Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
23.6K subscribers
25.8K photos
7.27K videos
1 file
16K links
Murojaatlar uchun: https://tashkent.uz/uz/virtual
Приём обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Site: www.tashkent.uz
Fb: fb.com/toshkenthokimligi
Ig: toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37

Matbuot kotibining sahifasi: https://t.iss.one/gulkasim
Download Telegram
📌#sayyor_qabul

Xotin-qizlar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Umarova boshchiligida shahar Bandlik bosh boshqarmasi Kompleans nazorati bo‘yicha mutaxassis B. Babaxonov bilan hamkorlikda  shaharda yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi  va o‘zga viloyatdan kelib bugungi kunda Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qolayotgan 20 nafarga yaqin xotin-qizlarning muammolari tinglandi.

Sayyor qabulda asosan uy-joy,  bandlik, sog'liqni saqlash yo`nalishlardagi  muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi  va ushbu murojaatlarning ayrimlari joyida o‘z yechimini topdi.

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/toshkent_shahar_xotin_qizlar_b

Facebook l YouTube l Instagram l
🇺🇿#Xabarlar
#Sayyor_qabul

Bugun Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Shahnoza Sultonovaning navbatdagi sayyor qabuli Sergeli tumanida boʻlib oʻtdi.

Daromad topish istagida murojaat qilgan, “Ayollar daftari”da turgan 2 nafar ayollarga uy sharoitida daromad topishlari uchun sharoit yaratish maqsadida, subsidiya asosida noutbuk hamda monoblok topshirildi.

Qabulga kelgan xotin-qizlarning sogʻligini tiklash, moddiy yordam, bandlik, kredit masalalaridagi murojaatlari masʼul tashkilot xodimlari ishtirokida koʻrib chiqildi. Fuqarolarga murojaatlari boʻyicha qonuniy tushuntirishlar berildi, tegishliligi boʻyicha barcha murojaatlar ijroga qaratildi va nazoratga olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Bugun Chilonzor tumanidagi "Al Xorazmiy" mahallasi idorasida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shahnoza Sultonova, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Abduqahhor To‘xtayev, Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va tuman hokimligi mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida 20 nafarga yaqin fuqarolar uy-joy bilan ta’minlanish, subsidiya asosida ipoteka krediti olish, salomatligini tiklash masalasida, mahallalardagi muammolarni bartaraf etishda yordam so‘rab, kommunal masalalarda murojaatlar qildi.

Ushbu murojaatlar mas’ul rahbarlar tomonidan sinchiklab o‘rganildi va muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

🔵Сhilonzor_tumani_hokimligi