Серия пенальти_O'Z
94 subscribers
2 photos
1 video
36 links
Mamlakat va dunyoda sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha tahliliy penalti uramiz.
Maqola yozishga erinchoqlik qilgan, lekin nimadir deging kelgan paytda.
Muallif g'oyalari hukumat, fuqarolik jamiyati va folloverlar fikrlari bilan mos kelmasligi mumkin😈🤔
Download Telegram
Серия пенальти_O'Z
(1/3) Nazarimda, Toshkent rossiyalik san’atkorlar, madaniyat va san’at arboblarining qadamjosiga aylanib qolganini hamma payqadi. Afsuski, ularning aksariyati urushga qarshi chiqayotgan emas, balki bu urushni faol ravishda qoʻllab-quvvatlayotgan z-sanʼatkorlardan…
(2/3)
Ushbu guruhning ikkinchi toifasi yanada xavfliroq. Bular rus dunyosining mafkuraviy vositachilari. Bular vayron qilingan Mariupol va Baxmut manzaralaridan zavq oladigan, yangi vayronagarchiliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni sabrsizlik bilan kutadigan, Rossiyaning (chor, Sovet yoki Putin Rossiyasi boʻladimi, ular uchun farqi yoʻq) qaytishiga umid bilan yashaydigan kishilar. Bular bugungi kunda Ukrainaning bosib olingan hududlarida Kreml amaldorlari sifatida faoliyat yuritayotgan potensial pushilinlar, motorolalar, saldo va boshqa banditlardir. Eng xavotirlisi shundaki, ular, odamlar taʼbiri bilan aytganda, mahalliy ekspertlar hamjamiyati orasida ham yetarlicha topiladi. "Podrobno" yoki "Sputnik" ni oʻqing - u yerda bundaylar juda koʻp🤥 Bu odamlar ruhan O‘zbekistonda emas, rus dunyosida yashaydi. Ularni O‘zbekiston va o‘zlari yashayotgan boshqa davlatlar mutlaqo qiziqtirmaydi. Shuning uchun tarix darsliklari tili bilan aytganda, bundaylar shahar kalitini bosqinchiga bajonidil topshiradilar.

Ikkinchi guruh. «Ezgu niyatli ahmoqlar» deb yuritiladigan kishilar. Oʻzlarini atrofda nima boʻlayotganini tushunmayotgandek koʻrsatadigan yoki haqiqatan ham tushunmaydigan kishilar. Rus armiyasi ukrainaliklarni qirib, Ukraina shaharlarini yer yuzidan supurib tashlayotgan bir paytda, Pushkin va Chaykovskiydan xavotirlanadigan Leopold mushuklar😏 Madaniy tinchlikparvarlar. Ularning pozitsiyasida bitta yirik muammo bor. Pushkin va Chaykovskiy Putin rejimi tomonidan boshlangan urushdan aziyat chekkan taqdirda ham, bu vaqtincha. Chunki ularda bu rejim bilan hech qanday umumiylik yo‘q, rus klassik madaniyatining qolgan qismida ham. Putinizm qulagandan keyin, rus siyosatchilari imperializmdan voz kechgan taqdirda, Pushkin, Chaykovskiy va boshqalar 24-fevralgacha mavjud boʻlgan joylariga yana qaytadilar.

Sanʼat va madaniyat olamining zamonaviy rus vakillari haqida nima ham deyish mumkin. Urushga qarshi chiqmoqchi boʻlganlarning hammasi allaqachon qarshi chiqib boʻlgan. U yoki bu sababga koʻra sukut saqlashni maʼqul koʻrganlarning hammasi allaqachon sukut saqlagan. Urushni madh etadigan, propaganda ruhidagi shou va kontsertlarda ishtirok etadigan, Putinning ritorikasini ilgari surish bilan shugʻullanadigan faol z-sanʼatkorlar o‘z shaʼnlariga abadiy dog‘ tushirib boʻlganlar. Shu bois, bu kabi sanʼatkorlarning kontsertlariga tashrif buyurganda «Bu yerda nimalar boʻlyapti?!» deya hayratlanish, yumshoq qilib aytganda, nooʻrin. Ezgu niyatli ahmoqlarning ongiga yetib borish juda qiyin. Afsuski, bundaylarning ongiga faqatgina ularga notanish boʻlgan ukrain shaharlaridagi uylarga emas, balki oʻz uylariga kelib tushgan raketalar yetib borishi mumkin. Yoki agressor tomonidan bosib olingan hududlardagi ukrain bolalarining emas, balki ularning farzandlari o‘g‘irlanishi. Bu guruh odamlar tajovuzkor emas, biroq, afsuski, ularning tinchlikparvarligi aslida agressor foydasiga ishlaydigan oʻyin ekanligini tushunishmaydi.

Uchinchi guruh. Oʻzini siyosatdan yiroq - apolitik deb ataydigan kishilar. Umuman olganda, apolitiklik yuzasidan mening oʻz qarashlarim bor. Shunday apolitiklik mavjudki, u siyosat bilan shugʻullanishni istamaslikdir. Bu mutlaqo odatiy hodisa - hamma ham siyosatchi boʻlishni istamaydi va bu ularning huquqi🤷‍♂️

Va shunday apolitiklik ham mavjudki (bu toifadagilar kamida oʻzlarini aynan shunday koʻrsatishadi), bu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tushunish, chuqurroq oʻrganish va ularga aralashishni istamaslikdir. Men odamlarning bu shaklda apolitik boʻlish huquqiga qarshi chiqyapmanmi? Albatta yoʻq. Bu ham ularning huquqi. Biroq, bu pozitsiyani tushunolmayman ham. Chunki zamonaviy dunyoda o‘zini ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan olib qochishga urinish muvaffaqiyatsiz boʻlib chiqadi. Va koʻp hollarda bunday apolitik kishilar qarshilik koʻrsatish va oʻz huquqlarini himoya qilishga unchalik tayyor boʻlmaganliklari sabab istalgan repressiv rejimning ilk qurbonlariga aylanishadi. Apolitik rossiyaliklar siyosatning mobilizatsiya haqidagi xabarlari yetib kelganida, qanday qilib qoʻshni davlatlarga qochib qolishgani esingizdadir?👀

👇👇👇
👍3
Серия пенальти_O'Z
(2/3) Ushbu guruhning ikkinchi toifasi yanada xavfliroq. Bular rus dunyosining mafkuraviy vositachilari. Bular vayron qilingan Mariupol va Baxmut manzaralaridan zavq oladigan, yangi vayronagarchiliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni sabrsizlik bilan kutadigan, Rossiyaning…
(3/3)
Mavzuga qaytsak. Bu guruh kishilar siyosatdan tashqari madaniyat tamoyilini ilgari suradi. «Biz siyosatga aralashishni xohlamaymiz, konsert tinglashni xohlaymiz». Oʻz-oʻzidan, mazkur tamoyil ishonchli. Biroq, u madaniyatning oʻzi unga ergashgandagina ishlaydi. Agar qizimga Raxmaninov asarlarini qoʻyib eshittirsam — bu siyosatdan tashqari madaniyat. Raxmaninov Putin rejimining harbiy jinoyatlari uchun javobgar emas. Biroq, oʻsha Mixalkovlar, Gazmanovlar va boshqalar — javobgar. Shuning uchun ularning konsertlariga borish — bu madaniy tadbirlarga tashrif buyurish emas, balki, birinchi navbatda, ular targʻib qilayotgan siyosiy kun tartibini maʼqullash demak. Bu Kreml rasmiylarining mamlakatlarimizni shantaj qilish, bosqinchilik urushlarini olib borish va postsovet makonini beqarorlashtirish huquqini qonuniylashtirish demakdir.

Apolitiklikning bunday koʻrinishi befarqlik bilan bir xil. Va bu, bizga maʼlumki, faol agressiyadan ham yomonroq. Ikkinchi holda, biz tahdid qayerdan kelib chiqqanini bilamiz. Birinchi holda esa — nima kutish mumkinligini hech qachon bilolmaysiz.

Ma’lum bo‘ladiki, shahrimizda o‘zini oʻz uyidadek his qilayotgan z-sanʼatkorlar muammosi faqatgina nima uchundir ularni mamlakatga kiritib, itoatkorona sukut saqlash Kreml imperializmidan qutqarishiga umid qilishda davom etayotgan amaldorlarimizning muammosi emas. Bu, shuningdek, jamiyatimizdagi ushbu sanʼatkorlarga - va rus dunyosining butun kun tartibiga ham - mavjud boʻlgan talab bilan bogʻliq muammodir. Chunki z-sanʼatkorlarning tashriflariga yoʻl qoʻyib berganlik uchun eng munosib javob — boʻsh zallar boʻlishi mumkin edi. Jamiyatimizda tajovuzkor Kreml revanshizmining mafkuraviy muxlislari borligi, bu odamlar jismonan bu yerda yashab turgani holda, ruhan O‘zbekistondan tashqarida yashayotganligidan dalolat beradi. Xuddi arab, turkiy, gʻarb, tolibon, xitoy va boshqa makro dunyo muxlislari kabi. Darvoqe, bu mamlakatimizdagi tugallanmagan fuqarolikni juda yaxshi namoyon qiladi🤷‍♂️

Bunday status-kvo har qanday mamlakat uchun potensial xavf tugʻdiradi va uzoq muddatda koʻplab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, agar siyosiy elita mamlakatni faqatgina hamma narsa maksimal darajada siqib chiqarilishi kerak boʻlgan feodal meros sifatida qabul qiladigan, milliy manfaatlarni himoya qilish haqida qaygʻurmaydigan, doimiy ravishda hokimiyatni saqlab qolishiga imkon beruvchi qandaydir tashqi markazni qidiradigan boʻlsa. Bunday ssenariyda jamiyat birinchi navbatda davlat bilan, keyin esa mamlakat bilan aloqani yoʻqotadi, chunki bunda hokimiyat, davlat va mamlakat tushunchalarini bir butunga birlashtiruvchi hamma narsani hokimiyat amalga oshiradi. Fuqarolik jamiyatining kuchli institutlari mavjud boʻlmagan sharoitda —avtoritar tizimlarda shunday boʻlishi kunday ravshan — bu oʻzlikni himoya qiladigan hech kim yoʻq, mamlakatning hech kimga keragi boʻlmay qoladi va asta-sekin, baʼzida ekzistensial inqiroz tomon siljiydi.

Chin dildan umid qilardimki, biz bunday inqirozga duch kelmaylik. Biroq, shunday inqiroz vujudga kelgan taqdirda, bizning siyosiy elitamiz va jamiyatimiz turli makro dunyolardan chiqib keta oladimi, ruhan va jismonan Oʻzbekistonga qayta oladimi, birlashib, qarshilik koʻrsata oladimi - hozirning oʻzida aniq bir narsa deya olmayman. Ukraina🇺🇦 buni bir yildan koʻproq vaqt davomida uddasidan chiqib kelmoqda. Bizga bularning barchasini amalda boshdan oʻtkazishga toʻgʻri kelmasa, juda maqsadga muvofiq boʻlardi.

Rossiya shou-biznesi, sanʼati va madaniyatiga kelsak, mening pozitsiyam juda oddiy. Bu rossiyalik sportchilarga nisbatan XOQ sxemasiga mos keladi. Mamlakatga Z-bannerlari ostida minbarga koʻtarilmagan va Putin imperializmiga qarshilik koʻrsatishdan qoʻrqmaydiganlarni kiritish kerak. Misol uchun, Shevchuk, BG, Spleen, Noize, Monetochka, Bi-2 va boshqalar — doim marhamat. Z-sanʼatkorlar Lujnikidagi paradlarda kuylay qolishsin. Rus dunyosi ixlosmandlari ularni, tomosha qilishni hech kim taqiqlamayotgan, istalgan rus kanallarida tomosha qilishlari mumkin😈🤔
👍42👎2🤔1
(1/2)
Oxirgi haftalar Ozarbayjon🇦🇿 va Armaniston🇦🇲 oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi yuzasidan muzokaralarning yangitdan faollashuvi bilan eʼtiborga molik boʻldi. Ayniqsa, Aliyev va Pashinyanning Kishinyovdagi🇲🇩 stol atrofida hamda Erdog‘anning🇹🇷 inauguratsiyasi paytida tik oyoqda kechgan uchrashuvlari aks etgan kadrlar diqqatga sazovor. Tomonlar yuzma-yuz muloqot yo‘lida kamtarona qadam tashlamoqda. Hech boʻlmaganda boshqa tadbirlar maydonlarida. Qandaydir detallarni muhokama qilish uchun hech boʻlmaganda bir necha daqiqa. Darvoqe, Pashinyanning Erdog‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etishi ham bir tomondan Armaniston bilan, ikkinchi tomondan Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi murosa jarayonining sezilarli oldinga siljiganligidan dalolat beradi.

Boku va Yerevan oʻrtasidagi tinchlik shartnomasi faqatgina Ozarbayjon va Armaniston tomonlari uchun ahamiyatga ega boʻlgan odatiy voqea emas. Bu Janubiy Kavkazdagi geosiyosiy vaziyatni tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkin boʻlgan hodisa. Bu mintaqani (hech boʻlmaganda, Ozarbayjon va Armanistonni) Kreml ularni doimiy ravishda shantaj qilib, oʻz orbitasida ushlab turish (kimnidir koʻproq –kimnidir kamroq) maqsadida foydalandigan taʼsir kuchidan xalos etadi. Qorabog‘ mojarosi yo‘q – Armanistonning o‘lik KXShT tarkibida bo‘lish va go‘yoki davlatni himoya qilish evaziga Kreml dasturiga amal qilishiga hojat ham yoʻq. Qorabog‘ mojarosi yo‘q – Ozarbayjonda 2020-yil mojaroni kuch bilan hal qila olmagan vaqtida oʻz hududiga kiritishga majbur bo‘lgan Rossiya harbiy kontingentidan xalos bo‘lish imkoniyati mavjud. Qorabog‘ mojarosi yo‘q – har ikki davlatda butun mintaqa rivojiga turtki beradigan ko‘plab infratuzilma va transport loyihalarini amalga oshirish salohiyati mavjud🤷‍♂️

Shunga qaramay, men muzokaralar jarayoni haqida, shuningdek, mojaroni hal qilishdan kim koʻproq manfaatdor ekanligi va bu qanday istiqbollarni ochishi haqida allaqachon yozganman. Yuqoriroqdan qidirib koʻrishingiz mumkin. Darvoqe, biz «Munozarali masalalar» («Спорные вопросы») podkastining keyingi sonlardan birini ushbu mavzuga bagʻishlash niyatidamiz. Shunday ekan, obuna boʻling👉 https://www.youtube.com/@spornievoprosi va kuzatib boring👀

Bugun men boshqa narsa haqida soʻz yuritmoqchiman. Barcha muzokaralar davomida tomonlar va vositachilar hududiy jihatlarni: yaxlitlik, chegaralar, maqomlar va boshqalarni faol muhokama qilmoqdalar. Bular, shubhasiz, tinchlik shartnomasi tuzilmasini belgilab beruvchi muhim masalalar. Ayni paytda, ikki mamlakat jamiyatlari oʻrtasidagi aloqalarni tiklash masalasi deyarli tilga olinmayapti — eng kamida, hech kim bunga eʼtibor qaratmayapti.

Buni nima uchun muhim deb hisoblashimni tushuntiraman. Ozarbayjon va Armanistonda 30 yildan ortiq vaqt mobaynida shunday avlod yetishib chiqdiki, ularning ongida har ikki davlat hokimiyati ularga qo‘shni yashaydigan va ular bilan omon qolish yoʻlida muqaddas urush olib borayotgan dushman qiyofasini tarbiyaladi. Shunday avlod yetishib chiqdiki, bir-biri bilan muloqot qilmaydi va bir-birini tanimaydi. Tinch-totuv qoʻshnichilikda yashash tajribasiga ega bo‘lmagan bu avlod aloqalarni tiklashga qodir emas. Shuningdek, bu avlod mojaroning 1988-1994-yillardagi qizgʻin bosqichini boshdan kechirmaganligi, faqatgina 2020-yilgi urushga guvoh boʻlganligi — faol qatnashganligi — ham vaziyatni murakkablashtirmoqda. Ya’ni, bu avlod vakillari o‘rtasida endi eski urushning qurigan qoni emas, balki 3 yil avval jangga jo‘natilgan tengdoshlarining yangi qoni mavjud😕

👇👇👇
👍1
Серия пенальти_O'Z
(1/2) Oxirgi haftalar Ozarbayjon🇦🇿 va Armaniston🇦🇲 oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi yuzasidan muzokaralarning yangitdan faollashuvi bilan eʼtiborga molik boʻldi. Ayniqsa, Aliyev va Pashinyanning Kishinyovdagi🇲🇩 stol atrofida hamda Erdog‘anning🇹🇷
(2/2)
Qorabog‘ mojarosini hal qilishning hududiy formulasini o‘ylab topish endilikda unchalik qiyin emas. Tomonlar allaqachon bir-birlarining hududiy yaxlitligini tan olishlarini maʼlum qilishdi — bu tinchlik shartnomasi uchun asos vazifasini oʻtaydi. Qorabog‘ning u yoki bu maqomi uchun esa ko‘plab variantlarni topish mumkin. Biroq, 30 yil davomida ikkinchi tomonni faqat dushman qiyofasida koʻrgan odamlarga endi ular bilan tinch-totuvlikda yashash kerakligini qanday tushuntirish mumkin? Tinchlik shartnomasini imzolash uchun ekzistensial dushmanga taqdim etilishi zarur boʻlgan imkoniyatlarni bu ikki jamiyatda qanday qilib «oʻtkazish» mumkin? Har ikkala mamlakatda tinchlik shartnomasiga nisbatan ichki qarshiliklar bilan qanday kurashish mumkin? Hech kimga sir emaski, Ozarbayjon va Armanistondan tashqarida tugʻilib oʻsgan arman yoki ozarbayjon millatiga mansub uchinchi davlat fuqarolari bir-biri bilan normal muloqot qilishadi. Koʻpincha ular nafrat propagandasidan tashqarida yashadilar va agar bu ularni xafa qilgan taqdirda ham, faqatgina shu jamiyatga mansublik nuqtai nazaridan. Biroq, hatto ular uchun ham bu muloqotni qurish qiyin. Ozarbayjon va Armanistonda yashaydigan odamlar haqida nima deyish mumkin?

Tinchlik shartnomasining imzolanishi ikki davlat va ularning siyosiy elitasini yarashtiradi. Biroq, bu ikki xalqni bir kechada yarashtira olmaydi. Boku va Yerevan bu haqda hozirdanoq bosh qotirishlari lozim. 30 yil davomida bir-biriga nisbatan tajovuzkorlik ruhida tarbiyalangan odamlar, ularning mamlakatlari rahbariyati qandaydir hujjatga imzo chekkanligi uchungina quchoqlashishga shoshilmaydilar. Shartnoma imzolangandan soʻng, ichki koʻchirilganlar – armanlar ham, ozarbayjonlar ham – darhol oʻz uylariga qaytib, umumiy dasturxonga yigʻilishlari, birgalikda doʻlma pishirishlari, qoʻshiq aytishlari, raqsga tushishlari va oʻz mamlakatlari farovonligi uchun chiroyli tostlar aytishlarini tasavvur qilish qiyin. Bunday boʻlmaydi. 30 yil ichida haddan tashqari koʻp fojialar sodir boʻldi, odamlar haddan tashqari uzoq vaqt davomida muloqot qilishmadi🤷‍♂️

Shu bois, Ozarbayjon va Armaniston hukumatlari muzokaralar kun tartibiga jamiyatlar o‘rtasida muloqotni parallel ravishda yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan mexanizmlarni qo‘shishlari zarur. Qoʻshnilarni gʻayriinsoniylashtirish jarayonini toʻxtatish lozim. Yoshlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish kerak. Buni odatdagidek madaniyat va sportdan boshlash mumkin. Qoʻshma kontsert yoki futbol oʻyinini tashkil qilish mumkin — boshlanishiga hatto neytral hududda boʻlsa ham. Ziyolilar vakillari, jamoatchilik fikri yetakchilari, ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etish mumkin. Ular qoʻllab quvvatlaydigan, milliy madaniy markazlarimizning analogi boʻlgan tashkilotlarga markazlararo urushlar o‘tmishda qolishi kerakligi haqida aniq xabar yuborish mumkin. Toshkentdagi o‘sha arman va ozarbayjon madaniyat markazlari o‘rtasidagi aloqada qanday muammolar borligini o‘zim bilaman. Oʻz vaqtida bunga oʻzim guvoh boʻlganman😏

Shuningdek, bu jarayonga xorijiy diasporalar va jamiyatlarni jalb qilish zarur. Ularda bir-birlari bilan muloqot qilish borasida ijobiy tajriba mavjud. Binobarin, ikki xalq o‘rtasidagi muloqot uchun osoyishta media muhitini shakllantirishda ularga alohida mas’uliyat yuklanadi. Va ularning yordami bilan — ehtimol, ularning saʼy-harakatlari bilan — Ozarbayjon va Armaniston fuqarolari oʻrtasida yarashuv tadbirlarini tashkil qilish mumkindir. Darvoqe, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston ham shunday tadbirlar o‘tkaziladigan maydonga aylanish imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rishi lozim. Ishoning, bu Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun jangari afgʻon guruhlarini toʻplashga urinishdan koʻra osonroq👀
👍1
Серия пенальти_O'Z
(2/2) Qorabog‘ mojarosini hal qilishning hududiy formulasini o‘ylab topish endilikda unchalik qiyin emas. Tomonlar allaqachon bir-birlarining hududiy yaxlitligini tan olishlarini maʼlum qilishdi — bu tinchlik shartnomasi uchun asos vazifasini oʻtaydi. Qorabog‘ning…
Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarning potensial normallashuvi Putinning Ukrainadagi🇺🇦 urushi muvaffaqiyatsizlikka uchragani tufayli mumkin boʻlgan jarayonlardan biridir. Men buni har doim taʼkidlaganman va Ukraina xalqining qarshilik koʻrsatishi postsovet makonidagi mamlakatlarga oʻzlarining turgʻun masalalarini hal qilish uchun qulay fursatni yuzaga keltirganligini takror aytishdan charchamayman. Aynan shu bois Ozarbayjon va Armaniston tarixiy voqea ostonasida turibdi. Shuning uchun ham ular bu imkoniyatdan unumli foydalanishga, tarixiy bahslarga oʻralashib oʻtirmasdan, uzoq davom etgan mojaroga chek qo‘yishga va oldinga qarab taraqqiy etishda davom ettirishga majbur. Koʻramiz, ular va boshqa barcha postsovet davlatlari va jamiyatlari bunday qulay fursatni boy bermaslik uchun kamoloti yetarmikan😈🤔
👍4
(1/3)
Prigojinning bir kunlik isyoni🔥 Putin rejimi va shaxsan Putinning mavqeyiga nisbatan kuchli zarba bo‘ldi. O‘rta muddatli istiqbolda bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin — nafaqat mavqe nuqtai nazaridan. Eng kamida, Putin Rossiyasidan failedstate maqomigacha bir qadam (ehtimol, allaqachon shundaydir) ekanligi endi barchamizga ayon bo‘ldi. Vagnerlarning poytaxtga yurishiga javoban butkul vahima ichidagi betartib munosabat Putin hokimiyati mamlakatdagi vaziyatni nazorat qila olmasligi va unga tezkor javob bera olmasligini ko‘rsatmoqda.

Prigojin nima sababdan Moskvaga bir necha soatlik yo‘l qolganda to‘xtadi va bu epizod qanday nihoyalandi — buni tez orada bilib olamiz. Bu bizga kadrlar o‘zgarishi, kimningdir yo‘q qilinishi (Prigojinning o‘zi yoki o‘sha Shoygu va Gerasimov), shuningdek, Rossiya hukumati ichidagi yangi ittifoqlar orqali ma’lum bo‘ladi. Biroq, Putin siyosiy tizimining yemirilishi tezlasha boshlagani aniq👀 Shu bois, kecha Putin hukmronligi tugashi bilan Rossiya qanday falokatga duch kelishi mumkinligi haqida o‘ziga xos tizer paydo bo‘ldi.

Biroq, bu bilan endi rossiyaliklar shug‘ullanaverishsin. Men, avval ham aytganimdek, o‘zbekning «Qizim, senga aytaman – kelinim, sen eshit», degan maqolini yaxshi ko‘raman. Keling, bu vaziyatdan qanday saboq olingani haqida fikr yuritib ko‘ramiz.

Lesson learnt №1.
Toabad qayta tiklanib turuvchi o‘zgarmas hokimiyat barqarorlik garovi, degan fikr — hukumatparast propagandistlar va loyalistlarning yolg‘onidan boshqa narsa emas🤥

Siyosiy plyuralizm va raqobat mavjud bo‘lmagan tizimda amal qiluvchi o‘zgarmas hokimiyat — muqarrar turg‘unlik va tanazzul demak. Bunday hokimiyat kundan-kunga samarasiz bo‘lib boraveradi. Bunday tizimda oldinga siljish bo‘lishi mumkin emas — faqat shu hokimiyatning o‘zini saqlab qolish uchun bir joyda depsinib turish boʻladi. Bunday tizim har qanday professionalni sadoqatli amaldor foydasiga siqib chiqaradi. Bunday amaldorlar esa faqatgina o‘z manfaatlari va rahbariyatga chiroyli hisobot yetkazish haqida o‘ylaydi🤦‍♂️ Bunday siyosiy tizim bodring tuzlangan bankaga o‘xshaydi. Ular orasiga yangi uzilgan bodring qo‘shsangiz, tez orada uning yangiligidan asar ham qolmaydi.

Rossiya armiyasi, mahalliy hokimiyatlari, markaziy hukumatning inqirozli vaziyatni boshqarish qobiliyati, rossiyaliklarning o‘zi qay holatda ekanligini ko‘ryapsizmi? Axir Putin hokimiyati «dahshatli 90-yillar takrorlanmasligi»ning kafolati evaziga qayta tiklangan edi-ku. Nazarimda, hozir tanqidiy fikrlashga qodir rossiyaliklar bugungi davrni o‘sha «dahshatli 90-yillar»ga bajonidil almashgan bo‘lardilar.
Nollashtirishni oqlash uchun foydalaniladigan bu soxta barqarorlik davlat institutlari va davlat boshqaruvi organlarining parchalanishiga olib keladi. Turg‘unlikka yuz tutgan mamlakat asta-sekin o‘z qobig‘iga o‘ralib qoladi va tobora kamroq odamni qiziqtiradi. Va bordi-yu avtoritar hukumat o‘z aholisi va qo‘shnilarini dahshatli tush ko‘rmaydigan darajada aqlli bo‘lsa, xalqaro hamjamiyat ham unga hurmat bilan qaraydi. Qaysidir lahzada hukumat es-hushini yoʻqotsa va «qizil chiziq»ni kesib o‘tsa (ichki yoki tashqi maydonda), darhol qarshi choralar vositasida quvilganlar safiga qo‘shiladi.

Lesson learnt №2.
Rus propagandasining notiqlik mahoratida qanchalik zaifligini payqadingizmi? Hech kim konstitutsiyaviy tuzum va amaldagi prezidentni himoya qilib chiqmaganini payqadingizmi?😶

Hukumatparast ekspertlar o‘z xo‘jayinlarini qanchalik madh etib, ularning donishmandligi haqida qanchalik bong urmasin, yollangan trollar qancha maqtovli izohlar qoldirmasin, qancha mashhurlar sevgi va sadoqat qasamini ichmasin, qancha odam mamlakatda sodir bo‘layotgan hodisalarga befarq emasligini aytib, majburan hayqirmasin, avtoritar hokimiyat oʻsha-o‘sha. Inqiroz yuzaga kelganda doimo muammo bilan yolg‘iz o‘zi yuzma-yuz qoladi.

👇👇👇
👍2
Серия пенальти_O'Z
(1/3) Prigojinning bir kunlik isyoni🔥 Putin rejimi va shaxsan Putinning mavqeyiga nisbatan kuchli zarba bo‘ldi. O‘rta muddatli istiqbolda bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin — nafaqat mavqe nuqtai nazaridan. Eng kamida, Putin Rossiyasidan failedstate…
(2/3)
Propaganda va yollangan ekspertlar bilan hammasi juda oddiy. Siyosiy fohishalik bejizga fohishalik deb atalmaydi. Bunda qoidalar standart. Pul yoki, siyosat nuqtai nazaridan, hokimiyat kimning qo‘lida bo‘lsa (har ikkisi bo‘lsa, yanada yaxshi), o‘shanga xizmat ko‘rsatiladi. Shu sababli, propagandistlar kommunizm qurish haqida gapirishlari, keyin yangi rivojlanish modeli haqida qasidalar o‘qishlari, keyin qandaydir yangi strategiya sabab bu haqda unutib yuborishlari mumkin, biroq ular o‘zlarini boshqa birovga sotishlari kerak bo‘lganda, undan ham hech bir qiyinchiliksiz ajralishga qodir.

Jamiyatga kelsak, fuqarolik faolligini bostirish va repressiya uning amaldagi hukumatdan charchashiga va bu hukumat bilan nima sodir bo‘lishiga befarq bo‘lib qolishiga olib keladi. Hatto mamlakatning kelajagi xavf ostida qolgan taqdirda ham🤷‍♂️ Uzoq yillar davomida qasr va bunkerlarda o‘zini jamiyatdan ataylab uzoq tutgan, odamlarni masxara qilgan, erkinliklarini cheklaganlarni himoya qilishni hech kim istamaydi.

Avtoritar hokimiyat o‘z yolg‘izligini PR kampaniyalari bilan to‘ldirishga urinadi. Festivallar, sport musobaqalari, konferensiyalar — barchasi o‘zini yolg‘iz his qilmaslik va o‘z nomiga aytilgan yoqimli so‘zlarni tinglash uchun. Biroq, bu «ommaviy sahna» rejimi bilan eng muhim narsaga — haqiqiy qoʻllab-quvvatlash va ana shu hukumat himoyasi uchun ko‘chaga chiqishga tayyor fuqarolarga ega boʻlish imkonsiz.

Lesson learnt №3.
Negadir bu saboq hech bir avtoritar hukumatga yetib bormaydi va ular qayta-qayta bir xil xatoni takrorlayveradilar. Avtoritar hokimiyat erkin fuqarolar va erkin fuqarolik jamiyatidan oʻlgudek qoʻrqadi, raqobatdan oʻlgudek qoʻrqadi. Va oʻzgacha fikrlilikka nisbatan bosim oʻtkazish uchun radikal (diniy, siyosiy va hokazo) guruhlar vositasida oʻyin qilishga urinadi. Radikal unsurlar ham, maʼlumki, o‘zgacha fikrlilikni yoqtirmaydi va shu asosda hokimiyat va radikallar ittifoqi vujudga keladi😏

Davlat rahbarlarining kabinetlarida quyidagicha matn yozilgan banner osib qoʻyish kerak: «Hech qachon — hatto oʻzingizning oʻzgachaligingiz, qudratingiz va hokimiyatning barqarorligiga ishonchingiz toʻlaligicha komil boʻlgan taqdirda ham — radikallar va fanatiklar bilan oʻynashmang. Shunday vaqt keladiki, ular oʻz qudratini his qiladi va oʻz ambitsiyalarini roʻyobga chiqarishni istab qoladi. Va ularning «sanchqisiga ilinadigan» birinchi odam siz oʻzingiz boʻlasiz.

👇👇👇
👍2
Серия пенальти_O'Z
(2/3) Propaganda va yollangan ekspertlar bilan hammasi juda oddiy. Siyosiy fohishalik bejizga fohishalik deb atalmaydi. Bunda qoidalar standart. Pul yoki, siyosat nuqtai nazaridan, hokimiyat kimning qo‘lida bo‘lsa (har ikkisi bo‘lsa, yanada yaxshi), o‘shanga…
(3/3)
Avtoritar hokimiyat esa, avval ham aytganimdek, yolgʻiz. Va kimdir uni agʻdarib tashlamoqchi boʻlganida, undan charchagan jamiyat uni himoya qilish istagini bildirmaydi. Birgina muammo shundaki, avtoritar hokimiyat hokimiyat, davlat va mamlakat bir butunni tashkil etadigan tizim yaratishga intiladi. Bu kabi hokimiyatning qulashi esa ba’zan fuqarolar urushlariga, so‘ngra davlatchilikning qulashiga olib keladi.

Lesson learnt №4.
Soʻnggi kunlarda yuz bergan voqealar Putin tizimining butun zaifliklarini namoyish qildi. Shunday ekan, undan qoʻrqishda davom etishdan maʼni yoʻq. Agar siyosatchilar yoki ekspertlar hamjamiyatining vakillaridan kimdir Putin hokimiyatidan qo‘rqishda yoki uni ideallashtirishda davom etsa, demak, u siyosiy jihatdan uzoqni koʻra bilmaydi yoki tabiatan qo‘rqoq, yoki uning uzoqni o‘ylamasligi va qo‘rqoqligi saxiylik bilan rag‘batlantirib turiladi👀

Isyon boshlanganidan keyin 12 soat davomida sukut saqlagan, keyin esa besh daqiqalik videomurojaatda nimalarnidir eshitilar-eshitilmas mingʻirlagan, shundan soʻng oʻzi eʼlon qilgan narsani bekor qilgan odamdan nega qoʻrqish kerak? 2022-yil 24-fevralda takabburona qiyofada Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganlik uchun dahshatli javob qaytarilishi bilan hammaga tahdid qilgan va o‘shandan beri hech qanday tarzda javob bermagan odamdan nega qo‘rqish kerak? Asli oʻzi hammadan oʻlgudek qoʻrqadigan odamdan nega qoʻrqish kerak?

Putin elitasi koʻcha bezorilari tushunchalari asosida yashaydi. Bu tushunchalarga koʻra, kuni kecha bir xoin unga qarshi chiqdi, intervyuda unga qarshi urush boshlaganini eʼlon qilib, Moskvaga yoʻl oldi. Prigojinni, ehtimol, yaqin kunlarda oʻldirishadi. Biroq, davlat rahbari qo‘rqoqlarcha sukut saqlagani, uning atrofidagilar vahima ichida nima qilishni bilmay qolgani, soqchilar esa o‘zlarining eng oddiy vazifasini bajara olmagani — aynan shu Putin siyosiy elitasi ichidagi qolgan kuch markazlariga ishoradir.

Endi Putin Rossiyasi bilan zaif tomon pozitsiyasidan turib muzokara olib borish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Va buni qilishda davom etadigan davlatlar oʻzlarining tashqi siyosiy pozitsiyalariga jiddiy zarba beradilar. Bu esa, oʻz navbatida, ichki siyosiy jarayonlarga ham taʼsir qilishi mumkin.
_____________
Zamonaviy texnologiyalar bizga dunyoda sodir boʻlayotgan voqealarni jonli kuzatish imkonini bermoqda — deyarli bevosita ishtirok etayotgandek. Axborot manbalarining keng doirasi maʼlumotni turli rakurslardan oʻrganish, taqqoslash va xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shunday ekan, bunday texnologiyalardan foydalanishni biladigan, befoyda davlat tahlil markazlarining bosma hisobotlari bilan cheklangan media makonida yashamaydigan zamonaviy siyosiy elita sodir boʻlayotgan voqealardan toʻgʻri xulosa chiqarishi, boshqalarning xatolaridan saboq olishi va oʻz xatolarini takrorlamaslik imkoniga ega. Albatta, zamon imkoniyatlaridan toʻgʻri foydalanishni bilsa va buni qilishni istasa😈🤔
👍3
(1/4)
Oʻzbekiston uchun qizgʻin oʻtayotgan 2023-yilning yarmi ortda qoldi. Hukumatimiz va uning targʻibotchilari taʼbiri bilan aytganda, Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum va muddatidan oldin oʻtkazilgan prezidentlik saylovlari yakunlariga muvofiq rasman yangilanishni boshdan kechirdi. Mening nazarimda, Yangi O‘zbekiston konsepsiyasining o‘ziga boshidanoq shubha bilan qaraganlar oxir-oqibat yangi O‘zbekiston eskisidan mamlakat nomi oldidagi «yangi» so‘zi bilangina farq qilishiga ishonch hosil qildilar. Real voqelikda esa, biz hali ham sovet davridan meros qolgan, Karimov davrida mahalliy xonlar haqidagi hikoyalardan ilhomlanib, «pardoz» berilgan va hozir ham davom etayotgan oʻsha eski tuzumda yashayapmiz. Quyida, oʻz versiyam boʻyicha, bunga ishora qiladigan bir nechta misollarni keltiraman👀

1-misol. Siyosiy hayot, yana ham aniqrogʻi, uning mavjud emasligi.

Mamlakatda to‘laqonli siyosiy hayotning mavjud emasligi ikkita eng muhim – faqat qog‘ozdagina – siyosiy voqea: konstitutsiyaviy referendum va muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari davomida yaqqol namoyon bo‘lgani — paradoksal🤦‍♂️

Oʻzgartirishlar uchun faol tashviqot oʻzgartirishlarga qarshi xuddi shunday tashviqotning yoʻqligi sharoitida olib borilishi — buning natijasida odamlarda obyektiv qaror qabul qilish uchun sharoit mavjud emasligi. Prezidentlik saylovlarida raqobatning mavjud emasligi: eski Karimov modeli – 1 nafar toʻlaqonli nomzod hamda bir nechta hech kim tanimaydigan va ismlari yozilgan bannerlar olib tashlanganidan keyin hamma esdan chiqarib yuboradigan rasmiy nomzodlar. Propagandist va loyalistlarning «bunday tahlikali xalqaro vaziyatda bizga barqarorlik kerak» va «kishiga boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun imkon berish lozim» degan mazmundagi eski ashulalari: faqat voqealar va familiyalar oʻzgarmoqda – mohiyat oʻsha-oʻsha.

Xoʻsh, eng asosiysiga kelsak. Yangi davrning 8 yili davomida ham hanuzgacha paydo boʻlmagan va eshitilish imkoniyatini qoʻlga kiritolmagan muxolifat. Mirziyoyev oʻzining inauguratsiya marosimidagi nutqida hokimiyat «konstruktiv muxolifat» faoliyatini kafolatlashini yana bir bor taʼkidladi. Biroq, siyosiy plyuralizm mavjud bo‘lmagan, partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish har safar yengib bo‘lmas byurokratik to‘siqlarga duch keladigan, raqobat esa hatto tizimning ichida ham barqarorlikka tahdid sifatida qabul qilinadigan tizimda hech qanday muxolifatga imkon qoldirilmaydi😏

2-misol. Toʻlaqonli partiyaviy hayotning mavjud emasligi.
Koʻpincha parlamentimizni, hazil tariqasida, Partiyalar vazirligi deb atayman. Chunki partiyalarimiz siyosiy jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchidek emas, balki vazirlikning liberal, ekologik, ijtimoiy va h.k. masalalarga masʼul odatdagi boshqarmalaridek faoliyat olib boradi. Siyosiy hayot, oʻz navbatida, hokimiyat uchun kurash mavjud bo‘lmagan davlatda siyosiy partiyalar («siyosatga aralashma» tamoyiliga amal qilgan holda) siyosat bilan shug‘ullanmasligi, shunchaki yuqoridan tushgan topshiriqlarni bajarishi mantiqan to‘g‘ri😕

Partiyalarimiz faoliyatida tizimli nosozlik borligiga baʼzi raqamlar ham ishora qiladi. Oxirgi parlament saylovlari (2019-yil) natijalariga nazar tashlaymiz: O‘zLiDeP – 35%, «Milliy tiklanish» – 24%, «Adolat» – 16%, O‘zXDP – 15%, Ekologik partiya – 10%. Agar shu raqamlar asos qilib olinsa, bu partiyalar elektoratining taxminiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi.

👇👇👇
Серия пенальти_O'Z
(1/4) Oʻzbekiston uchun qizgʻin oʻtayotgan 2023-yilning yarmi ortda qoldi. Hukumatimiz va uning targʻibotchilari taʼbiri bilan aytganda, Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum va muddatidan oldin oʻtkazilgan prezidentlik…
(2/4)
Endi esa prezidentlik saylovlarida partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlar qo‘lga kiritgan ovozlarni aks ettiruvchi raqamlarga murojaat qilsak. O‘zLiDeP/«Milliy tiklanish» – 87,05%, «Adolat» – 4,43%, O‘zXDP – 4,02%, Ekologik partiya – 3,47%. Savol: partiyalarning elektorati qayerga gʻoyib boʻldi? Javob juda oddiy – u mavjud emas. Partiyalar hech qanday haqiqiy siyosiy faoliyat bilan shugʻullanmaganidan keyin, elektorat qayerdan boʻlsin?🤷‍♂️ Partiyalarimiz o‘zlari himoya qilishi kerak bo‘lgan aholi qatlamlarining haqiqiy manfaatlariga asoslanib, erkin tarzda tuzilmagan. Ular saylovchilarning ovozi uchun kurashmaydi. Chunki parlament 99% holatda bir ovozdan «yoqlab» ovoz beradigan siyosiy tizimda qaysi partiyadan qancha vakil bo‘lishi muhim emas.

Xoʻsh, liberal-demokratlar va konservativ millatchilar (agar, aytaylik, partiya pasportidan kelib chiqilsa) yagona nomzodni ilgari surganligining oʻzi qanaqadir karikaturadek gap. Bu 2019-yilgi saylovoldi debatlari vaqtida «yashillar» oʻzlarining dunyoda AES qurilishini qo‘llab-quvvatlagan yagona Ekologik partiya ekanliklari bilan maqtanganidan ham kulgiliroq. Partiyalarimiz o‘zining asl mohiyatini toʻgʻri anglamasligining yana bir tasdigʻi.

3-misol. Hokimiyatning axborot pufagiga tushib qolganligi.

Amaldagi hukumat o‘zi boshqarayotgan davlatni to‘liq tushunmasligi va jamiyat bilan muloqotni yo‘lga qo‘ya olmasligini o‘tgan yili Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yaqqol koʻrsatib berdi. Bu haqida mana bu postda batafsil yozganman. 2017-2019-yillarda jamiyat bilan bevosita muloqot oʻrnatishga tayyorlikni – hech boʻlmaganda, xoʻjakoʻrsinga – namoyish qilishga urinishlar kuzatilgan boʻlsa, keyingi har bir yangi yilda bunday urinishlar tobora kamaydi. Ushbu tendensiyaning yorqin namunasi – toʻgʻridan-toʻgʻri efirlarning yoʻqolishi. Idoraviy tahlilchilar, rasmiy statistika va namoyishkorona tadbirlardan olingan hisobotlarning axborot pufagidagi yopiq hokimiyat tendensiyasi tobora oydinlashib bormoqda👀

Prezidentning mamlakat bo‘ylab amalga oshirayotgan tashriflari shu tendensiyaning yorqin ifodasi. Ularning barchasi bir xil ssenariy boʻyicha oʻtadi — tayyorgarlikdan tortib tashrif jarayonigacha. Men oʻzim yaqinda ana shunday tashrifga tayyorgarlik koʻrilgan hududda yashayman. Faol ravishda gullar ekilgani, fasadlar boʻyalgani, yoʻlaklar tozalangani, asfalt yotqizilganiga qaraganda, kim tashrif buyurishi va yoʻnalish qanday boʻlishi dastlabki kunlardanoq aniq edi. Darvoqe, tashrifning rejalashtirilgan yo‘nalishini haligacha piyodalar yo‘laklaridan, yangi yotqizilgan asfalt va shikastlangan eski asfalt kesishmasidan ko‘rish mumkin😏

Tashriflar rivojiga kelsak, u ham doim bir xil: Prezident «Yangi O‘zbekiston sharofati bilan faoliyatiga imkon yaratilgan» ilg‘or korxonaga tashrif buyuradi, so‘ng hamisha hamma narsadan mamnun va «Yangi O‘zbekistonda taqdim etilayotgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanayotgan» jamoatchilik vakillari bilan muloqot qiladi, minnatdor fuqarolarning bir-ikkita maishiy muammolarini xohishiga koʻra hal qiladi, beparvo amaldorlarni urishib qoʻyadi – ba’zan qattiq tanbeh va ishdan bo‘shatishgacha. Shu bilan tamom. Hammasi yana xuddi shunday ssenariy boʻyicha oʻtadigan keyingi tashrifgacha.

👇👇👇
Серия пенальти_O'Z
(2/4) Endi esa prezidentlik saylovlarida partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlar qo‘lga kiritgan ovozlarni aks ettiruvchi raqamlarga murojaat qilsak. O‘zLiDeP/«Milliy tiklanish» – 87,05%, «Adolat» – 4,43%, O‘zXDP – 4,02%, Ekologik partiya – 3,47%. Savol: partiyalarning…
(3/4)
Oxir-oqibat, hokimiyat – xuddi oldingi 25 yilda boʻlgani singari – u yoki bu qarorlar qabul qilinadigan, real voqelikdan tashqaridagi dunyoga oʻtadi. Uning barqarorligiga asosiy tahdid ham aynan mana shunda. Byurokratik hisobotlar va bayonotlardagi «reallik»dan olingan maʼlumotlar asosida qabul qilingan qarorlar eng achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kreml elitasi yolgʻon gapirishlariga yoʻl qoʻymaydi.

Biroq, shu singari vaziyat boʻlishi ehtimoli yuqori. Hatto eng demokratik siyosiy tizimda ham meʼyoridan ortiq hukmronlik qilgan hokimiyat komfort zonasiga tushib qolish va real voqelikdan uzoqlashib ketishga mahkum. Avtoritar tizimlarda rotatsiyaning mavjud emasligi hokimiyatni yanada yuqori tezlikda axborot pufagiga tushirib qoʻyadi. Umuman olganda, ko‘p asrlik ilg‘or tajriba hokimiyat almashinuvi tamoyilini bejizga o‘ylab topmagan. Bu Gʻarb siyosatchilarining qandaydir injiqligi emas — bu obyektiv zarurat.

4-misol. Strategik rejalashtirishning mavjud emasligi.

Mamlakat taraqqiyotining asosi 32 yil davomida modellar, tamoyillar va konsepsiyalar vositasida e’lon qilinganiga qaramay, strategik yondashuv mavjud emas. Bu gipermarkazlashgan va shaxslashtirilgan siyosiy tizimning natijasi hisoblanadi. Mamlakatning taraqqiyot yoʻnalishi uzoq muddatli strategiya bilan emas, balki faqatgina davlat tepasida turgan muayyan shaxslar va ular jamoasining qarorlari bilan belgilanadi. Bularning barchasi yuqorida keltirilgan muxolifat va siyosiy plyuralizmning mavjud emasligi bilan yanada avj olmoqda🤷‍♂️

Strategik rejalashtirish mavjud emasligining eng yorqin misoli — qanday yuqori tezlik bilan turli davlat idoralari tashkil etilmoqda, oʻzgartirilmoqda va tugatilmoqda, xodimlar esa bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilmoqda. Ijrochilar masʼul boʻlgan davlat idorasi istalgan vaqtda yopilishi, oʻzlariga esa butunlay boshqa yoʻnalish uchun javobgarlik yuklatilishi mumkin boʻlgan sharoitda ularning oldiga uzoq muddatli maqsadlar qoʻyish imkoniyati haqida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas. Bundan tashqari, shaxslashtirilgan rejim davlat idoralari boshqaruviga ham taalluqli. Istalgan davlat idorasining har bir yangi rahbari oʻzigacha boʻlgan barcha narsani bekor qiladi va goʻyoki hammasini boshidan boshlaydi.

Strategik yondashuvning mavjud emasligi amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga tatbiq etishda ham koʻzga tashlanadi. Shaxslashtirilgan rejimda bu kabi islohotlar faqatgina hokimiyatni qonuniylashtirishga qaratiladi. Natijalar ikkinchi darajali: agar biror boshlangan ish muvaffaqiyatli chiqsa – bu yaxshi, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa – zarari yoʻq😕 Aynan shuning uchun ham u yoki bu muammolarni hal qilishga qaratilgan islohotlar yoki chora-tadbirlarning aksariyati deklarativ shaklda qolib ketmoqda. Ulardan xorijga tashriflar, xorijiy vakillar bilan mamlakat ichidagi uchrashuvlar va xalqaro hamjamiyat oldidagi hisobotlar paytidagina foydalaniladi. Qonunlar qabul qilinishi, jazolar kuchaytirilishi, qayta qurish konsepsiyasi tasdiqlanishi va hokazolar toʻgʻrisidagi optimistik bayonotlarni, menimcha, hamma ko‘rdi, o‘qidi va eshitdi. Amalda esa, masalan, jazoni kuchaytirish to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar daraxtlar va boshpanasiz hayvonlarni qirg‘indan, ayollarni – oiladagi zo‘ravonlikdan qutqarmaydi, iqtisodiy o‘zgarishlar konsepsiyalari iqtisodiyotni qat’iy markazlashgan qo‘l boshqaruvi muammosidan xalos qilmaydi, ma’muriy islohotlar esa davlat boshqaruvi tizimining mohiyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bunday vaziyatda eng xavfli narsa shundaki, hokimiyatga navbatdagi odam kelganida — bu ertami-kechmi sodir boʻladi-ku — u, oʻtgan N yillar davomida erishilgan, mayli, kamtarona boʻlsin, yutuqlarni bir deganda yoʻqqa chiqarib, butun siyosiy tizimni oʻz hukmronligi ostida qayta tiklashni istab qolishi mumkin.

👇👇👇
Серия пенальти_O'Z
(3/4) Oxir-oqibat, hokimiyat – xuddi oldingi 25 yilda boʻlgani singari – u yoki bu qarorlar qabul qilinadigan, real voqelikdan tashqaridagi dunyoga oʻtadi. Uning barqarorligiga asosiy tahdid ham aynan mana shunda. Byurokratik hisobotlar va bayonotlardagi «reallik»dan…
(4/4)
5-misol
. Fuqarolarning nofaolligi.

Aholining koʻpchiligi 2017-yilni katta his-hayajon bilan kutib olgani va keyingi bir necha yil ana shu his-hayajon saqlanib qolganini qayd etib oʻtmaslik mumkin emas. Turgʻunlikka yuz tutgan tizim hokimiyat almashishi bilan, haqiqatda, harakatga keldi. Biroq, muammo shundaki, haqiqiy siyosiy islohotlarning yetishmasligi yangilanib ulgurgan mexanizmlarning komfort zonasida qolishni afzal koʻrib, yana muvozanatdan chiqishiga olib keldi. Natijada, eyforiya uyqusiga ketdi😏

Oʻz muloqot doiramdan kelib chiqib aytaman. Apreldagi referendum vaqtida ham, iyuldagi saylovlarda ham ularda hech qanday faollik boʻlmadi. «Menga buning umuman qizigʻi yoʻq», «Hammasi oldindan hal qilib boʻlingan boʻlsa, ovoz berishdan nima maʼno?», «Men bu sirkda ishtirok etishni xohlamayman». Bunday fikr-mulohazalar odamlarning tobora nofaol bo‘lib borayotganidan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etishda ma’no ko‘rmayotganidan, davlatdan ajralib qolishni afzal ko‘rayotganidan dalolat beradi.

Avtoritar hukumat uchun bu, albatta, ayni muddao. Jamiyat qanchalik nofaol boʻlsa, hokimiyat oʻzini shunchalik qulay his qiladi. Apolitiklikning urfga kirishi qanchalik taʼsirliroq boʻlsa, har qanday qarorlarni qabul qilish va ilgari surish shunchalik oson kechadi. Apolitik jamiyat o‘z huquqlarini himoya qilish va adolatsizlikka qarshi turishga qodir emas – u shunchaki bir joyda o‘tirib, yuqorida muruvvat paydo bo‘lishini kutadi. Biroq, apolitiklik oʻz xavfsizligingizning kafolati ekanligi toʻgʻrisidagi fikr – oʻz-oʻzini aldash. Aksincha, bu hokimiyatning oʻzboshimchalik qilish uchun oʻziga xos kart-blanshi. Va agar avvaliga oʻzboshimchalikning asosiy nishoni siyosiy faol fuqarolar boʻlsa, ular bilan hammasi hal qilib olingach, repressiv mexanizm apolitik kishilarga ham yetib boradi.

Hokimiyatning apolitik jamiyatni oʻz barqarorligining kafolati, deb ishonishi ham xuddi shunday illyuziya hisoblanadi. Aksincha, fuqarolardagi siyosiy madaniyatning past darajasi, ochiq ijtimoiy-siyosiy munozaralar o‘tkazishga layoqatsizligi, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarining mavjud emasligi davlat boshqaruvi tizimi va qarorlar qabul qilish jarayonining tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Bu esa hokimiyat tomonidan yoʻl qoʻyiladigan xatolarning koʻpayishi va jiddiy beqarorlikka olib kelishi mumkin boʻlgan xatarli vaziyatlarning yuzaga kelishiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl ochadi.

——————————

Bugungi postda men oʻzim eng yorqin deb hisoblagan misollarnigina sanab oʻtdim. Bunday misollar, albatta, hali yana koʻp. Biroq, ularning barchasi birgina oddiy xulosaga olib keladi. Yangi O‘zbekiston haqida, tub islohotlar haqida, qonunlarning mukammal matnlari va xalqaro hamjamiyatning e’tirofi haqida istalgancha gapirish mumkin. Davlat institutlarining maqsadi, 2016-yilgacha boʻlgani va hozirgi kungacha davom etayotganidek, har qanday amaldagi hokimiyatning saqlanib qolishini taʼminlashdan iborat boʻlar ekan, tizim qodir boʻlgan bir necha oldinga qadam hamisha uzoq vaqt bir joyda depsinish bilan davom etaveradi. Va har safar bunday depsinishning natijasi oldindan aytib boʻlmaydigan eng ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Дал небольшое интервью о внешней политике Узбекистана🇺🇿 в период Мирзиёева для Global Voices. Оно доступно на английском языке вот тут👉 https://surl.li/jwuvb

Рассказал о том, отличается ли мирзиёевский внешнеполитический курс от каримовского, что мешает его эффективности, как воспринимается Китай и с какими вызовами предстоит столкнуться узбекской дипломатии в ближайшее время😈🤔
(1/3)
Bu yil Mustaqillik kuni arafasida nima haqida yozishni oʻylar ekanman, yil (rasman) siyosiy jihatdan juda faol oʻtganiga qaramay, qandaydir siyosiy befarqlik mavjudligi toʻgʻrisidagi xayollar qurshovida qoldim. Xuddi biror kitob oʻqiyapsiz yoki serial tomosha qilyapsiz, kitob yoki serial yarmiga kelganda esa syujet shu darajada odatiy tus oladiki, davomini oʻqish yoki tomosha qilishni xohlamaysiz. Nima sodir boʻlishi va nima bilan yakun topishini oldindan bilasiz😩

Odatda Mustaqillik kuni arafasida mamlakatimiz nima qilishi, nimalarga e’tibor qaratishi zarurligi haqida o‘ylayman. Biroq, bu yil bunga xohish yoʻq. Negaki, hozirgacha yozgan muammolarim hali ham oʻz yechimini topmadi. Ular hali ham dolzarb. Kimgadir qiziq boʻlsa, ular haqida bu yerda oʻqib chiqish mumkin. Qolaversa, bizda nafaqat xato qilish, balki oʻzimizning eski xatolarimizni takrorlash tendensiyasi ham kuzatila boshladi. Aftidan, bu safar hammasi koʻngildagidek boʻlishiga umid qilgan holda😏 Kichik spoyler: xatolar hamisha salbiy oqibatlarga olib keladi, qaysi yilda va kim tomonidan qilinishidan qatʼi nazar.

Biroq, bugun gap hokimiyat xususida emas. Bu safar jamiyatning o‘zi haqida mulohaza yuritib koʻramiz. Shu jumladan, uni qamrab olgan befarqlik xususida. Yoki ehtimol, hech qachon tark etmagan befarqlik toʻgʻrisida. Aytish kerakki, apolitiklikning urfga kirishi — bu global hodisa. Turli davrlarda turli jamiyatlar buni boshidan kechirgan va hozir ham boshdan kechirmoqda. Apolitik boʻlish, siyosat bilan shugʻullanish va biron-bir lavozimni egallashga intilmaslik normal jarayon ekanligi haqida avvalroq yozganman. Har kim oʻz kasbini oʻzi tanlaydi. Men buni tushunaman va qabul qilaman. Shu nuqtai nazardan, shaxsan oʻzim mutlaqo apolitikman va siyosat bilan shugʻullanishim dargumon — bir qator sabablarga koʻra menga toʻgʻri kelmaydi🤷‍♂️

Biroq, oʻzingni goʻyo atrofda sodir boʻlayotgan jarayonlarning senga daxli yoʻqdek, seni qiziqtirmaydigandek va «meni oʻz holimga qoʻying, bu borada hech narsani tushunmayman» qabilida tutgan holda «apolitik» boʻlish, eng kamida, gʻayritabiiy holat. Biz oʻzimizni siyosiy jarayonlardan ajratib qoʻya olmaymiz, chunki ular nafaqat «yuqoridagilarga», balki sizu-bizning kundalik hayotimizga ham taʼsir koʻrsatadi. Va hokimiyatning jamiyat bilan oʻzaro munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yishi jamiyatning mazkur jarayonlarda qay darajada faol ishtirok etishiga bog‘liq. Har qanday hokimiyat tabiatan demokratik boʻlmaydi. Uni o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimi, amalda ishlaydigan qonunlar, jamiyat oldidagi shaffoflik va fuqarolar bilan doimiy muloqot demokratik qiladi. Va bu shartlarning barchasi, koʻp jihatdan, pastdan talab mavjud yoki yoʻqligiga bogʻliq. Chunki «yuqoridan» hech kim oʻzi istaganini qilish erkinligini cheklashni xohlamaydi. Apolitiklik va uning oqibatlarining zarari haqida mana bu postda, 5-misolda soʻz yuritgan edim.

👇👇👇
😱1
Серия пенальти_O'Z
(1/3) Bu yil Mustaqillik kuni arafasida nima haqida yozishni oʻylar ekanman, yil (rasman) siyosiy jihatdan juda faol oʻtganiga qaramay, qandaydir siyosiy befarqlik mavjudligi toʻgʻrisidagi xayollar qurshovida qoldim. Xuddi biror kitob oʻqiyapsiz yoki serial…
(2/3)
Jamiyatimiz uchun ham o‘z qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Farzandlarning ta’lim olishiga qilinadigan sarf-xarajatlar «qo‘shnilar havas qiladigan» to‘y o‘tkazish uchun pul yigʻishdan ko‘ra ustuvorroq boʻlishi lozim. Insonning shaxsiyatini qoʻllab-quvvatlash barchani yagona qolip va meʼyorlarga solishga intilishdan koʻra ustuvorroq boʻlishi zarur. Jamiyatimiz uchun ogʻriqli boʻlgan va zaifroq, pastroq tabaqaga mansub yoki kichik yoshdagilar ustidan zoʻravonlikni keltirib chiqarayotgan kuch-qudratga sigʻinish va bundan ham dahshatlirogʻi — jabrlanuvchining oʻzini aybdor qilish — viktimbleymingdan xalos boʻlishimiz kerak.

Faqatgina kimning uyi qarshisida qanday mashina qo‘yilishi, kim eng dabdabali to‘y o‘tkazishi, kim xotinini temir intizomda tutib turishi va kimning «akasi/qaynotasi/kuyovi qayerda ishlashini bilasizmi? Ularga qoyil qolish kerak — shunday ishning uddasidan chiqishyapti» kabi qadriyatlarga ega boʻlgan jamiyatni boshqarish juda oson. Bunday jamiyatda jiddiy savollar berish istagi tugʻilib qolmasligi uchun uning sodda ehtiyojlarini qondiradigan qandaydir yaltiroq oʻyinchoq tutqazib qoʻyish kifoya. Xoʻsh, aytaylik, tonirovka uchun soliqni kamaytirish. Hamma «Koʻryapsizmi, turmushimiz qanchalik yaxshilandi? Endi tonirovka arzonroq», deydi. Inson, uning huquq va erkinliklari himoyasi asosiy qadriyat hisoblangan oʻqimishli jamiyatni bunday uzatmalar bilan «sotib olish» juda qiyin. Uning goʻdakligi ortda qolgan va hukumat uchun «Jamiyatimiz hali bunga tayyor emas» qabilidagi sevimli dalillari bilan uni manipulyatsiya qilish ancha qiyin kechadi. Bunday jamiyat tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni bir lahzalik xursandchilikdan emas, aytaylik, uzoq muddatli ehtiyojlardan kelib chiqib tahlil qiladi va baholaydi.

Nihoyat, bizning jamiyatimizga hamjihatlik zarur. Bizda hamjihatlik yoʻq. Qolaversa, biz uning nima uchun zarurligini ham tushunmaymiz. Hokimiyat u yoki bu sohadagi qaysidir zamonaviy tendensiyalarga chang solar ekan, jamiyatning konservativ qatlami mamnuniyat bilan qoʻl qovushtiradi. Bir muncha vaqt oʻtgach, hokimiyat jamiyatning konservativ qatlami uchun meʼyor deb hisoblangan narsaga chang solsa, liberal guruhlar xursandchilik qiladi. Maʼzur tuting, bunda men ham aybdorman. Biroq, men ham, istasam-istamasam, shu jamiyatning bir boʻlagiman va uning ayrim illatlari menga begona emas🙂

Turli guruhlarga bo‘linib ketgan, bir-biri bilan muloqot qilishni istamaydigan, bir-biridan ajralishga urinadigan jamiyat bosim ostida qolishga mahkum. Chunki bu tarqoq guruhlar davlat mashinasining birgina repressiv mexanizmi borligini anglamaydilar. Va agar bu mexanizm bir guruhga hech qanday qarshiliksiz kirib borar ekan, u holda boshqasiga ham yetib bora oladi.

Payqaganmisiz, «AQShda oq tanlilar qora tanlilarni himoya qilmoqda. Bu oq tanlilarning tanazzuli», degan gaplar ortidan aynan bizda va postsovet hududida eng koʻp hayratlanish, masxara va hatto gʻazab kuzatilgan. Aslida esa, ularda shunchaki men yuqorida tavsiflagan repressiya formulasini tushunish imkonini beradigan yuqori darajadagi siyosiy madaniyat mavjud.

👇👇👇
🤯1
Серия пенальти_O'Z
(2/3) Jamiyatimiz uchun ham o‘z qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Farzandlarning ta’lim olishiga qilinadigan sarf-xarajatlar «qo‘shnilar havas qiladigan» to‘y o‘tkazish uchun pul yigʻishdan ko‘ra ustuvorroq boʻlishi lozim. Insonning shaxsiyatini…
(3/3)
Albatta, bizning postsovet siyosiy tizimlarimiz haqida gap ketganda, shuni tushunish kerakki, aksariyat davlatlar ijtimoiy-siyosiy hayotning adekvat tizimini barpo etish imkoniyatini 1990-yillardayoq boy berishgan. Va buning uchun javobgarlikning asosiy qismi aynan oʻsha, jamiyatlarning passiv boʻlishi uchun bor imkoniyatini ishga solgan, siyosiy elita gardaniga tushadi. Endi qandaydir manevrlar uchun kam imkon qoldirilgan – repressiv mashina 30 yil davomida fuqarolik faolligi va siyosiy plyuralizmni bostirib, o‘z mahoratini oshirib boʻlgan. Va jamiyat – o‘sha faol qatlam – uchun o‘z vatandoshlari bilan muloqot qilish juda qiyin. Odamlar o‘z yashab turgan hovlisidagi huquqlarini himoya qilishga erinchoqlik qilib turgan bir paytda, siyosiy madaniyat va shaxsiy huquqlarni himoya qilish madaniyatini rivojlantirish istiqbollari haqida gapirish mumkinmi? Bir necha oylardan beri uyulib yotgan, mahalla qo‘mitasi olib tashlashga urinmaydigan chiqindi faqatgina bir-ikkita fuqaroni tashvishga soladigan bir paytda-ya? Qolganlari sukut saqlashni afzal koʻradigan, yonidan oʻtib ketaveradigan, boshqa kimdir esa oʻz chiqindisini oʻsha uyum ustiga tashlab ketadigan bir paytda-ya?🤦‍♂️

Biroq, nima boʻlgan taqdirda ham, pastdan yuqoriga qaratilgan turtkilar muhim. Va men postda toʻxtalib oʻtgan sohalarda jamiyat va har bir fuqaro vaziyatni mustaqil ravishda oʻzgartirish uchun barcha imkoniyatlarga ega: hech boʻlmaganda oʻz shaxsiyati doirasida, oʻz xonadoni yoki hovlisi chegaralarida. Bu, tez fursatda boʻlmasa-da, davlat rahnamoligidagi «nodavlat» tashkilotlar — sovuqqon GONGO lar emas, balki alohida olingan shaxsning fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, alohida olingan kishilar guruhining siyosiy madaniyatini oshirish va haqiqiy fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zamin yaratadi😈🤔

Bayramingiz muborak, oʻzbekistonliklar!🎉🎉🎉
🔥1
(1/3)
Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari🇰🇿🇰🇬🇭🇺🇹🇲🇺🇿 rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu — besh nafar amaldagi davlat rahbarlarining barchasi ishtirok etgan 2-maslahat uchrashuvi.
Uchrashuv hech qanday sensatsiyalarsiz kechdi. Ishtirokchilar, odatdagidek, bir-birlari sharafiga maqtov yogʻdirish, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik kafolatlari hamda Leopold mushuk uslubidagi boshqa bayonotlardan vaqtlarini ayashmadi. Buni yomon deyotganim yoʻq. Ayniqsa, vaqti-vaqti bilan qurolli toʻqnashuvlar kuzatilib turadigan tojik-qirg‘iz chegarasini hisobga olganda. Biroq, 2023-yilda buning uchun xursand boʻlishimiz kerak, deb ham aytmagan boʻlardim. Bilasiz, futbol jamoalari vaqti-vaqti bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazib turadi. Bunday oʻyinlar maksimal darajada vazminlik bilan oʻtadi: turnir uchun qoʻyilgan vazifalar, bosim yoʻq, shunchaki oʻyin. O‘ynadik, futbolchilarning holatini tekshirdik, o‘yinning muayyan sxemasini ishlab chiqdik, qandaydir tashkiliy xulosalar chiqardik. Ajraldik. Oxirgi uchrashuvni taxminan shunday tavsiflagan boʻlardim👀

Nima yoqdi?
Davlat rahbarlarining bayonotlarida, vanihoyat, Markaziy Osiyo hamkorligi bilan bogʻliq muntazam ravishda yozib kelayotgan mulohazalarimga uyqash boʻlgan bir nechta gʻoyalarni koʻrdim. Albatta, ular meni oʻqishgan, hammasini anglab yetishgan va shunday chiqish qilishga qaror qilishgan, demoqchi emasman😂 Qolaversa, bayonotlar va amaldagi ishlar (ayniqsa, bizda) — bu mutlaq boshqa-boshqa voqelik. Biroq, bizning voqeliklarimiz uchun rasmiy ritorikaga ayrim gʻoyalarning kirib kelishini toʻgʻri yoʻnalishdagi qadam, deb hisoblash mumkin. Kichik boʻlsa-da, qadam.

Menga bu beshlik nihoyat Markaziy Osiyo haqida oʻtkinchi va begona tushuncha sifatida emas, aytaylik, oʻzlariga tegishli nimadir haqida gapirgandek soʻz yuritganlari yoqdi. Birdamlik zarurligi va hatto Markaziy Osiyoni brendlash g‘oyasi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Umid qilamanki, mintaqa davlatlari rasmiylari endi ularni boshqa davlatlar bilan adashtirmasliklarini soʻramaydilar yoki aslida bu mintaqaning bir qismi emasliklarini (chunki ularga Yevrosiyo markazi boʻlishni koʻproq yoqadi) daʼvo qilmaydilar. Bu 2006-2017-yillar davomida puturdan ketgan Markaziy Osiyo bir butunligini tiklash uchun juda muhim.

Menga yana umumiy tariximizning kimga ko‘proq aloqadorligi haqida bahslashib oʻtirmasdan, shu tarixni o‘rganishni boshlash takliflari ham yoqdi. Xususan, O‘zbekiston bayonotidagi Al-Xorazmiy, Forobiy, Jomiyga nisbatan «umummintaqaviy mazmun», «Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari, olimlari va faylasuflari» kabi iboralarning yangrashi 2016-yilgacha boʻlgan, bizning beshta davlat haqida hech qanday tasavvurga ega boʻlmagan tarixiy arboblar merosiga nisbatan mualliflik huquqi sohibi maqomi uchun buyuk kurashga kirish holatidagi ritorikadan tubdan farq qiladi🤷‍♂️

Uchrashuvlar uchun milliy koordinatorlarni yaratish gʻoyasi ham yomon fikr emas. Aynan shu narsa hamkorlikning mamlakatlar davlat idoralari oʻrtasida qoʻshimcha oʻzaro hamkorlik jarayoniga start beradigan gorizontal vektoridir. Agar bir-biri bilan muloqot qilish odati davlat byurokratiyasining ongiga kirib borsa, hozirgi rahbariyat o‘rniga kim kelishidan qatʼi nazar, uni ana shu ongdan chiqarib tashlash qiyin bo‘ladi.
Nihoyat, mamlakatlar taxminan bir xil dolzarb muammolar majmuasi haqida soʻz yurita boshladilar. Oʻz-oʻzidan, ularning har biri oʻzi uchun eng muhim hisoblangan narsani birinchi oʻringa qoʻyadi. Bu hali ustuvorligi umumiy manfaatlardan iborat boʻlgan yagona kun tartibining shakllanishi emas. Biroq, bu endi har bir rahbar qoʻshnilarining muammolariga eʼtibor qaratmagan holda, oʻziga taalluqli muammolar haqida gapiradigan vaziyat ham emas.
Серия пенальти_O'Z
(1/3) Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari🇰🇿🇰🇬🇭🇺🇹🇲🇺🇿 rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu — besh nafar amaldagi davlat rahbarlarining barchasi ishtirok etgan 2-maslahat uchrashuvi. Uchrashuv hech qanday sensatsiyalarsiz kechdi. Ishtirokchilar…
(2/3)
Nima yoqmadi?
Albatta, hech kim mazkur uchrashuvdan olamshumul qarorlar kutmagandi. Markaziy Osiyoning o‘n yillik parchalanishi mintaqani o‘z taqdirini to‘laqonli mustaqil hal qila olmaydigan va asosiy tashqi o‘yinchilarning unga nisbatan qanday siyosat ishlab chiqishiga bog‘liq bo‘lgan vaziyatga olib keldi. Va koʻp jihatdan mintaqaning kelajagi oʻzining va qisman bizning mustaqilligimiz uchun kurashayotgan Ukraina🇺🇦 jang maydonlarida hal qilinmoqda. Davlat rahbarlari aynan mana shu — mintaqa istiqboli va uning tugal dekolonizatsiyasi nuqtai nazaridan gʻoyatda muhim boʻlgan mavzuga kelganda birdek sukut saqlashdi.

Kremlning tajovuzkor tashviqoti hech narsaga qaramay foydalanishda davom etayotgan ritorika Markaziy Osiyo davlatlarini mustamlakachilik revanshizmiga urinishlar boʻyicha mushtarak pozitsiyani ishlab chiqish va tegishli qoʻshma deklaratsiyani qabul qilishga undashi zarur. Deklaratsiyada ular barcha postsovet davlatlarining mustaqilligi va hududiy yaxlitligi tan olinishini tasdiqlashlari, etno-dunyo tushunchalariga asoslangan siyosatni va postsovet mamlakatlari suverenitetiga nisbatan kamsituvchi harakterga ega boʻlgan ritorikani qoralashlari, shuningdek, postsovet makoni mamlakatlarini sobiq mustamlakachi manfaatlariga mos keladigan yagona tarix bilan bogʻlashga urinishlarga qarshi chiqishlari lozim.

Mintaqa uchun yana bir muhim muammo - Afg'oniston🇦🇫 haqida - soʻz yuritildi. Biroq, bu ortiqcha, mening nazarimda, «tinchlikparvar» ritorika boʻldi. Xoʻsh, terror tahdidi haqida ozmi-koʻpmi faqat Rahmon aniq gapirdi. Qolgan mamlakatlar yordam berish, qoʻllab-quvvatlash va aloqa oʻrnatish zarurligi haqidagi umumiy bayonotlar bilan kifoyalanishdi. Bu, albatta, muhim. Biroq, shu bilan birga, asosiy muammo – Qo‘shtepa kanali masalasini hamma chetlab oʻtdi. Umuman olganda, ular Tolibonning kelishuvlarni buzishi, ular tomonidan doimiy provokatsiyalar va mintaqadagi jamiyatlarning muayyan guruhlarida Tolibonning ommalashayotganligi muammosi haqida sukut saqlashdi😕 Shu singari tahdidlar boʻyicha oʻz pozitsiyasini aniq eʼlon qilish, muhokama qilish va ular boʻyicha qoʻshma pozitsiya ishlab chiqish uchun boʻlmasa, boshqa nima uchun kerak bunday uchrashuvlar?

Va, ehtimol, eng asosiysi. Esingizda bo‘lsa, 2022-yilda Bishkekda bo‘lib o‘tgan xuddi shunday uchrashuv uchun «XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma» ishlab chiqilgan edi. Har doimgidek — shunchaki kelishuv, shunga qaramay, endilikda ahamiyatliroq ramziy xarakterga ega. Shunday qilib, oʻshanda shartnomani Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston imzolagan. Imzolamagan Tojikiston va Turkmaniston ichki tartiblarga ishora qilib, keyinroq imzolashga va’da berishgan. Menimcha, beshinchi yubiley uchrashuvi — qolgan ikki davlat ushbu shartnomani imzolashi va uning kuchga kirishining eng yaxshi vaqti va oʻrni. Biroq, uni nafaqat imzolashmadi, balki oʻtgan yili imzolaganlar ham esga olishmadi👀

Agar Dushanbe va Ashxobodning qandaydir eʼtirozlari borligi sabab imzolanmagan boʻlsa, aynan qanday eʼtirozlar ekanligini bilishni istardim. Agar imzolanishi va kuchga kirishiga qandaydir boshqa omillar xalal berayotgan boʻlsa, yana oʻsha gap – qanday omillar ekanligini bilishni istardim. Umuman olganda, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda qandaydir kelishmovchiliklar boʻlsa, ular haqida sukut saqlash kerak emas. Hatto ayni damda eng muvaffaqiyatli integratsiya loyihasi – Yevropa Ittifoqi🇪🇺 aʼzolari oʻrtasida ham koʻplab kelishmovchiliklar mavjud. Biz buni bilamiz, chunki ular bu kelishmovchiliklarni ochiq muhokama qilishadi. Va aynan shu narsa ularga ushbu kelishmovchiliklarni hal qilishga, murosaga kelishga va oldinga harakat qilishga yordam beradi. Bayonotlarning chiroyli matnlari va yakuniy deklaratsiyalar uchun mamlakatlar oʻrtasidagi muammolarga koʻz yumilganda nima sodir boʻlishiga 2000-yillarning oʻrtalarida mintaqadagi oʻlik integratsiya misolida shundogʻam guvoh boʻlganmiz.
Серия пенальти_O'Z
(2/3) Nima yoqmadi? Albatta, hech kim mazkur uchrashuvdan olamshumul qarorlar kutmagandi. Markaziy Osiyoning o‘n yillik parchalanishi mintaqani o‘z taqdirini to‘laqonli mustaqil hal qila olmaydigan va asosiy tashqi o‘yinchilarning unga nisbatan qanday siyosat…
(3/3)
Buyogʻiga nima qilish kerak?
Birinchidan, shu yoki boshqa vaqtda davlatlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolardan qatʼi nazar, toʻliq tarkibda uchrashuv oʻtkazishda davom etish. Ikkinchidan, soʻzdan ishga oʻtish va nihoyat aniq loyihalarni ishga tushirish. Darvoqe, men Ipak yoʻli vizasi gʻoyasiga hali ham optimistik munosabatdaman va uni hokimiyatlar oʻz egosini qurbon qilishga tayyorligi, buning zarurati va idoraviy shaylik nuqtai nazaridan eng istiqbolli deb hisoblayman. Uchinchidan, mintaqadan tashqarida sodir boʻlayotgan, biroq unga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan/koʻrsatishi mumkin boʻlgan jarayonlar boʻyicha umumiy pozitsiyani ishlab chiqishni boshlash va uni qoʻshma bayonotlar shaklida eʼlon qilishdan qoʻrqishni bas qilish.

O‘z taqdirimizni to‘laligicha mustaqil hal qila olmaydigan vaziyatga tushib qolganimizni yuqorida aytdim. Biroq, har safar status-kvoni oʻzgartirish imkoniyati paydo boʻlganda, xalqaro munosabatlar tizimida tuynuklar ochiladi. Hozir xuddi shunday tuynuk ochildi. Shuning uchun, yana bir bor, besh yillik yubiley uchrashuvida, platonik bayonotlar va chiroyli qoʻshma fotosuratlar bilan qanoatlanib, bu imkoniyatni qoʻldan boy bermaslik lozimligini aytmoqchiman. Yangi muvaffaqiyatsizlikning oqibatlari 2016 yilda guvoh boʻlganimizdan karrasiga yomonroq boʻlishi mumkin😈🤔