Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
69.1K subscribers
2.02K photos
1.25K videos
422 files
2.27K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?

Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.

Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?

Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?

Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.

☎️ Call-markaz: 1206 (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍80😱11🔥10🤩10🎉6
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga nechanchi sinflarga
qabul bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍58🤩12🎉8🔥7😱6
#qabul_2023
#eslatma

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

❗️O'qishga ariza topshirganingizda telefon raqamingizga sms xabar shaklida hamda t.iss.one/PIIMATelegramBot orqali yuboriladigan identifikatsiya raqamini saqlab qo'yishingizni so'raymiz.

Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

☎️ Call-markaz: 1206 (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍80😱9🎉7🔥6🤩5
Ixtisoslashtirilgan maktablar ro'yxati.pdf
568.1 KB
#qabul_2023

‼️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qaysi sinflarga qabul qilinadi.⁉️

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar Ro'yxati
portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, ularga 5-sinflar va 7-sinflarga qabul qilinadi. Ro'yxatdan o'zingiz joylashgan hududdagi maktablar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflar, tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul qilinadi.

👉👉 @PMTESTS
👍63🔥11🎉11🤩11😱10
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

O‘quvchi Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Prezident maktablariga imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi matematika fanidan, 2-bosqichi esa fikrlash qobiliyatini aniqlash va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi.

☎️
Call-markaz: 1206 (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍72😱13🔥9🤩8🎉4
#bildirish
#qabul_2023

❗️DIQQAT E’LON

Hurmatli ota-onalar hamda aziz o‘quvchilar!

📆
2023-yil 19-iyun kuni soat 12:00 ga qadar ariza.piima.uz saytining xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida texnik ishlar olib boriladi.

⚠️ Ushbu vaqt mobaynida ariza.piima.uz saytida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

📝 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍51😱14🔥7🎉7🤩6
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, direktor tomonidan tasdiqlatib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.

Agentlik tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o‘quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari va o'quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206 (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍67🤩12🎉8😱7🔥6
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Imtihonda nima sababdan testlar qalamda ishlanadi. Ruchkada belgilasa xato hisoblanadimi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlari nazorat materiallari Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan tayyorlanadi.

📝 Talabgorlarning maktab o‘quvchisi ekanligi va xato bo‘yalgan javoblarni to‘g‘irlash (qayta belgilash) imkoniyatini yaratish maqsadida javoblar varaqalarini qora qalam bilan bo‘yash Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan belgilangan.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍45🤩6🔥5😱4🎉3
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝 RO‘YXAT

❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga
aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga;
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga
qabul qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍51🤩6🔥5🎉5😱4
#bildirish
#qabul_2023


Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda Ijod maktablariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun yangilik!!!

⚡️Bu yilgi qabul jarayonlarida hujjat topshirish istagidagi talabgor va ularning ota-onalariga yana bir qulaylik yaratildi.

🆕 Endilikda talabgor ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internati yoki ijod maktabiga hujjat topshirish jarayonida Kundalik.comdagi joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini ariza.piima.uz saytiga yuklashlari mumkin.

‼️ Baholar tabelini maktab direktori tomonidan tasdiqlatish shart emas!

❗️Eslatib otamiz, Prezident maktablariga hujjat topshirish jarayonlari bundan mustasno. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍44🤩7🎉4🔥3😱2
#muhim_eslatma
#qabul_2023

❗️Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga

Prezident maktablari bilan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari har xil kunlarda o‘tkaziladi.

Shu sababli, Prezident maktabiga hujjat topshirgan bo‘lsangiz, Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham alohida hujjat topshirishingiz talab etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57🔥18🎉9😱6
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🔹Imtihon bosqichlari
.

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
– matematika fanidan (30 ta topshiriq)
– ingliz tili fanidan (15 ta topshiriq)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
– tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

🔹Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. (@J_Jangirov)

👉👉 @PMTESTS
👍64😱13🤩8🎉5🔥3
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun o‘quvchining baholariga qanaqa talab qo‘yiladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan talabgorning baholar tabelida 5 baho ("a'lo") bo‘lishi talab etilmaydi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yo‘nalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2 xil, ya’ni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tashkil etiladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimiga o‘tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga 5-sinfga
tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

☎️ Call-markaz: 1206 (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍50🎉9😱8🤩5🔥2
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Prezident maktabida o‘qish uchun pul to‘lanadimi, o‘quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

📌Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

O‘quvchilar uchun prezident maktablarida quyidagi sharoitlar yaratilgan:

zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari (futbol,basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
bepul kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadi;
STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
darslik va kerakli maktab qurollari bilan bepul ta’minlanadi;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍45🔥14😱10🎉8🤩6
#prezident_maktabi
#qabul_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

1️⃣-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida)
2️⃣-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

🌐Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

❗️Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84😱12🎉12🔥11🤩8
#qabul_2023
#prezident_maktablari

✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarini topshiruvchi nomzodlar uchun javob varaqasining namunasi taqdim etilmoqda.

#namuna (@piimauz)

Agar o'quvchi javob varaqasini oldin to'ldirmagan bo'lsa, imtihondan oldin namunadagi kabi to'ldirib ko'rishini tavsiya qilamiz.

👉👉 @PMTESTS
👍143🔥16🤩14😱13🎉12
#qabul_2023

🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

📩
[email protected]

Eslatib o‘tamiz, murojaatda quyidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilishi kerak:

Murojaatchi (ota-ona yoki qonuniy vakili) va o‘quvchining ism-sharifi;
Telefon raqami;
O‘quvchining ID raqami;
O‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🎉10😱8🔥6🤩6
#qabul_2023

📆 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalari 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinadi.

📬 Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, qabul qilingan arizalar Agentlik tomonidan murojaatchi istiqomat qiladigan hududdagi Prezident maktablariga yetkaziladi.

📲Arizalar hududlardagi Prezident maktablarida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha rasmiy xulosa 10 kun muddatda ariza muallifiga telefon orqali xabar beriladi.

🗂 Murojaatchi berilgan rasmiy xulosadan qanoatlanmagan taqdirda, oʻquv yili boshlangunga qadar Prezident maktablariga borib Ishchi guruhidan qoʻshimcha maʼlumot olishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95😱17🎉11🤩11🔥8
#qabul_2023

🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI

⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalarini qabul qilish 18-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.

📊 Respublika boʻyicha jami 579 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.

🗣 Jumladan:
Toshkent shahar – 170 ta, (21-23-avgust kunlari);
Qashqadaryo viloyati – 68 ta, (29-avgust kuni);
Farg‘ona viloyati – 63 ta, (25-avgust kuni);
Surxondaryo viloyati – 55 ta, (30-avgust kuni);
Toshkent viloyati – 42 ta, (24-avgust kuni);
Navoiy viloyati – 34 ta, (28-avgust kuni);
Samarqand viloyati – 31 ta, (28-avgust kuni);
Namangan viloyati – 30 ta, (26-avgust kuni);
Buxoro viloyati – 27 ta, (28-avgust kuni);
Andijon viloyati – 17 ta, (26-avgust kuni);
Xorazm viloyati – 14 ta, (27-avgust kuni);
Sirdaryo viloyati – 12 ta, (27-avgust kuni);
Jizzax viloyati – 10 ta, (27-avgust kuni);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6 ta, (27-avgust kuni).

📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.

❗️Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

🗺HUDUDLARDAGI ISHCHI GURUH XULOSASIDAN NOROZI BO'LGAN MUROJAATCHILAR YUQORIDA KO'RSATILGAN SANALARDA AGENTLIKNING APELLATSIYA KOMISSIYASIGA KELIB MUROJAAT QILISHLARI MUMKIN.

👣Lokatsiya

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍158😱22🤩13🔥12🎉9
#qabul_2023

🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga apellatsiya arizalarini qabul qilish 23-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.

📊 Respublika boʻyicha jami 3 141 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.

🗣 Jumladan:
Toshkent shahar – 239 ta, (26-30-avgust);
Qashqadaryo viloyati – 259 ta, (26-30-avgust);
Farg‘ona viloyati – 303 ta, (26-30-avgust);
Surxondaryo viloyati – 209 ta, (26-29-avgust);
Toshkent viloyati – 217 ta, (26-29-avgust);
Navoiy viloyati – 121 ta, (26-28-avgust);
Samarqand viloyati – 309 ta, (26-30-avgust);
Namangan viloyati – 220 ta, (26-29-avgust);
Buxoro viloyati – 139 ta, (26-28-avgust);
Andijon viloyati – 394 ta, (26-30-avgust);
Xorazm viloyati – 246 ta, (26-30-avgust);
Sirdaryo viloyati – 101 ta, (26-27-avgust);
Jizzax viloyati – 133 ta, (26-28-avgust);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 251 ta, (26-30-avgust).

📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.

❗️Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan oʻz hududidagi Prezident maktablarida koʻrib chiqiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117🤩9😱5🔥4🎉4