Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
5.98K subscribers
8.9K photos
850 videos
112 files
3.29K links
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари Тошкент шаҳридаги 3-Катта Чилонзор маҳалласида амалга оширилган бунёдкорлик ишлари билан танишди, маҳалла фаоллари ва нуронийлар билан суҳбатлашди.

Глава государства ознакомился с проведенной созидательной работой в махалле Катта Чилонзор-3 города Ташкента, побеседовал с активистами махалли и представителями старшего поколения.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Яшнобод туманидаги Дилбоғ маҳалласида бўлиб, аҳоли турмуш шароити билан яқиндан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Дилбог в Яшнабадском районе столицы и ознакомился с условиями жизни населения.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев маҳаллалар ободлигини таъминлаш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по обеспечению благоустройства махаллей.

#Mirziyoyev #taqdimot #mahalla #servis

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #mahalla_muloqoti
#saylovchilar_bilan_uchrashuv

❗️Deputat Jamila Shermuhammadova saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


📌 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, progressiv hayot tarzi va ijtimoiy munosabatlar jarayonida deputatlarning mahalla aholisi bilan hamohang ishlashi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, UzLiDEP a’zosi Shermuhammadova Jamila Toshpo‘latovna Chilonzor tumani “Cho‘lpon ota” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilari bilan muloqot o‘tkazdi.

📣 Uchrashuv davomida deputat Prezidentimizning Toshkent viloyati hamda Qashqadaryo viloyatlariga qilgan tashriflari mazmuni bilan aholiga batafsil tanishtirdi. Muloqot davomida mahalla aholisi o‘zlarining dolzarb masalalari, taklif va murojaatlarini deputatga yetkazishdi.

✏️ Xususan, 44–47-uylar oralig‘ida joylashgan yo‘lning xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar uchun maxsus belgi, zarur bo‘lsa, svetofor o‘rnatilishi taklif etildi. Shuningdek, bolalar o‘yin maydonini ta’mirlash, yangi o‘yin uskuna va moslamalar o‘rnatish, mahalla binosida o‘smirlar uchun shaxmat-shashka va kitob javonlari bilan jihozlangan xona ajratish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🗞 Yana bir muhim jihat shundaki, uchrashuv davomida ko‘zi ojiz fuqarolar ham o‘z murojaatlari bilan chiqishdi. Ular yo‘l belgilarining ovozli signal bilan jihozlanishi, xavfsiz harakatlanishlari uchun sharoitlar yaratilishini so‘rashdi. Deputat bu masalani alohida nazoratga olib, imkon darajasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishini ta’kidladi.

💡 Bundan tashqari, Archa va Lutfiy ko‘chalari kesishmasida joylashgan sport maydonchasini ta’mirlab, aholining jismoniy sog‘lomlashtirishiga xizmat qiladigan sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

✍️ Deputat Jamila Shermuhammadova barcha murojaatlarni yozma tarzda qabul qilib olib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganib chiqish va ikki hafta muddatda fuqarolarga aniq javob berish choralarini ko‘rmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1