Tashrif davomida mahalladagi mavjud masala va muammolar tahlil qilindi. Ishchi guruh aʼzolari mahalla infratuzilmasi va qiyofasini bir meʼyorga keltirish, aholi uchun shaffof monitoring tizimini joriy etish, ularni istiqbolga moʻljallangan reja va oʻzgarishlardan xabardor qilish zarurligini muhokama qildi.
Bundan tashqari, ko‘chaboshi, uyboshi va yo‘lakboshi vazifalarini jonlantirish, keyinchalik ularga ijaraga olingan uylar va xonadonlarda yashovchi fuqarolarning ro‘yxatini yuritish, BSKlar ko‘magida va aholi ishtirokida uy-joylarga tutash hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi bir qator vazifalarni yuklash ko‘zda tutilmoqda.
“Avtomobilsiz hovli” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida mahalla hududida ko‘p qavatli avtoturargoh tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mahalla ahli o‘rtasida muloqot qilish, birgalikda tadbirlar o‘tkazish, azaliy qo‘shnichilik qadriyatlarimizni tiklash uchun sabab bo‘ladigan mahallaning jalb qiluvchi nuqtasini tashkil etish zarurligi ham aytildi.
Tashrif yakunida Sh.Umurzakov va ishchi guruhning boshqa a’zolari ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning holidan xabar olib, ularni kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bilan tabrikladi, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg‘alarni topshirdi.
#Yakkasaroy
#Bobur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM