yosh toifasida (6–8 yosh, 9–11 yosh va 12–14 yosh) o‘zaro bellashdi.

Ishtirokchilar 6 yo‘nalishda — vokal (milliy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari bo‘yicha), adabiyot yo‘nalishi ishtirokchilari nazm (she’r, g‘azal, doston) hamda nasr (hikoya va ertaklar), klassika (fortepiano, torli-kamonli, damli va zarbli cholg‘u asboblari), raqs (milliy, ball hamda zamonaviy raqslar), cholg‘u (plektorli, kamonli, damli va zarbli cholg‘u asboblari) hamda tasviriy va amaliy san’at kabi yo‘nalishlarda ishtirok etdi.

Har bir yo‘nalish shaffof o‘tishi uchun Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidan malakali mutaxassislar jalb qilindi.

Yakunda ikki mingdan ziyod ishtirokchidan 50 nafar iste'dodli bolalar sovrdindorlikni qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova sovrindor bolalarni samimiy tabriklab, g‘oliblarni diplom, statuetka va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi.

Ushbu hayajonli daqiqalar bolalarga nafaqat quvonch ulashdi, balki ularni yanada sermahsul ijod qilishga ruhlantirdi. Taqdirlash marosimida san’atkor va ijodkor bolalar ishtirokida namoyish etilgan tantanali konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube