Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
25.1K subscribers
23.9K photos
6.75K videos
15K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
November 1, 2024
November 6, 2024
December 11, 2024
December 17, 2024
December 24, 2024
December 25, 2024
December 26, 2024
December 30, 2024
January 11
January 13
January 13
January 14
January 23
January 26
January 27
🇺🇿#Quvayt_Ózbekiston
#Hamkorlik

🇺🇿🇰🇼O‘zbekiston va Quvayt hamkorligi: Sergeli tumani loyiha taqdimoti va kelgusi rejalar

O‘zbekistonning Quvaytdagi elchisi janob Ayubxon Yunosov va Quvayt oilasi vakili ishtirokida savdo, sanoat, restoran va mehmonxona xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv davomida Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdim etildi.

Taqdimot davomida Sergeli hududida yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, savdo va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Quvaytlik investorlar O‘zbekistonning bu boradagi imtiyozlari, davlat siyosati, soliqqa oid yengilliklar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Muzokaralar natijasida Quvayt oilasi vakili kelgusida Toshkent shahriga tashrif buyurishlari hamda Sergeli tumanidagi loyihalarni joyida ko‘rib chiqishlari kelishib olindi. Muzokaralarning keyingi bosqichi Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirildi, bu esa O‘zbekiston va Quvayt davlatlari o‘rtasidagi investitsion aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va Toshkent shahrining investitsion jozibadorligini keng targ‘ib qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 28
🇺🇿#Quvayt_Ózbekiston
#Hamkorlik

Sergeli tumani va Quvayt tadbirkorlari hamkorligi: yangi loyihalar fevral oyidan start oladi

⭐️Sergeli tumani hokimi boshchiligida tumanga investitsiyalar jalb qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Quvaytning yirik korxonalari – “Gulf Care General Trad. Co. W.L.L.” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu kompaniya Toshkent shahrida bir nechta yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Umumiy qiymati 50 million dollar deb baholanayotgan quyidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

Zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha doirasida xalqaro standartlarga mos yuqori texnologik laboratoriyalar va dorilar ishlab chiqarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Sergeli tumani hududida zamonaviy radiologik va molekulyar diagnostika markazi tashkil etish rejalashtirilgan.

Sergelidagi tibbiyot kolleji binosini rekonstruksiya qilish asosida davlat-xususiy sherikchilik asosida tibbiyot oliy maktabi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur ta'lim muassasalarida ta'lim olgan o'quvchi-yoshlarni kelajakda Germaniya davlatida malaka oshirish hamda ishlash uchun yuborish imkoniyatlari rejalashtirilgan.

Quvaytning "Al Murooj" ko'chasida tashkil etilgan loyiha kabi Sergeli tumanidagi "Yoshlar bog‘i" hududida 24/7 rejimida ishlaydigan restoran, kafe va boshqa xizmat turlarini taqdim etuvchi obyektlar qurish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Barcha kelishuvlarga ko‘ra, loyihalar fevral oyidan amaliy bosqichga o‘tadi.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 29
February 15
February 17
February 17