Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
26.7K subscribers
23.3K photos
6.51K videos
14.6K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
#Chilonzor_tumani
#Tozalash_ishlari

Tumanimizning “Sharaf” mahallasi hududini, ichki ko‘chalarini qor va muzlamalardan tozalash ishlariga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xizmatchilari ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Tozalash ishlarida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga mahalla idorasi yoniga o‘rnatilgan ko‘chma oshxonada tayyorlangan taomlar va harbiy samovarda choy qaynatilib tushlik tashkil qilindi.

🔵
@chilonzor_tuman_hokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев Чилонзор саноат зонасидаги корхоналар фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятий Чиланзарской промышленной зоны.

#Mirziyoyev #tanishuv #Chilonzor #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
#JARAYON
#CHILONZOR_TET

DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan dasturga asosan hozirda poytaxtimizdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini va transformator punktlarini yangilash, modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida poytaxtdagi uzoq yillar davomida yangilanmagan, foydalanish muddatini o‘tagan va eskirgan elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilinmoqda.

Bugungi kungacha 934 kmdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari – rejaga nisbatan 103 foiz yangidan o‘tkazildi va 220 tadan ortiq transformator punktlari rekonstrukitsya qilindi va yangilandi.

🛠 Chilonzor tuman "Tirsakobod" MFY hududidagi RU-0,4 kVli TP-6042-sonli transformator punktida 1985-yildan buyon foydalanilgan 400 kVAli eski transformator yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirildi.

🛠 Bu bilan, ushbu mahalladagi 400 nafarga yaqin iste’molchilarni elektr ta`minoti bilan uzluksiz ta'minlash sifati yanada oshadi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Mahallalarni farovonlik va taraqqiyotning “yashil” toifasiga kiritish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda va amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizdagi sektorlar, obodonlashtirish korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, idora va boshqarmalar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Chilonzor tumanidagi “Ko’tarma” mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida mazkur mahallani “qizil toifa”dan chiqarishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi taqdim etildi.

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov aholi uchun munosib yashash va dam olish uchun sharoit yaratish, “Avtomobilsiz hovli” konsepsiyasini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etish, aholi o‘rtasida ishsizlik darajasini pasaytirish zarurligini ta’kidladi.


Aholi zich joylashgan tuman va mahallada, xususan, ko‘p qavatli turar-joy majmualari ko‘pligi, tezkor xizmatlarning kirishi imkoni, bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi boshqa joylardan ko‘ra keskinroq ekanligi alohida aytib o’tildi.

#Chilonzor
#Kotarma
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dushanba uchun dayjest

Bugun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, uning o‘rinbosarlari, poytaxtimizdagi sektorlar, tashkilot va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Yangihayot, Sergeli, Chilonzor hamda Uchtepa tumanlariga tashrif buyurib, “qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarning holatini o‘rgandi.

Tashrif chog‘ida, mahallalardagi mavjud muammo va masalalar tanqidiy tahlil qilindi, ularning infratuzilmasi, qiyofasini yagona standartga keltirish, aholi uchun shaffof monitoring tizimini yaratish orqali, reja va o‘zgarishlardan xabardor qilish zarurligi aytildi. Mahallalarning asl nazoratini fuqarolar qo‘liga topshirib, mahalla hududida doimiy daromad keltiruvchi obyektlarni tashkil qilish ehtiyoji ta’kidlandi.
Ko‘chaboshi, uyboshi, yo‘lakboshi kabi an’anani jonlantirish, ularning zimmasiga ijara uylarida yashaydigan aholining ro‘yxatini tuzib borish, BSKlar yordamida hamda aholini jalb qilgan holda uylar atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuklatilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, shahar gaz, suv, elektr va issiqlik ta’minoti korxonalari rahbarlarining zimmasiga kommunikatsiyalarga ortib borayotgan yuklamani va tumanlar rivojini hisobga olgan holda, quvvatini oshirib borish topshirig‘i berildi.

Har bir mahallada "mashinasiz hovli" konsepsiyasini amalga oshirish uchun ko'p qavatli turargohlarni tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

#Yangihayot #Sergeli #Chilonzor #Uchtepa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#CHILONZOR_TUMANI
#SHERZOD_ONASINING_YONIGA_QAYTADI

Bugun xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan fuqarolar holidan xabar olish, ona vatanga qaytarish choralarini ko’rish borasida tumanda ibrat qilib ko’rsatishga arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan bugun tuman hokimi Saidqaxxor Xo’lxo’jayev Kichik Хirmontepa mahallasi 21-uy, 11-xonadonda istiqomat qiluvchi Rossiya davlatida mehnat migranti bo’lib ishlayotgan Sherzod Zaxidov xonadoniga tashrif buyurdi.

🟢Tuman hokimi Sherzod bilan masofaviy video aloqa orqali suhbatlashdi, suhbat davomida Rossiya davlatidagi asosiy faoliyati, yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib, vatanga qaytishini, oilasi bag’rida bo’lish taklifini bildirdi, Sherzod tuman hokimi bilan birinchi marotaba ochiq gaplashayotganini, xonadoniga qilingan tashrif, bugungi kunda O’zbekistonda fuqarolarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar uni quvontirganini bot-bot takorlab, albatta tez kunlarda onasi bag’riga qaytishini bildirib o’tdi.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi