Forwarded from Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Yakkasaroylik 101yoshli momo
Bugun yurtimizda yuz yosh bilan yuzlashgan tabarruk insonlar hayotimizga ko‘rk bo‘lib umrguzaronlik qilmoqdalar. Oramizda asr bilan tengdosh duogo‘y otaxonu onaxonlarimiz borligidan quvonamiz. Chunki ana shu tabarruk insonlarning hayot yo‘llari biz uchun ibrat, pandu nasihatlari bilan esa hayotimiz yana-da fayzli, yo‘llarimiz ravon bo‘lishi shubhasiz.
👉🏻 Yakkasaroy tumanidagi “Belariq” mahallasida istiqomat qilayotgan Suyembika momo Sharipova ham yaqinda o‘zining muborak 102 yoshini qarshi oladi.
⚡️ - Onaxon nafaqat farzandlari, oilasi, balki mahallaning ham ko‘rki, - deydi “Belariq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.Israilov. - Kattayu kichik u kishini ziyorat qilishga, purmaʼno suhbatlaridan bahramand bo‘lishga, duolarini olishga intiladi.
🖇 Darhaqiqat, so‘zlari hikmat, yuzlaridan nur yog‘ilib turgan sodda va samimiy onaxon bilan suhbatlashib, hayotning oddiy haqiqatlari - halol mehnat, bag‘rikenglik va shukronalik insonni murodga, eʼzozu ehtiromga yetkazishini anglaganday bo‘lasiz.
⚡️ - Umrim mehnatda o‘tdi, - deydi onaxon. - Uzoq umr ko‘rishlik avvalo, Yaratganning marhamati, qolaversa, halol mehnat, ko‘ngil xotirjamligi, bag‘rikenglik, odamlarga yaxshilik qilish inson umrini uzun va ziynatli qiladi. Men o‘tayotgan umrimga shukr qilaman. Shuncha yil yashadim, rizq-nasibam kam bo‘lmadi. Davlatimiz men kabi keksalarga hurmat, eʼzoz ko‘rsatmoqda. Bundan ortiq baxt yo‘q, bolam.
✨ Ha, Suyembika momoning tilidan shukronalik tushmaydi. O‘tgan hayotini, boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarni, farzandlarini oyoqqa turgazguncha chekkan azoblarini, navqiron paytlarida tong saxardan kech oqshomgacha dalada tuproq kechib, g‘o‘za chopganiyu sholi o‘taganlarini ertakday so‘zlaydi.
🤲🏻 Onaxonning xotiralarini tinglab, ana shunday qiyinchiliklarni, og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazgan Mayizxon momo kabi minglab o‘zbek ayolarining irodasiga, sabr-bardoshiga har qancha tahsinlar aytsa arziydi. Qanday kunlarni boshidan o‘tkazmasin, muhtarama ayollarimiz mehr-oqibatni, xalqimizga xos andisha, oilaga sadoqatni aslo unutgan emaslar.
✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
#yakkasaroyda_keksalar_haftaligi

Aql maydonchasi
✨ Shaxmat inson miya faoliyatini tinchlantiruvchi, diqqatni jamlovchi, estetik zavq ulashuvchi mashg‘ulot hisoblanadi. Bu o‘yin kishi aqliy salohiyatini rivojlantirishi fanda isbotlangan.
✨ Bugun Yakkasaroy tumanidagi O‘zbekiston Davlat amaliy sanʼat muzeyida “Keksalar haftaligi” doirasida sportning shaxmat-shashka turlari bo‘yicha yoshlar va keksalar o‘rtasida «Avlodlar bellashuvi» sport musobaqasi o‘tkazildi.
👉🏻 Unda tumandagi Yunus Rajabiy mahalla nuroniylari yoshlar bilan bellashdilar. Bellashuv so‘ngida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✍🏻 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
#yakkasaroyda_keksalar_haftaligi
#неделя_старшего_поколения