🇺🇿 Mahallalarni “qizil toifa”dan chiqarish davom etmoqda
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi Toshkent shahar sektorlari boshliqlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Yunusobod tumaniga tashrif buyurib, “Shoshtepa” va “Akbarobod” mahallalarining holati bilan tanishdi.
Sh. Umurzakov mahallalarda mavjud barcha kamchilik va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish zaruratini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, hududda band bo‘lmagan aholi sonining ko‘pligiga, ularni ish bilan ta’minlash borasida tezkor choralar ko‘rish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Mahallalarni boshqarish, rivojlantirish va obodonlashtirishda “yettilik” zimmasiga katta mas’uliyat yuklangani alohida ta’kidladi.
So‘ngra, Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev mahallalar infratuzilmasi va qiyofasini takomillashtirish, aholiga yanada qulaylik yaratish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga taqdimot qildi. Noqonuniy qurilishlarga chek qoʻyish natijasida aholining saʼy-harakatlari, hokimlik va poytaxt prokuraturasi koʻmagida mahallada kattalar va bolalar uchun qulayliklar yaratish uchun qo’shimcha maydon ochilganini taʼkidladi.
Shuningdek, elektr transport vositalarining soni muttasil ortib borayotgani sababli, har bir mahalla hududida elektr transport vositalarini quvvatlantirish shoxobchalarini tashkil etish zarurligi aytildi.
#Yunusobod
#Shoshtepa
#Akbarobod