Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
23.4K subscribers
26.4K photos
7.39K videos
1 file
16.3K links
Murojaatlar uchun: https://tashkent.uz/uz/virtual
Приём обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Site: www.tashkent.uz
Fb: fb.com/toshkenthokimligi
Ig: toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37

Matbuot kotibining sahifasi: https://t.iss.one/gulkasim
Download Telegram
#Toshkent_yoshlarni_sevadi #Bolalar #Konsert_shou

Bolajonlar uchun ajoyib tuhfa


Poytaxtimizda joylashgan Oʻzbekiston Milliy kino san’at saroyida bolalar uchun bepul konsert-shoular boshlandi. Bugun mazkur tadbir doirasida bolajonlarga “Mimi shouva “Billur boshmoqli qiz” musiqali tomoshalari namoyish etildi.

Madaniy tadbirlarga Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta’lim olayotgan 36 ming nafar o‘quvchilarni qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad bolalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va faol o‘quvchilarni rag‘batlantirishdan iborat.

Ma'lumot uchun, konsert-shou har kuni 4 marta — 3 ta o‘zbek tilida va 1 ta rus tilida namoyish etiladi va 13-dekabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10🔥1🤩1