Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
69.1K subscribers
2.02K photos
1.25K videos
422 files
2.27K links
πŸ“š Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#imtihon_2024
#al_Xorazmiy_maktabi


‼️
Al-Xorazmiy maktabiga hujjat topshirganlar o'quvchilarning "Shaxsiy kabinet"ida Al-Xorazmiy maktabi imtihoniga ruxsatnomalar chiqa boshladi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o'z "Shaxsiy kabinet"iga kirishi kerak.

πŸ“† Eslatma, Al-Xorazmiy maktabining kirish imtihoni 9-iyul kuni bo'lib o'tadi!


πŸ‘‰πŸ‘‰ t.iss.one/pmtests
πŸ‘103😱14🀩10πŸ”₯8πŸŽ‰7πŸ‘1
#statistika_va_xulosalar
#AL_XORAZMIY_MAKTABI

βœ… 2024-yil Al-Xorazmiy maktabi imtihonida raqobat rekord darajada yuqori bo'ldi. 120 ta o'ringa 15884 ta o'quvchi imtihon topshirdi. O'quvchilarning imithondan muvaffaqiyatli o'tish imkoniyati hatto 1%dan ham kam bo'ldi. Ya'ni, agar o'quvchilar bilimini bir xil deb hisoblasak, imtihondan yiqilish ehtimoli 99,25% ni tashkil qildi.

βœ… Toshkent shahrining kirish ko'rsatkichi bo'yicha mutloq ustunligi biroz kamaydi (oldingi yilgidan 20 ta kamroq bo'ldi.)

βœ… Viloyatlar ichida Namangan viloyati yetakchilikni Farg'onaga boy bermoqda. Prezident maktablari saralash imtihoni o'tish bali ham Farg'onada (72 ball) Namanganga (69,6 ball) nisbatan baland bo'ldi. Al-Xorazmiy maktabiga ham Namangandan kirgan o'quvchilar soni oldingi yilga nisbatan 12 taga kamaygan, Farg'onada esa 9 taga ortgan.

βœ… Andijon viloyatida ham natijalar keskin ortgan. Oldingi yilga nisbatan al-Xorazmiy maktabiga 2 ta o'quvchi ko'proq kirganidan tashqari al-Xorazmiy maktabi Andijon filialiga qabul qilingan o'quvchilardan 9 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Samarqand filialiga qabul qilingan o'quvchilardan esa 4 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Nukus filialiga qabul qilinganlardan esa birortasi 88,8 dan yuqori ball ola olmagan.

βœ… 2023-yil imtihonda birorta o'quvchisi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinmagan 4 ta viloyatdan 2024-yilda 14 ta o'quvchi imtihondan muvaffaqiyatli o'tdi. (Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Xorazm)

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.iss.one/PMTESTS
πŸ‘141πŸ”₯12😱12πŸŽ‰1