Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
560 subscribers
435 photos
28 videos
2 files
162 links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Pop_IM
#dolzarb_90_kun

🏢 Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Dolzarb 90 kun" doirasida ixtisoslik fanlari bo'yicha fan to'garaklari o'quvchilarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga hissa qo'shmoqda.

📒 Fan to'garaklari bilan yozgi ta'til sermazmun va foydali o'tmoqda!!!

📎📎📎 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram 
Facebook
YouTube
5👍1👏1
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️2 kunda 387 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi

mandat.uzbmb.uz saytining "Kengaytirilgan qidiruv" sahifasida fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar to‘plagan ballar ro‘yxati e’lon qilinmoqda. Shuningdek, ro‘yxatdagi istalgan abituriyent natijasi ustiga bossangiz, batafsil ma’lumotlarni chiqarib bermoqda. Ya’ni nechta savolga to‘g‘ri javob bergan, qanday imtiyozlari bo‘lgan va sertifikatlar orqali necha ball to‘plagani haqida.

Dastlabki ikki kunlik natijalarni tahlil qilar ekanmiz, 387 nafar abituriyent to‘plash mumkin bo‘lgan eng maksimal 189 ballni qo‘lga kiritganini ko‘rishimiz mumkin.

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 21 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 1 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 45 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 122 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida

 O‘zbek tili: 5 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 62 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida

O‘zbek tili: 105 nafar
Rus tili: 6 nafar
Qoraqalpoq tili: 9 nafar

Bu hali atigi 2 kunlik natijalar xolos. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, ularning soni yanada ko‘payishi, shubhasiz. Joriy yilda rekord qo‘yiladi.

Xabar tahrirlandi: biologiya + kimyo fanlar majmuasida 105 nafar ekan.


👉 @xushnudbek 👈
2👍2
Endilikda o'quvchilar dunyoning top-100 oliygohlariga bepul tayyorgarlik ko'rishadi

📣 Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturiga qabul davom etmoqda. Milliy dasturga qabul qilingan yoshlarga amaliy tajribaga ega mentorlar biriktiriladi.

🖥Ushbu mentorlar tomonidan maxsus platforma orqali darslar tashkil etiladi. Darslarda xorijning yetakchi oliygohlari tomonidan qo'yiladigan talablar va o'quvchilar ushbu talablarga qanday qilib tayyor bo'lishlari o'rgatib boriladi.

🔵Shuningdek, Renessans oromgohida har yili oflayn uchrashuvlar va mahorat darslari ham o'tkaziladi.

😇Bilimli yoshlarimiz uchun xorijning nufuzli universitetlariga ta'lim sayohatlari tashkil etiladi!

💥 Bu hali hammasi emas. Dunyoning top 100 talik reytingidagi oliygohlarga 50% grant asosida qabul qilingan dastur ishtirokchilarining o'qish xarajatlari ham kvota doirasida qoplab beriladi.

🤩Eng quvonarlisi, xorijda o'qiydigan yoshlar yagona hamjamiyatga birlashtirilib, yurtimiz bilan doimiy aloqalari va qaytgach ish bilan ta'minlanishlari yo'lga qo'yiladi.

Milliy dasturga qo'shiling va ushbu imkoniyatlardan foydalanib qoling!

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔥32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga ariza topshirish bo'yicha video yo'riqnoma

Milliy dasturga ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.

💥Dunyoning nufuzli oliygohlarida talaba bo'lishni maqsad qilgan yoshlarimizni Milliy dasturda kutib qolamiz.

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook
👍43
#imtihon_2025

KIRISH IMTIHONI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra:

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinishi belgilangan.

🟢 O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!


👉 Telegram | Facebook | YouTube
1
Ўтаётган вақтингдан шундай фойдаланки, токи қариганингда бекор кетган ёшлигинг учун ўзингни койимайдиган бўлишинг керак.

Жованни Боккаччо

Расмий саҳифаларимиз:
Telegram | Facebook | YouTube
🔥3👍2💯2
#Pop_IM
#dolzarb_90_kun
#tanlov_zakovat

🔊🔊🔊"Dolzarb 90 kun" doirasida Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabi onlayn ZAKOVAT intelektual musobaqasini e'lon qiladi.

Shartlar juda oddiy!!!
Pop tuman  ixtisoslashtirilgan maktabi ZAKOVAT kanalida e'lon qilinadigan kunlik savollarga belgilangan vaqt ichida o'z javobingizni yuborasiz.

Belgilangan vaqtdan keyin yuborilgan yoki tahrirlangan javoblar qabul qilinmaydi.

🏆G'oliblar umumiy ballarga ko'ra, mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida munosib taqdirlanadilar!!!
🔥4👍2
#imtihon_natijalari

📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

🗓 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Natijalar bilan
shu yerda tanishishingiz mumkin.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
4
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Mazkur videolavhada Yangi Oʻzbekiston bunyodkori rahbarligida soʻnggi 8 yilda amalga oshirilgan eng muhim islohotlar aks ettirilgan.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

📣 DIQQAT E‘LON!

Prezident maktablariga hujjat topshirib, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar va ularning ota-onalari!

📆 27-IYUL kuni Prezident maktablariga kirishning ikkinchi bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

📲 Imtihonga ruxsatnoma olish uchun ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborildi.

🔗 Ruxsatnomani yuklab olish havolasi:
https://ariza.piima.uz/application/cabinet

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4👍1
#eslatma
#imtihon_2025

🔔 IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

7-, 8-, 9-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kunigacha;

📶 10-, 11-, 12-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 1-avgust kunigacha;

🔺 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 2-avgust kunigacha eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.


🔎 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabining 1-bosqich kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi.

📝Prezident maktablariga 6-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

🏛 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
2